Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
1.43K subscribers
6.85K photos
741 videos
57 files
3.3K links
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: http://t.me/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun biz Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili janob Eduards Stiprays bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik ochiq muhokama qilindi.

Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari, suv resurslari bilan bog‘liq masalalar hamda mintaqalararo aloqalar e’tibor markazida bo‘ldi.

Janob Stipraysning mintaqamiz bilan bog‘liq boy kasbiy tajribasi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz.



Сегодня мы провели содержательную встречу со Специальным представителем Европейского союза по Центральной Азии господином Эдуардсом Стипрайсом.

Открыто обсудили возможности углубления сотрудничества между Узбекистаном и ЕС,  а также взаимодействие в регионе ЦА.
В центре внимания были инициативы по поддержке женского предпринимательства и образования, а также вопросы, связанные с водной проблематикой и межрегиональными связями.
 
Уверены, что профессиональный опыт господина Стипрайса, связанный с нашим регионом, будет способствовать дальнейшему укреплению партнёрства. Благодарим за конструктивный и открытый диалог.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Tabiat hech qachon oshiqmaydi. Lekin hamma narsaga ulguradi.

Lao Tzi, Xitoy faylasufi

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik mahorat soati kuzatildi

Navbahor tumanidagi 5-son DMTTda navbatdagi metodik mahorat soati bo‘lib o‘tdi. Unda tarbiyachilar tomonidan bolalarning yosh xususiyatlariga mos tarzda tashkil etilgan mashg‘ulotlar, dars jarayonlaridagi interaktiv yondashuvlar hamda ta’limiy o‘yinlar namoyish etildi.

Metodik mahorat soati doirasida tarbiyachilarning pedagogik yondashuvlari, bolalarning faol ishtiroki, nutqiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan uslublar tahlil qilindi. Kuzatuv davomida bolalar erkin fikrlash, muloqot qilish va jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni namoyon etdilar.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Navbahor tumani 31-sonli DMTTda metodik mahorat soati tadbirlari kuzatildi

31-DMTTda o‘tkazilgan
metodik mahorat soati doirasida tayyorlov guruhining mashg‘ulot jarayonlari va psixolog faoliyati atroflicha o‘rganildi.

📚 Mashg‘ulotlar oy va hafta mavzulari asosida metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lib, bolalarning rivojlanish bosqichlariga mos yondashuvlar qo‘llanildi.

🧠 Psixolog tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar bolalarning emotsional holatini yaxshilash va ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

👩‍🏫 Tadbir yakunida pedagoglarga o‘zaro tajriba almashish, interaktiv metodlarni ko‘proq qo‘llash va bolalarga individual yondashuvni kuchaytirishga doir
amaliy tavsiyalar berildi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Vebinar bo‘lib o‘tdi

Navoiy va Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazlari hamkorligida, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur vebinarda quyidagi ma’ruzachilar ishtirok etdilar:
Suvonova Mavjuda Xamroqulovna: “Ilmiy va badiiy matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarda ayrim ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida chiqish qildi.
Xakimova Dilorom Ikramovna: O‘quvchilarda matnni tushunish, mulohaza yuritish va unga munosabat bildirish ko‘nikmalarining ahamiyati haqida to‘xtaldi.
Buronov Ikrom Quchqarovich: “Mumtoz matnlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida fikr bildirdi.

Vebinar davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar berildi va ishtirokchilar tomonidan faol muhokamalar olib borildi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe