Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
952 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
Forwarded from Didaktik qo’llanma
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Samarqand viloyati Paxtachi tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mansabdor shaxslari va boshqalar 518 million 823 ming 478 soʻm mablagʻni oʻzlashtirilganligini uchun ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi va 2019 yil 30 sentyabrda tuzilgan shartnomaga koʻra, “Sarkor oltin goʻzali” masʼuliyati cheklangan jamiyati tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarga gaz plitasi yetkazib berish uchun pul oʻtkazilgan" nomli murojaatga O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi rasmiy munosabat bildirmoqda.

Agarda, sizda mazkur o'xshash holatlar haqida faktlar asosida ma'lumotga ega bo'lsangiz, unda vazirlikning Kompleans nazorat boʻlimiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Telegram расмий sahifasi orqali: @antikorr_mdo

-‐--------------------------

#Официальное_разъяснение

Ранее об этом сообщалось

Министерство дошкольного образования Республики Узбекистан официально заявляет на распространенное в социальных сетях о квитанции, где фактов не было найдено на тему "в отношении должностных лиц отдела дошкольного образования Пахтачинского района Самаркандской области и других лиц возбуждено уголовное дело за хищение 518 миллионов 823 тысячи 478 сумов и согласно заключенному 30 сентября 2019 года договору обществу с ограниченной ответственностью “Sarkor oltin goʻzali”, куда переданы деньги на поставку газовых плит в дошкольные образовательные организации района".

Если у вас существуют обоснованные факты о подобных случаях, просим Вас обратиться в отдел Комплаенс-контроля МДО.

Через официальную страницу Telegram: @antikorr_mdo
#RASMIY_MUNOSABAT
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 13-sonli MTT direktori Laziza Esonqulovaning turmush o‘rtog’i bilan xodimlar suhbati! Xodima Umirova Tursuntosh opaning aytishicha, Laziza turmush o‘rtog’i orqali pora olib ishchi qabul qilar ekan!” sarlavhasi ostida tarqalgan audioyozuv bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.
Ushbu audioyozuvda qayd etilgan holatlarga qonuniy baho berish bo‘yicha viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan 2021 yilning 6 sentabr kuni 01-01/4-657-sonli xat Xatirchi tumani IIBga va tuman prokuraturasiga yuborildi.
Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha shu 13-sonli davlat MTTning direktori v.v.b L.Esonqulovaning o‘zi ham Xatirchi tuman IIBga murojaat qilgan.
Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilgandan so‘ng, tegishli qaror qabul qilinadi.

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
Axborot xizmati
#rasmiy_munosabat Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Xatrichi tumani 6-MTT zavxozi barchasini fosh qildi" sarlavhasi ostida tarqalgan video bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.
Ushbu videoda qayd etilgan holatlar bo‘yicha bir necha kun oldin Xatirchi tuman MTBning mas'ul xodimlari tomonidan 6-sonli davlat MTTga borilib, holat atroflicha o‘rganib chiqilgan. Bundan tashqari, mazkur holatga yanada to‘liqroq aniqlik kiritish va qonuniy baho berish maqsadida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan 2021-yilning 24-sentyabr kuni 01-03/3-723-sonli xat bilan Xatirchi tumani IIBga va tuman Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmatiga murojaat qilingan. Hozirda mazkur holat vakolatli organlar tomonidan ham atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, mazkur MTTdagi holat boshqarma tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Kirillchada o`qish
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
Axborot xizmati
__________________________________________________________________ 🔍🔍🔍Bizni kuzatib boring: WWW / Telegram / Facebook / YouTube
#rasmiy_munosabat
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Xatrichi tumani 6-MTT zavxozi barchasini fosh qildi" sarlavhasi ostida tarqalgan video bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.
Ushbu videodagi holatlar bo‘yicha viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmasi hamda Xatirchi tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi va tuman MTB mas'ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar natijasida, 6-sonli davlat MTTning omborxonasida saqlanayotgan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qisman buzilganligi va yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi va o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun 6-sonli davlat MTTning direktori X.Eshquvvatovaga nisbatan ish beruvchining tegishli buyrug‘i bilan o‘rtacha oylik ish haqqining 20% miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi va MTTning hamshirasi O.Inoyatova va X.Ermatovalarga esa ish beruvchining buyrug‘i bilan “Hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, ushbu davlat MTTda kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olish bo‘yicha boshqarma tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, holat nazoratga olinganini ma'lum qilamiz.

