Nurobod tumani hokimligi
7.2K subscribers
29.9K photos
2.12K videos
21 files
3.93K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
#Sportni_sev_sport_bilan_yasha

Bugun Nurobod tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabida ommaviy sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi tomonidan sportning “Voleybol” turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada tumandagi mahallalardan havaskor voleybolchilar hamda korxona va tashkilotlardagi jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Eslatib o'tamiz, "Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali doirasida tumanda yanvar oyida turli sport musobaqalari tashkil etilishi belgilangan.

➡️ @nur_press