Nurobod tumani hokimligi
10.2K subscribers
34.7K photos
2.66K videos
22 files
4.55K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
Nurobodda navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi

Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida "Dushanba - fuqarolar qabuli kuni" doirasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimining o'rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, subsidiya, kadastr, tibbiyot va turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan ga yaqin murojaatlar yo'llandi.

Aksariyat murojaatlar shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, muddattalab murojaatlar ijrosi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

©️ @nur_press
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️
35 ta davlat aktivlari (ko'rish)
⭕️ 159 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
⭕️ 1046 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 4480 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 5043 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 68 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 11 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 129 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 458 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 34 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 36 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)

🎞 e-auksion.uz video

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

©️ @nur_press
Nurobod tumani 50-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Samarqand shahridagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi

Nurobod tumani 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalar va diqqatga sazovor manzillarga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Samarqandning qadimiy tarixidan so‘zlovchi me’moriy yodgorliklar, madaniy meros obidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu sayohatning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida vatanparvarlik va tarixga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir.

Bunday tadbirlar yoshlar tarbiyasida, ularning yurtga sadoqatli, bilimli avlod bo‘lib yetishishida katta ahamiyat kasb etadi.

©️ @nur_press
#Hamkorlik_memorandumi

Ilmiy-innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion jozibadorlikni oshirish to‘g‘risida hamkorlik memorandumi imzolandi.

⚡️ Nurobod innovatsion tumani, Samarqand Yoshlar texnoparki hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘rtasida universitet professor o‘qituvchilarining tijoratlashtirishga tayyor ilmiy ishlanmalari, ilmiy-amaliy  hamda startap loyihalarini innovatsion tumanga joriy qilish hamda tuman yoshlarining innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ishtirokida innovatsiyalarni joriy qilish, ularning ilmiy, amaliy, innovatsion hamda startap loyihalarini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌 Innovatsion tumanning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim bo‘ladigan tayyor ilmiy ishlanmalar, ilmiy-amaliy, innovatsion hamda startap loyihalarini keng joriy qilish masalalari yuzasidan tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdi.

©️ @nur_press
Nurobodda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan ayollar faoliyati qo'llab-quvvatlanmoqda

Nurobod tumanida halol mehnati, peshona teri va mehnatkashligi bilan baxtini topayotgan ayollar ko'pchilikni tashkil etadi. Ular orasida pillachilik sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham anchagina.​

Bugun tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari I. Haqqulova "Ulus" mahallasida yashovchi, pillachilik bilan shug'ullanayotgan ayollar xonadoniga tashrif buyurib, ularning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda zarur suhbatlar olib bordi.​

Suhbat davomida I. Haqqulova ayollarni astoydil mehnat qilishga undab, pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, bu yo'lda barcha kerakli ko'mak va yordamlar berilishini alohida qayd etdi.

@nur_press