Nurobod tumani hokimligi
13.6K subscribers
42.1K photos
3.68K videos
27 files
5.97K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
📌 Viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i F.Babayev Nurobod tumanida yoshlar bilan uchrashdi.

💬 Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarni bevosita muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir tuman yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, turli yo‘nalishlarda takliflar bildirdilar. Jumladan, soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, yoshlarga berilayotgan soliq imtiyozlari hamda ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish tartibi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar yuzasidan turli savollar berildi.

F.Babayev har bir murojaatga atroflicha javob berib, yoshlarning tashabbus va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratdi. Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ilgari surilgan fikrlar kelgusidagi loyihalar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida yoshlarga badiiy kitoblar hamda sport anjomlari topshirildi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Qurilish sohasida yangi qulaylik!

🔄 Endi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan obyektlarni foydalanishga topshirishda qog‘ozbozlikka o‘rin yo‘q.
Barcha jarayon — my.gov.uz va “Shaffof qurilish” tizimi orqali amalga oshiriladi!

Ilgari qanday edi?

💬 Shu vaqtgacha obyektni topshirish uchun o'nlab imzo va muhrlar yig'ish talab etilardi. Endi esa pudratchi, buyurtmachi va nazorat qiluvchi inspeksiya o'rtasidagi barcha hujjat almashinuvi elektron shaklga o'tdi.

👉 Jarayon quyidagi qadamlardan iborat:
1️⃣ Pudrat tashkiloti “Shaffof qurilish” tizimida obyekt tayyorligi haqida muvofiqlik deklaratsiyasini to‘ldiradi.
2️⃣ Buyurtmachi my.gov.uz orqali elektron ariza yuboradi.
3️⃣ Mas’ullar obyektni ko‘zdan kechirib, tizim orqali onlayn xulosa berishadi.
4️⃣ Ijobiy xulosadan so‘ng, dalolatnoma my.gov.uz’da buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
5️⃣ Inspeksiya tomonidan QR-kodli ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Bu yog’iga idorama-idora yurishga chek qo‘yildi. Har bir bosqich va xulosa beruvchi mas'ullar onlayn ko'rinib turadi. Muhimi, QR-kodli hujjatni soxtalashtirib bo'lmaydi.

❗️Qurilishda ham shaffoflik va raqamli qulaylikdan foydalaning!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzo Ulug‘bek tumani raqamli boshqaruv, xavfsiz muhit va aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida boshqa hududlar uchun ilg‘or tajriba maktabiga aylanmoqda.

Мирзо-Улугбекский район становится школой передового опыта в вопросах цифрового управления, обеспечения безопасной среды и создания комфортных условий для жизни населения.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу обеспечения экономического роста в регионах и отраслях в первом квартале и приоритетным задачам на период до конца года.

Facebook|
Instagram|X
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Nurobod tumani “Mehnatkash” mahallasi hududidagi chashma va buloq suvi manbalari bilan bog‘liq holat yuzasidan e’lon qilingan videolavhalar keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Avvalo, aholini sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi "Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-392-sonli qarori asosida hududlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Mehnatkash” mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida qiymati 950 mln so‘mlik loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra 1 dona suv inshooti qurish hamda 3,0 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha buyurtmachisi sifatida “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK, pudratchi tashkilot sifatida esa “TEMURBEK FREE TRADING” MCHJ belgilangan.

Biroq, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasining 2026-yil 29-yanvardagi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga muvofiq, ushbu hududda yer osti suvlari zaxiralari mavjud emasligi sababli yangi suv chiqarish inshootini qurish imkoniyati rad etilgan.

Shundan kelib chiqib, muqobil yechim sifatida “Mehnatkash” MFY hududidagi chashma va buloqlar suvidan samarali foydalanish imkoniyatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda “Samarqand suv ta’minoti” AJ Nurobod tumani filiali tomonidan tegishli texnik shartlar shakllantirilib, loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Mazkur texnik shartlarga asosan, “Maroqand Bunyodkor qurilish” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari qayta ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, mahalla hududida mavjud bo‘lgan tabiiy suv manbalari — chashma va buloqlar aholi tomonidan asosan tomorqa yerlarini sug‘orish hamda kundalik maishiy ehtiyojlar uchun foydalanib kelinmoqda. Ushbu manbalar markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti sifatida xizmat qilmaydi va asosiy ichimlik suvi manbasi hisoblanmaydi.

