Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
953 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

1️⃣Uchquduq tumanidagi 11-sonli DMTTda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan "Buyuklarga ehtirom" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

2️⃣Nurota tumanidagi DXSh asosidagi "Umidli yoshlar maskani" nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab g'azalxonlik kechasi o'tkazildi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
​​#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

❗️Alisher Navoiy haqida 7 ta qiziqarli fakt

Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi sanaladi.

1️⃣Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

2️⃣Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

3️⃣Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.

4️⃣Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.

5️⃣2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

6️⃣Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.

7️⃣Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari “Lison ut-Tayr” asarida aks etgan.