Navoiy viloyati MTB Matbuot xizmati kirillchada o`qish ______________________________________________ 🔍🔍🔍Bizni kuzatib boring: WWW / Telegram / Facebook / YouTube
#rasmiy_munosabat Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiy shahar 23-maktabgacha talim muassasasining bolalarga berilayotgan ovqatlarning ahvoli ko‘rsatilgan" sarlavhasi ostida tarqalgan video bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu videodagi holat bo‘yicha joriy yilning 14-15-oktyabr kunlari viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda boshqa vakolatli tashkilotlar mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, mazkur holat Navoiy shahridagi 24-sonli davlat MTTga tegishli bo‘lib, ushbu MTTga ovqatlantirish tizimi autsorsing usulida "Qo‘rg'ondala" MChJ korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Hozirda mazkur holatlar bo`yicha to‘liq, asosli va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida vakolatli organlar bilan birgalikda qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz. Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati kirillchada o`qish ___________________________________________ 🔍🔍🔍Bizni kuzatib boring: WWW / Telegram / Facebook / YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

➡️O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat Sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi 0016-21-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda 30-son bilan ro’yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” (SanQvaN)ga asosan MTTda ovqatlanish talab va me’yorlari ishlab chiqilgan.

➡️Ushbu SanQvaNning 6-ilovasiga asosan, 9-10,5 soatlik MTTlarda 1-3 yoshli bolalar uchun bir kunlik me’yor (bir nafar tarbiyalanuvchi uchun) nonushta 250-330 gramm, ikkinchi nonushta 100-130 gramm, tushlik 455-480 gramm, ikkinchi tushlik 200-210 grammni;
➡️shuningdek, 4-7 yoshli bolalar uchun bir kunlik me’yor (bir nafar tarbiyalanuvchi uchun) nonushta 330-400 gramm, ikkinchi nonushta 130-150 gramm, tushlik 530-570 gramm, ikkinchi tushlik 210-225 grammda porsiya miqdorini tashkil qiladi.

➡️Bugungi kunda viloyatdagi barcha davlat MTT tarbiyalanuchilariga ushbu yangi SanQvaNning normalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari berilib kelinmoqda va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan doimiy nazоrаtga olingan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga berialyotgan oziq-ovqatlar sifati va miqdoriga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati ___________________________ 🔍🔍🔍Bizni kuzatib boring: WWW / Telegram / Facebook / YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

▪️Ushbu murojaat bo‘yicha, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va Xatirchi tumani MTB mas’ul xodimlari 7-sonli MTTga borib, aholi bilan uchrashdi va suhbatlashildi.
▪️7-sonli davlat MTT O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga asosan rekonstruksiya qilinib, bugungi kunda 175 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
▪️Xatirchi tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ushbu MTTning eski 75-o‘rinli binosini elektr tizimi va issiqlik tizimlarini ta’mirlash ishlari uchun 5 995,4 mln so‘m mablag‘ ajratilib, hozirgi kunda elektr tizimi hamda issiqlik tizimlarini montaj qilish ishlari yakunlandi.
▪️ Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
30-sentyabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga muvofiq, davlat MTTlariga tegishli bo’lgan bino-inshootlarni va yer maydonlarini Maktabgacha ta’lim vazirligining roziligisiz boshqa tashkilotlarga berish va boshqa maqsadlarda ishlatish qat’iyan taqiqlanadi va ushbu qaror talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo’lishi belgilab quyilganligi aholiga tushuntirildi.
▪️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati _____________________________ 🔍🔍🔍Bizni kuzatib boring: WWW / Telegram / Facebook / YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT

✍️Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chaga borsa sovuqligidan shamollab kelayotgani iddao qilinmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan fotolavha bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

🔰Mazkur holat boshqarma va Navoiy shahar MTB mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ushbu fotolavhada keltirilgan holat Navoiy shahridagi 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Gnyozdochka” guruhi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat 3 kun oldin boshqarma va bo‘limga ma’lum bo‘lgan edi. Shuning uchun ham 2022-yil 12-yanvar kuni shahar MTBning maxsus ekspulatatsiya xizmati mutaxassislari tomonidan bog‘chaga borgan holda o‘rganish o‘tkazilib, teshilgan quvurdan sizib chiqayotgan suv quvurida ta’mirlash ishlari olib borilib, kamchilik bartaraf etilgan. Shuningdek, devor shiftining bir qismidagi suv o‘tishi natijasida yuzaga kelgan holat esa qisqa muddat ichida ta’mirlanadi.

Ma’lumot uchun mazkur MTTni issiqlik tizimi 2019-yilda to‘liq almashtirilgan bo‘lib, 2021-yilning noyabr oyida ham to‘liq qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan. Mavsum davomida yuzaga kelayotgan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.

❗️Shu bilan birga boshqarma, bo‘lim hamda boshqa vakolatli va mas’ul tashkilotlar tomonidan MTTlaridagi issiqlik tizimining holati, mavsum davomida ularning barqaror ishlashi nazoartga olingan.

➡️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Mana 7-bog‘chani ahvoli” sarlavhasi ostida tarqalgan fotolavha bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

✍️Mazkur fotolavhada bildirilgan fikrlar viloyat MTB va Navoiy shahar MTBning tegishli rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan mutaxassislarni jalb etgan holda joyiga borib atroflicha o‘rganib chiqildi.

⚡️O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu fotolavha haqiqatda ham Navoiy shahridagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Qo‘ng‘iroqcha” guruhiga tegishli bo‘lib, 25-26 yanvar kunlari mamlakatimiz, xususan Navoiy viloyatida ham elektr energiyasi va issiqlik tizimi bo‘yicha yuzaga kelgan uzilishlar natijasida MTTlarida ham markazlashgan issiqlik tizimi bo‘lganligi sababli, ozroq pasayishlar kuzatilgani aniqlandi.

👫Hozirda ushbu holat bartaraf etilib, MTTda issiqlik tizimi yana barqaror ishlashi ta’minlandi.

🔍Shu bilan birga boshqarma, bo‘lim hamda boshqa vakolatli va mas’ul tashkilotlar tomonidan MTTlaridagi issiqlik tizimining holati, mavsum davomida ularning barqaror ishlashi nazoratga olingan.

🤝Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chasi uchun qo‘yilgan navbatda 40-o‘rindan 45-ga tushib qoldim” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ma’lumki, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-sonli qarori asosida amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda sohada turli korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida inson omili ishtirok etmaydigan avtomatlashtirilgan “Maktabgacha ta’limni boshqarish” axborot tizimi joriy etilgan bo‘lib, mazkur axborot tizimiga asosan fuqarolarning farzandilarini MTTga joylashtirishda yoki navbatini shakllantirilishida inson omili ishtiroki butunlay cheklangan. Fuqarolarning davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali farzandlarini MTTlarga joylashtirish uchun yuborilgan arizasiga asosan MTTda bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda yo‘llanma beriladi yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda shu zahotiyoq avtomatik navbat shakllantiriladi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoniga asosan bolalarni MTTlarga qabul qilish bo‘yicha yangi talqindagi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi ishlab chiqilishi belgilangan. Mazkur axborot tizimini ishlab chiqish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 13-yanvardagi 04-03/03-36-sonli xatiga asosan joriy yilning
17-yanvaridan 1-fevraliga qadar bolalarni MTTga qabul qilish bo‘yicha xizmatlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilib, yangi talqindagi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimining boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilish hamda eski talqindagi “Maktabgacha ta’limni boshqarish” axborot tizimidagi mavjud navbat va tarbiyalanuvchilarni yangi tizimga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Hozirda ko‘chirib o‘tkazish ishlari hamda integratsiya jarayoni oxirigacha to‘liq yakunlanmaganligi sababli bolalarni MTTga joylashtirish bo‘yicha navbatlarda ayrim texnik nosozliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu nosozliklar Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi tomonidan tez orada bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.
Shu sababli, murojaat muallifining navbati 40-o‘rindan 43 ga, keyin 45-o‘ringa tushganligi axborot tizimining texnik nosozligi tufayli yuzaga kelganligini ma’lum qilamiz. “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi to‘liq o‘z faoliyatini tiklab, shu kabi nosozliklar bartaraf etilishi bilan fuqarolar navbatini ko‘rish imkoniyati yaratilganligi bo‘yicha qo‘shimcha xabardor qilinadi.
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi fuqarolardan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

✍️Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Karmana tumani 2-maktabga, 3-sonli MTT maktabga tayyorlov guruhi uchun joy ajratilishi kerak bo‘lgan lekin ajratilmayotgani iddao qilinmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu videolavhadagi holat viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va Karmana tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu holat bo‘yicha viloyat MTB, Karmana tumani MTB, 3-sonli davlat MTT va Karmana tuman hokimligi rahbar va mas’ullari 2022-yil 7-fevral kuni tushlikkacha xabar topishi bilan yuzaga kelgan masalani zudlik bilan hal etish ishlari joyiga borgan holda boshlab yuborilgan va bu haqda ota-onalarga ham tushuntirilgan.
Haqiqatdan ham Karmana tumanidagi 2-sonli maktabning bitta xonasida 2 smenada 3-sonli MTTga tegishli bo‘lgan 6 yoshli bolalarni majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablarida dars jarayonlari onlayn usuldan an’anaviy rejimga o‘tkazilganligi sababli, xonalar taqsimoti bilan bog‘liq vaqtinchalik muammo yuzaga kelgan va shu kunni o‘zida ushbu masala to‘liq hal etilib, shu guruhlar uchun alohida xona ajratib berilgan hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari uzliksiz davom ettirilishi ta’minlangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT
Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, joriy yilning 16-fevral kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiyda tarbiyachilar ko‘p qavatli uylarning pod’ezdlarini yuvishga jalb qilindi” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu qayd etilgan ma’lumotlar 2022-yilning 17-fevral kuni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Zarafshon shahar MTB hamda boshqa rahbar va mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, ushbu suratdagi fuqarolar haqiqatdan ham Zarafshon shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan xodimlar bo‘lib, ularning ixtiyoriy bergan tushuntirishlariga ko‘ra, ular o‘zlarining yashash uylarini ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida qo‘shnilari bilan kelishilgan holda doimiy ravishda tozalab, ozoda saqlab turishlarini, bu ishlarni qilishga ularni hech kim majbur qilmaganliklarini va bu suratlarni kim olganliklaridan ham xabari yo‘qligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha Zarafshon shahar hokimligi hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan ham rasmiy munosabat bildirilgan.
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga va ularda sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.