Shuningdek, ushbu tabiiy suv manbalarini boshqa hududlarga yo‘naltirish yoki aholini mavjud suvdan mahrum etish bo‘yicha hech qanday qaror yoki reja mavjud emas. Aholini ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash masalasi mutasaddi tashkilotlar tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Hozirgi kunda masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda eng maqbul va barqaror yechimlarni joriy etish choralari ko‘rilmoqda.

Nurobod tumani hokimligi barcha fuqarolarni asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka, yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha rasmiy manbalarga tayanishga chaqiradi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 O‘quv markazlari va o‘qituvchilarni hamkorlikka chaqiramiz: bilim va hunar o‘rgatish orqali mahkumlar kelajagini o‘zgartiring!

⭐️ Prezidentimizning tegishli qarorlariga muvofiq, yosh mahkumlarni raqamli va zamonaviy kasblarga o‘rgatishga qaratilgan "Ikkinchi imkoniyat" loyihasiga start beriladi.

↗️ Loyihaning asosiy maqsadi:
Yosh mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish, ozodlikka chiqqanidan keyin munosib ish topishiga ko‘maklashish, mustaqil hayotga tayyorlash hamda qayta jinoyat sodir etishining oldini olishdan iborat.


🔅 Taklifimiz kimlar uchun?
O‘quv markazlari hamda individual shartnoma asosida ishlashga tayyor o‘qituvchilar uchun. Agar jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarga zamonaviy va raqamli kasblarni o‘rgatishga tayyor bo‘lsangiz, takliflaringizni quyidagi shakl orqali yuboring.

📎 Eslatma:
🟢 birinchi bosqichda mashg‘ulotlar Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarining o‘zida tashkil etiladi.

Unutmang! Siz o‘rgatadigan kasb-hunar kimlarningdir hayoti to‘g‘ri yo‘lga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabuli aholi muammolarini o‘z vaqtida tinglash va ularni joyida hal etishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar.

Qabul jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar turli sohalarni qamrab oldi. Xususan, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiyasiga ulanish, gaz kabi muhim infratuzilmaviy muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Shuningdek, bandlikni ta’minlash, tibbiy xizmatdan samarali foydalanish, ijtimoiy yordam olish, pensiya tayinlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda aliment undirish kabi ijtimoiy masalalar ham fuqarolar tomonidan ko‘tarildi. Har bir murojaat tinglanib, ularni tizimli hal etish choralariga urg‘u qaratildi.

Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar ham e’tibordan chetda qolmadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi bog‘lar barpo etish, o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini kengaytirish, hududda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish kabi takliflar kelgusidagi ishlar uchun muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Qabul yakunida har bir murojaat bo‘yicha aniq mas’ullar biriktirilib, muammolarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinib, fuqarolarga amaliy yordam ko'rsatish asosiy maqsad etib belgilandi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BRIFING!

Vaxob Raxmanov,

Nurobod tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i

Mavzu: Hududda noqonuniy qurilishlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar iste’dodi sahnaga chiqdi — Nurobodda “Yoshlar ovozi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumanida yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yoshlar ovozi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tanlov yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda milliy va zamonaviy san’at yo‘nalishlariga keng jalb etish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tanlov quyidagi yosh toifalarida o‘tkazildi:

🔹 10–15 yosh
🔹 16–22 yosh
🔹 23–30 yosh

Ishtirokchilar esa 4 ta asosiy yo‘nalishda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar:
🪕 baxshichilik — milliy og‘zaki ijod namunalarini kuylash,
🪈 an’anaviy ijro — qadimiy kuy va qo‘shiqlar ijrosi,
🎼 opera — klassik san’at namunalarini talqin etish,
🎤 estrada — zamonaviy qo‘shiqlar ijrosi.

Tanlov davomida yoshlar sahnada o‘zlarining betakror ovozi, ijro mahorati va sahna madaniyati bilan tomoshabinlar hamda hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdi. Har bir chiqish — bu nafaqat iste’dod, balki mehnat va izlanishlar samarasi ekanligi yaqqol sezildi.

🏆 Yakunda eng munosib deb topilgan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Mazkur tanlov yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nurobod yoshlari — kelajak sahnasining yorqin yulduzlari!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM