Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
1.37K subscribers
13.4K photos
1.19K videos
71 files
5.38K links
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: http://t.me/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Download Telegram
💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎
💎💎💎💎💎

💎YANGILIKLAR BILAN YONMA-YON💎

💎So‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Avvallari malaka oshirish jarayonini ko‘proq rasmiylik, uzoq masofaga qatnash va sertifikat olish bilan bog‘liq jarayon deb bilgan bo‘lsak, bugungi kunda bu tizim mazmunan boyib, amaliy va innovatsion ruh kasb etganligini to‘liq angladik.

Aprelda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan malaka oshirish kurslari shaxsan men uchun ana shunday yangilangan tizimning yorqin namunasi bo‘ldi. Dastlab kursga eski qarashlar bilan kelgandim. Ammo qisqa vaqt ichida bu fikrlarim butunlay o‘zgardi.

Ilk kunlardanoq intizom va mas’uliyatga alohida e’tibor qaratilgani, darslarga kech qolmaslik qat’iy talab sifatida belgilangani, ustozlarning har bir tinglovchini eslab qolishi va individual yondashuvi menga ma'qul keldi. Intizom va hurmat bor joyda shaxs sifatida shakllanish qulay kechadi degan fikrdaman.

Mashg‘ulotlarda turli interfaol metodlar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘rganildi. Ayniqsa, o‘qituvchilarning o‘z tajribasi asosida samarali metodlarni taqdim etishi orqali 20 dan ortiq yangi usullar bilan tanishdim. Bu metodlar dars jarayonini jonlantirish, o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undash va ularning qiziqishini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, zakovat o‘yinlari va qo‘g‘irchoq teatri kabi faoliyatlar o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarishda samarali vosita bo‘lib xizmat qildi. Bunday mashg‘ulotlar orqali nafaqat bilim, balki jamoaviylik, erkin fikrlash va o‘zini ifoda etish ko‘nikmalari ham rivojlandi.

“Milliy ta’lim yaratilishida innovatsion yondashuvlar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman esa kursning eng muhim voqealaridan biri bo‘ldi. Unda ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, faqatgina ma’lumotni yodlash o‘quvchining mavzuni to‘liq tushunganini anglatmaydi. Muhimi, o‘quvchi o‘z fikrini mustaqil ravishda kengaytira olishi va bilimni amaliyotda qo‘llay bilishidir. Shu nuqtai nazardan, muammoli ta’lim yondashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Unda avvalo muammo qo‘yiladi, so‘ng muhokama qilinadi va yakunda yechim topiladi. Bu esa o‘quvchilarda tahlil qilish, sabab-oqibatni anglash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Sun’iy intellekt masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. U ta’lim jarayonida katta imkoniyatlar yaratadi: ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, tarjima qilish, tahlil qilish va o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Biroq u o‘qituvchi o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Sababi, sun’iy intellektda insoniy hissiyot, motivatsiya berish va tarbiyaviy ta’sir yetishmaydi. Shu bois, eng samarali model — o‘qituvchi, o‘quvchi va sun’iy intellektning hamkorlikda ishlashidir.

Yana bir muhim masala — yoshlarning raqamli muhitga tobora chuqur kirib borayotgani bilan bog‘liq. Bu jarayonda ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Shuning uchun milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni zamonaviy shakllarda, xususan, qisqa videolar va raqamli kontentlar orqali targ‘ib qilish zarur.

Xulosa qilib aytganda, malaka oshirish kurslari men kabi o‘qituvchilar uchun nafaqat yangi bilimlar, balki yangicha fikrlash, zamonaviy yondashuv va kuchli motivatsiya manbai bo‘ldi. Endilikda dars jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida shakllantirish asosiy vazifamizga aylanishi lozim.

Bir oylik ushbu tajriba men uchun katta maktab bo‘ldi. Bu davrda olgan bilim va ko‘nikmalarim kelgusi faoliyatimda muhim o‘rin tutadi.

💎Xurshida Hosilova,
Qiziltepa tumani 39-maktab o‘qituvchisi


🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

📚O‘qing! Biz tavsiya etgan kitoblar

Kitob o‘qish orqali siz boshqa insonlarning hayoti, tajribasi va orzulari bilan tanishasiz, ulardan ibrat olasiz. Shunday ekan, mutolaa nafaqat bilim, balki ruhiy boylik hamdir.

