Nurobodda kitobxonlik haftaligi yuqori ruhda o'tkazildi
Joriy yilning 21-27 aprel kunlari butun Respublikamiz bo'ylab "O'zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" o'tkazildi.
Nurobod tumanida ham haftalik doirasida ko'plab madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Haftalik doirasida kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan turli loyihalar, yangi nashr etilgan kitoblar taqdimotlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, kitobxonlik bo'yicha tanlovlar, "Sevimli kitoblar" ko'rgazmasi, "Kutubxonamga kitob sovg'a qilaman" aksiyalari bo'lib o'tdi.
Jumladan, tuman 18-son bolalar musiqa va san'at maktabida 3, 4, 8, 33, 41, 67, 75-umumta'lim maktab o'quvchilari ishtirokida “Kitobga oshno qalblar qarimaydi” mavzusida adabiy-badiiy kecha o'tkazildi.
Tadbirda tuman hokimligi, tuman axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tuman bo'linmasi, tuman yoshlar ishlari bo'limi vakillari va kitobsevar yoshlar ishtirok etishdi.
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida 1-2-umumta'lim maktablari o'quvchilarining tuman axborot-kutubxona markaziga sayohati tashkil etildi. Ekskursiya davomida o’quvchilar kutubxonadagi o'zbek va jahon adabiyoti durdonalari, shuningdek, yosh ijodkorlar asarlari bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, tuman axborot-kutubxona markazi hamda 33-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorligida braziliyalik mashhur yozuvchi Paulo Koeloning "Alkimyogar" asari taqdimoti bo'lib o'tdi. Asar qahramoni cho'pon yigit Santyagoning o'z baxtini, hayot mazmunini topish yo'lidagi mashaqqatli faoliyati o'quvchilar tomonidan mahorat bilan yoritib berildi.
41-umumtalim maktabida "Kutubxona - kitob va kitobxonni bog'lovchi oltin ko'prik" mavzusida adabiy-musiqali kecha bo'lib o'tdi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan Pirimqul Qodirovning "Avlodlar dovoni", Xudoyberdi To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha", Tog'ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi", G'afur G'ulomning "Shum bola" asarlari targ'iboti o'tkazildi.
Haftalik doirasida buyuk jadid bobolarimiz hayoti, ularning boy ijodiy merosiga aholida, jumladan yoshlar qalbida qiziqish va hurmat hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ham o'tkazildi.
Xususan, 67-umumta'lim maktabida "Jadid bobolarimizning boy mеrosini o'rganamiz" nomli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi. Tadbir davomida G'afur G'ulomning "Shum bola", Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarlaridan namoyish etilgan sahnaviy ko'rinishlar yig'ilganlarga yuqori kayfiyat va zavq ulashdi.
Kitobxonlik haftaligida faol qatnashgan barcha ishtirokchilar, o'quvchi yoshlar esdalik sovg'alari, tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Ushbu haftalik yosh avlodda kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash yo'lida muhim o'rin tutishi, shubhasiz.
©️ @nur_press

Ziyoratgohlarda zamonaviy sharoitlar yaratish — sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirishning asosiy omili
Bugun Nurobod tumani prokurori J.Abdihakimov hamda mutasaddi rahbarlar tumanning Oqsoy mahallasida joylashgan “Hazrati Dovud” ziyoratgohida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Ziyoratgoh hududida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida ziyoratgohga olib boruvchi yo‘lning ta'mirtalab qismlariga asfalt yotqizish, suv oqimlarini tartibga solish uchun betonlashtirish ishlari, hududni raqamlashtirish va zamonaviy infratuzilma yaratish choralari ko‘rilmoqda.
O‘rganishlar davomida mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish, xalqaro va mahalliy sayyohlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini doimiy nazorat qilish bo‘yicha tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Sifatli ta'lim va tarbiya — maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy maqsadi
Bugun Nurobod tumani hokimi M. Buranov tumandagi 1- va 8-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lib, bolajonlarning sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O'rganishlar davomida DMTT lardagi tarbiyalanuvchilarning ta'lim-tarbiya jarayoni, ovqatlanish sifati, gigiyena va xavfsizlik talablari asosida yaratilgan muhit ko'zdan kechirildi.
M.Buranov maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning salomatligi va intellektual rivojiga e'tibor qaratish muhimligini ta'kidladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi o'quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash va tarbiyachilar malakasini oshirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, seshanba tongi muborak bo'lsin!
Boshlangan kuningiz fayzli va maroqli o'tsin!
©️ @nur_press
Boshlangan kuningiz fayzli va maroqli o'tsin!
©️ @nur_press
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliy libos – millat ma'naviyatining ko'zgusi
Nurobod tumanida o'tkazilayotgan milliy liboslar targ'ibotida tumandagi umumta'lim maktablari o'qituvchi va o'quvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Jumladan, bugun tumandagi 9-umumta'lim maktabi jamoasi ham milliy liboslarimiz targ'iboti rivojiga munosib hissa qo'shishdi.