✍️Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim
boshqarmasi matbuot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Bizga kelgan ma’lumotga ko‘ra ushbu holat Uchquduq tumani 14-sonli bolalar bog‘chasidagi holat” sarlavhasi ostida foto va videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu qayd etilgan ma’lumotlar viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Uchquduq tuman MTB hamda boshqa rahbar va mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 23-aprel kuni (shanba kuni) MTTning “Mevajon” kichik guruhida suv quvurining yorilishi natijasida yuzaga kelgan va ushbu holat tegishli tartibda bartaraf etilgan. Hozirda shu guruhni ta’mirlash va zarur jihoz va uskunalarni olish uchun 6,0 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur MTT 1981 yilda qurilgan bo‘lib, quvvati 360 o‘rinni tashkil etadi. MTT Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 5-sonli Farmoyishiga asosan NKMK tasarrufidan Uchquduq tumani MTB balansiga o‘tkazilgan. Haqiqatdan ham mazkur MTTning bino va inshootlari ta’mirtalab bo‘lib, qurilgandan buyon biror marta ham mukammal ta’mirlanmagan. Shuningdek, mazkur MTTni to‘liq rekonstruksiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-sonli va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 217-sonli qarorlariga kiritilgan bo‘lib, hozirda loyiha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 3 avgust kuni e’lon qilingan “Nurotada 2 oyda ta‘mirlanishi aytilgan bog‘cha nega bir yilda ham ochilmayapti? sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu qayd etilgan ma’lumotlar viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Nurota tumani hokimligi va Nurota tumani MTB rahbar va mas’ulari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Nurota tumani “Temirqovuq” MFY hududidagi 12-sonli davlat MTT binosi eski va ta’mirtalab bo‘lganligi sababli, 2018 yil Investisiya dasturi doirasida ushbu binoni o‘rniga 90 o‘rinli yangi MTT binosi qurib foydalanishga topshirilgan va hozirda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shuningdek, maqolada qayd etilgan ushbu MTTning eski binosi (50 o‘rinli) ham ehtiyoj bo‘lganligi ya’ni hududda 3-7 yoshli qamralmagan bolalar soni ko‘pligi uchun 2021 yil “Obod qishloq” dasturi doirasida yil yakunida joriy ta’mirlash ishlari boshlanib, 2022 yilning 1-choragida ta’mirlash shilari yakunlangan.
Bugungi kunda ushbu 50 o‘rinli qo‘shimcha binoda 4 ta qisqa guruhlar (3-4 soatli, uyqusiz) tashkil etilgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shu bilan birgalikda, hududdagi ota-onalar xohishidan kelib chiqib, mazkur qo‘shimcha binoda yangi 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 2 ta kuni uzaytirilgan 9 soatlik guruhlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda tuman MTB tomonidan ushbu qo‘shimcha binoga 50 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar yotoqlari (krovat), stol va stullar to‘liq olib berilgan. Qolgan zarur jihozlarni ham avgust oyi yakuniga qadar mahalliy byudjet mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan olib berish belgilangan.
Viloyat Maktabgacha talim boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga va ularda sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim
boshqarmasi matbuot xizmati
Forwarded from Didaktik qo’llanma
#RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktabgacha ta'lim vaziri intervyu berishni istamadi" kabi noto‘g‘ri talqin qilingan video tarqaldi.
Aslida holat qanday bo‘lgan?
Joriy yilning 19 avgust kuni ShHT xotin -qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollar birinchi konferensiyasida Maktabgacha ta'lim vazirining xalqaro tashkilotlar oldidagi ma'ruzasi oldidan jurnalist tomonidan tig‘iz vaqtda savolga tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda e'tibor berilsa jurnalist tomonidan savol berilayotgan jarayonda vazir yordamchisi "hozir u tayyorgarlik ko‘rayapti" degan javob berilgan hamda forum doirasidagi nutqdan so‘ng barcha savollarga javob berilishi haqida ham jurnalistga (afsuski videodagi bu joylari negadir qo‘yilmagan) tushuntirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videodan so‘ng, jarayonni noto‘g‘ri tushungan holatda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlar tomonidan Maktabgacha ta'lim vaziriga nisbatan turli xildagi salbiy fikrlar talqin qilinmoqda.
Eng achinarlisi ushbu videomaterial ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlarda Maktabgacha ta'lim vaziri, hukumat a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan millati, tili va dini haqidagi turli xildagi salbiy fikrlarni uyg‘otgan. Vaholanki yurtimizda 130dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelishmoqda.
Shu qatorda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida quyidagilar bayon etilgan:

"O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar."

Jurnalistik etikaga rioya qilinib harakat qilinganda edi ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxsning millati, tili, dini haqidagi noto‘g‘ri talqin qilinayotgan videomaterial tarqalmagan va keng ommaning nohaq e'tirozlariga sabab bo‘lmas edi.
Albatta barchamizning huquq va burchlarimiz Konstitutsiya moddalarida mustahkamlab qo‘yilganligini unutmasligimiz lozim.

Barcha OAV vakillariga ma'lumki Maktabgacha ta'lim vazirligi har doim OAVga nisbatan ochiq va shaffofdir.


Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati