Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
357 subscribers
2.81K photos
79 videos
2 files
514 links
Download Telegram
#FUTBOL

2024-yilning 13-17 iyul kunlari Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari xodimlari oʻrtasida "YOZGI TAʼTIL 2024" shiori ostida sportning FUTBOL turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqada jami 8 ta jamoa ishtirok qilib, jamoalar 2 guruhga boʻlinib oʻzaro bellashdilar. Har ikkala guruhdan 2 tadan jamoa yarim final bahslarida roʻbaro kelishdi. Musobaqa yakuniga koʻra quyidagi jamoalar gʻolib deb topildi:

🥇1-oʻrin - Konimex tumani IM
🥈2-oʻrin - Navoiy shahar 1-IMI
🥉3-oʻrin - Nurota tumani IM
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, Navoiy shahar 1-son, Navbahor, Konimex hamda Nurota tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#eslatma

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;

📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;

📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;

📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 7-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq e’lon qildi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN OʻTGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Shu yilning 27-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛜 Hurmatli ota-onalar!

Ixtisoslashgan maktab natijalari
kechga chiqadi

Hozirgina Call-markaz bilan bogʻlandik, ularning maʼlumot berishicha imtihon javoblari bugun kechgacha chiqadi.

Natijalar SMS orqali yuboriladi, shuningdek SHAXSIY KABINETda  ham koʻrinadi. ( Talabgorning olgan bali, "Tavsiya qilindi" yoki "Tavsiya qilinmadi" shaklida boʻlishi kutilmoqda.)

Ayrim hollarda SMS xabarnoma kelmagan taqdirda ham xavotirga oʻrin yoʻq. Ariza.piima.uz saytidan shaxsiy kabinetingizni tekshirib koʻring.

🎯 BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING VA ENG MUHIM YANGILIKLARDAN XABARDOR BOʻLING!

https://t.me/Nurota_IM
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.