📚 Ta'lim sifati nazorati bo'limi boshlig'i Ilyos Hamrayev quyidagi kitoblar mutolaasini tavsiya etadi:

Kitoblar ro’yxati ⬇️

1️⃣ "Boy ota, kambag‘al ota"
Mualliflar: Robert T. Kiyosaki, Sharon L. Lechter
Janr: Shaxsiy moliya, o‘z-o‘zini rivojlantirish
Nashr yili: 1997

✉️Annotatsiya:
Bu asar moliyaviy savodxonlikni o‘rgatuvchi zamonaviy klassika bo‘lib, muallifning hayotidagi ikki “ota” timsoli orqali boylik va kambag‘allik tafakkurini solishtiradi. Kiyosaki o‘quvchini pul uchun ishlash emas, balki pulni o‘z foydasiga ishlatish g‘oyasiga undaydi. Kitob aktiv va majburiyat farqini, moliyaviy ta’limning ahamiyatini, xatolardan saboq olishni va investitsiya madaniyatini o‘rgatadi. Har bir sahifa o‘quvchini moliyaviy mustaqillikka chorlaydi.

2️⃣ "Millatlar boyligi"
Muallif: Adam Smith
Janr: Iqtisodiy nazariya, siyosiy iqtisod
Nashr yili: 1776

✉️Annotatsiya:
Adam Smithning bu asari zamonaviy iqtisodiyot fanining poydevorini yaratgan. Unda mehnat taqsimoti, bozor mexanizmi va “ko‘rinmas qo‘l” nazariyasi orqali inson manfaatlari jamiyat farovonligiga qanday xizmat qilishini tushuntiradi. Smith davlatning iqtisodiyotdagi roli cheklangan bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, erkin bozor va raqobat g‘oyalarini ilgari suradi. Bu asar iqtisodiy tafakkur tarixida inqilobiy burilish yasagan.

3️⃣ "Kapital"
Muallif: Karl Marks
Janr: Siyosiy iqtisod, falsafa
Nashr yili: 1867

✉️Annotatsiya:
Marksning “Kapital” asari kapitalistik tizimni chuqur tahlil qilgan ilmiy manba bo‘lib, mehnat qiymati nazariyasi va qo‘shimcha qiymat tushunchasini asoslaydi. Muallif kapitalizmning ichki ziddiyatlarini, ekspluatatsiya va tengsizlikni tanqid qiladi. Asar iqtisodiy nazariya bilan birga falsafiy va ijtimoiy tahlilni birlashtirib, jamiyat rivojini tarixiy materializm asosida izohlaydi. Bu kitob iqtisodiy adolat va sinfiy kurash g‘oyalarining asosiy manbalaridan biridir.

4️⃣"Bandlik, foizlar va pulning umumiy nazariyasi"
Muallif: John Maynard Keynes
Janr: Makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat
Nashr yili: 1936

✉️Annotatsiya:
Keynesning bu asari iqtisodiy tanazzul va ishsizlik muammolarini tahlil qilib, davlatning iqtisodiyotdagi faol rolini asoslaydi. U umumiy talab nazariyasini ilgari surib, iqtisodiy o‘sish va bandlik darajasi talabga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Keynes bozorning o‘z-o‘zidan tiklanishiga ishonmay, fiskal siyosat orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashni taklif qiladi. Bu asar zamonaviy makroiqtisodiy siyosatning nazariy poydevorini yaratgan.

5️⃣ "Erkin iqtisodiyot"
Mualliflar: Steven D. Levitt, Stefen J. Dubner
Janr: Ommabop iqtisodiyot, ijtimoiy tahlil
Nashr yili: 2005

✉️Annotatsiya:
"Erkin iqtisodiyot" iqtisodiy fikrlashni kundalik hayotdagi noodatiy misollar orqali tushuntiradi. Mualliflar jinoyatchilik, ta’lim, ota-onalik va hatto ism tanlash kabi mavzularni statistik tahlil orqali izohlab, har bir hodisaning ortida yashirin iqtisodiy sabablar borligini ko‘rsatadi. Kitob o‘quvchini tanqidiy fikrlashga undaydi va iqtisodiyotni inson xulq-atvori bilan bog‘laydi. Bu asar iqtisodiyotni qiziqarli, hayotiy va o‘zgacha yondashuvda ko‘rsatadi.

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Unutma!
Bir narsaga erishish uchun butun bir umr kerak bo‘ladi.
Bir narsani qo‘ldan boy berish uchun esa, bir lahzalik g‘aflat kifoya.

✍🏻Jaloliddin Rumiy

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📚Aleksandr Pushkinning "Yevgeniy Onegin" romani

"Onegin" rus adabiyotining klassikasi hisoblanadi.

Asar 1825—1832-yillarda ketma-ket nashr etilgan. Birinchi toʻliq nashri 1833-yilda chiqarilgan boʻlib, hozirda qabul qilingan versiya 1837-yilgi nashrga asoslangan.

☑️Aleksandr Pushkinning mazkur asarini o'qib chiqishni tavsiya etamiz!

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


Telegram  🌍Veb-sayt
Instagram   YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Sening bugungi holating kechagi ishlaringni natijasi. Agar ertaga boshqa holatda bo‘lishni xohlasang, bugundan boshlab boshqa ishni qil.

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📚Togʻay Murod - Ot kishnagan oqshom

Togʻay Murod qissalari,„Sharq“ nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati tomonidan 1994-yilda chop etilgan.

Mazkur kitobda "Yulduzlar mangu yonadi", "Ot kishnagan oqshom", "Oydinda yurgan odamlar", "Momo yer qoʻshigʻi" qissalari jamlangan.

☑️Tog'ay Murodning bu asarini o'qib chiqishni tavsiya etamiz!

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


Telegram  🌍Veb-sayt
Instagram   YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Hayot bizga hech narsani gapirmaydi. U bizga hammasini koʻrsatadi...

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


4-MAY

↪️ BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro o't o'chiruvchilar kuni.
🌏 Yig‘iladigan soyabon tug‘ilgan kun.

📲 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Milliy fitnes kuni.
🇵🇭 Filippin - Ilagan kuni.
🇳🇱 Niderlandiya - Xotira kuni.
🇨🇳 Xitoy - Yoshlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Qushlar kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Soliq organlari xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy qora tanli mualliflar kuni.
🇹🇼 Tayvan - Adabiyot kuni.
🇮🇳 Hindiston - Konchilar kuni.
🇵🇱 Polsha - O't o'chiruvchilar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Fuqaro aviatsiyasi xodimlari kuni.
🇮🇷 Eron - Imom Ja'far Sodiqning shahidligi.
🇳🇦 Namibiya - Kassinga kuni.
🇯🇵 Yaponiya - O‘simliklar kuni.
🇹🇭 Tailand - Toj kiyish kuni.
🇱🇻 Latviya - Mustaqillikning tiklanishi kuni.

🗺 VOQEALAR:

- 1113 - Vladimir Monomax Kiyev Buyuk knyazi taxtiga o'tirdi.
- 1715 - Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi. 
1776-yil — Rod-Aylend orolining (hozirgi AQSH shtati) mustaqilligi eʼlon qilindi.
1783 - ingliz astronomi Uilyam Gerschel oyda qizil chaqmoqni payqadi.
- 1807 - Fransiya va Fors o'rtasida Finkenshteyn shartnomasi imzolandi, bu Angliya va Rossiyaga qarshi Fransuz-Fors ittifoqini boshlab berdi.
- 1838 - Madaniyat arboblari ukrainalik shoir Taras Shevchenkoni krepostnoy qulligidan ozod qilishdi.
- 1848 - Fransiya Ta'sis Majlisining ochilishi.
- 1878 - Tomas Edison birinchi marta o'zi ixtiro qilgan fonografni namoyish qildi.
- 1896  - Peterburgdagi Akvarium bog‘ida Rossiyadagi ilk kinoseanslar boshlandi. 
- 1904 - Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls hamkorligidagi “Rolls-Roys” mashinalarining birinchi avlodi ishlab chiqarildi.
- 1904 - Panama kanali qurilishi boshlandi.
- 1912 - Italiya Rodos orolini okkupatsiya qildi.
- 1919 - Xitoyda talabalar qoʻzgʻoloni boshlandi.
- 1924  - Parijda VIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
- 1932 - Al Capone soliq toʻlamaganligi uchun hibsga olindi.
- 1961 - SSSRda tekinxo‘rlikka qarshi kurashni kuchaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi.
- 1966 - SSSRda FIAT konsernining avtomobilsozlik korxonasini yaratishda ishtirok etishi to'g'risida protokol imzolandi.
- 1979 - Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri va ushbu lavozimdagi birinchi ayol bo‘ldi.
- 1986 - Chernobil atrofidagi evakuatsiya zonasi 30 kilometrgacha kengaydi.
- 1996 - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi tashkil topdi.

📇 TAVALLUDLAR:

- 1006 - Abdulloh Ansoriy (1089) - Mashhur mutasavvuf shayx.
- 1655 - Bartolomeo Kristofori (1731) - italyan musiqa ustasi, fortepiano asoschisi.
- 1772 - Fridrix Brokxauz (1823) - nemis kitob nashriyotchisi, Brockhaus enseklopediya nashriyoti asoschisi.
- 1825 - Tomas Geksli (1895) - ingliz zoologi, paleontolog, tabiatshunos.
- 1827 - Jon Henning Speke (1864) - Buyuk Britaniya hind armiyasi ofitseri, Afrikani tadqiq etgan, Viktoriya ko'li va Oq Nil manbasini 1858-yilda kashf qilgan.
- 1880 - Bruno Taut (1938) - nemis arxitektori va shaharsozi.
- 1881 - Aleksandr Kerenskiy (1970) - rus siyosiy va jamoat arbobi.
- 1899 - Frits fon Opel (1971) - nemis avtosanoatchisi, “Opel” kompaniyasiga tamal toshini qo‘ygan.
- 1905 - Boris Nadejdin (1961) - kompozitor va pedagog Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950).
- 1912 - Nikolay Bloxin (1993) -  xirurg-onkolog, Xalqaro rakka qarshi uyushma prezidenti (1966-yildan), shu uyushmaning faxriy prezidenti (1970-yildan).
- 1928 - Muhammad Husni Muborak (2020) - Misr prezidenti (1981-2011).
- 1929 - Odri Xepbern (1993) - Britaniya va Amerikalik kino aktrisasi, "Oskar" mukofoti sovrindori.
- 1971 - Leonid Slutskiy - Rossiya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi.
- 1977 - Jujanna Vyores - vengriyalik sportchi, zamonaviy beshkurash bo'yicha Olimpiya chempioni (2004), ko'p marta jahon va Yevropa chempioni.
- 1987 - Fransesk Fabregas - ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va Yevropa chempioni (2008, 2012).
- 1997 - Shoxsanamxon Toshpo'latova - oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

🔓🔓🔓🔓🔓🔓

Qayta tayyorlov kurslarida o‘qishni istaganlar diqqatiga!

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida pedagog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash, kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash, pedagogik faoliyat yuritish bo‘yicha o‘quv kurslari qabuliga start beradi!

🔹Kurs kimlarga mo‘ljallangan?

Oliy ma’lumotli (Bakalavr, magistr) pedagog va nopedagog talabgorlar hujjat topshirib o‘qishlari mumkin.

📍Kurslarga ariza topshirish esa juda oson.

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi qayta tayyorlash kurslari uchun ishga tushirilgan onlayn platforma orqali➡️retrain.uzedu.uz ro‘yxatdan o‘tasiz va arizangizni onlayn yuborasiz.

📍Manzil: Karmana tumani Toshkent ko‘chasi 41-A uy (Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi binosi)

☎️ Murojaat uchun:
+998973210292

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ⓜ️Ⓜ️Ⓜ️Ⓜ️Ⓜ️
Ⓜ️Ⓜ️Ⓜ️Ⓜ️

👍Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi mutaxassislari tomonidan Konimex tumani "Karak ota" MFY hududida joylashgan "RADUGA" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagoglar uchun mobil malaka oshirish mashg‘ulotlari tashkil etildi.

👍Ushbu jarayonlarda pedagoglar faol qatnashib, o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

👍Mashg‘ulotlar “Muloqot va til ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusiga bag‘ishlanib, nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ishlanmalar ham olib borildi.

👍Trening davomida tarbiyachilarga bolalar nutqini rivojlantirish, samarali muloqot usullarini qo‘llash, interfaol metodlardan foydalanish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

👍Amaliy qismda esa ishtirokchilar turli o‘yinlar va mashqlar orqali o‘z tajribalarini mustahkamlab, o‘zaro tajriba almashishdi.

👍Yakunda pedagoglar mazkur mobil malaka oshirish mashg‘ulotlari ularning kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

👍Bunday tashabbuslar ta’lim sifatini yuksaltirish, pedagoglarning salohiyatini oshirish hamda bolalarning nutqiy rivojiga xizmat qiladi.

🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati


🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM