Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
1.39K subscribers
6.8K photos
730 videos
57 files
3.27K links
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: http://t.me/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Download Telegram
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida master-klass tashkil etildi

📘 “Boshlang‘ich ta’limda amaliy ishlarni rejalashtirish va tashkillashtirish” moduli doirasida
🧵
“Texnologiya darslarida o‘quvchilarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida 3-yuksaltiruvchi guruh tinglovchilari uchun master-klass tashkil etildi.

🔧 Tadbir davomida o‘quvchilarning ijodiy yondashuvi, mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metodlar namoyish etildi.
🎨 Ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yangi pedagogik yondashuvlarni muhokama qildilar.

👩‍🏫 Master-klass o‘qituvchilar uchun katta motivatsiya va yangicha g‘oyalarni ilhomlantiruvchi tajriba bo‘ldi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
#kun_hikmati

Olganning hovuchi to‘ladi, berganning — qalbi.

Lao Tzi, Xitoy faylasufi

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida Navbahor tumani matematika va informatika fani o‘qituvchilari uchun “Aniq fanlarni o‘qitishda ilg‘or metodikalar va sun’iy intellektdan foydalanishning samaradorligi” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Navoiy viloyati taʼlim tizimi mutasaddilari, metodistlar va tajribali ustozlar tomonidan sun’iy intellekt dasturlarining ahamiyati, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish kabi dolzarb mavzular yoritildi. Trening jarayonlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va amaliy foyda berdi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Navbatdagi samarali uchrashuv!

Navoiy viloyati Pedagogik Mahorat Markazida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy seminarda tinglovchilar faolligi bilan ajralib turdi.

👩‍🏫 Tinglovchilar tomonidan mustaqil treninglar tashkil etilib, amaliy ko‘nikmalar bilan o‘rtoqlashildi.
🗣 Bahs-munozaralar va ochiq fikr almashuvlar seminar davomida ishtirokchilarga ilhom bag‘ishladi.
🤝 Ilmiy hamkorlik, tajriba almashish va yangicha yondashuvlar bilan boyitilgan mazmunli tadbir bo‘ldi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.O‘tapov tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kasbiy faoliyatni rivojlantirishda individual va hamkorlik faoliyatini tashkil etish metodikasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 📚👥

Dars zamonaviy va interaktiv yondashuv — “Matbuot anjumani” 📰 metodi asosida tashkil etilib, tinglovchilarda kasbiy faoliyatda individual va jamoaviy ishlarning ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar savol-javoblar orqali faol muloqot olib bordilar, kasbiy tajriba almashdilar va o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini oldilar. 🤝💬

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
#kun_hikmati

Fikrlaringizga e’tiborli bo‘ling, fikrlaringiz faoliyatingizning doyasidir.

Lao Tzi, Xitoy faylasufi

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy tajriba – taʼlim sifatiga yangi yondashuv

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Ruminiyalik xorijiy maslahatchi
Dumitru-Cristescu Bogdan tomonidan kimyo fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur trening davomida ishtirokchilar xorijiy taʼlim tajribasi asosida ilg‘or uslublar bilan tanishdilar. Mashg‘ulotlarda zamonaviy dars metodlari, interaktiv yondashuvlar va kimyo fanini o‘qitishda innovatsion vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.

Seminar-trening o‘qituvchilar uchun ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, darslarni yanada qiziqarli va tushunarli tarzda tashkil etish borasida muhim tajriba bo‘ldi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Geografiya fanini o’qitishda zamonaviy 5E yondashuvi 🗺️📚

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.H. Narzullayev tomonidan geografiya fani darslarini 5E modeliga asoslangan holda samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. 🧑‍🏫

Trening davomida o‘qituvchilarga
5 ta bosqich – Engage, Explore, Explain, Elaborate, Evaluate orqali o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tajribalar namoyish etildi. 🔍🧠

Mazkur yondashuv orqali darslar nafaqat samarali, balki interaktiv va ijodiy muhitda tashkil etilishi ta’kidlandi. 🌍

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe