Namangan viloyati hokimligi
14.2K subscribers
136K photos
13.1K videos
20 files
17.4K links
Расмий телеграм канали: https://t.me/namvilhok

Facebook саҳифаси:
https://www.facebook.com/namangan.uz/

Веб-сайти: https://gov.uz/namangan/

Ишонч телефони: (71)2000722

Электрон почта: namangan@umail.uz

Манзил: Наманган шаҳри, Истиқлол кўча, 57-уй.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! DIQQAT!

2023-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bino-inshootlar uchun qo'yiladigan talablar bilan tanishing!

Namangan viloyati Qurilish bosh boshqarmasi Axborot xizmati
#Ҳамкорлик

Янги лойиҳалар, яхши имкониятлар

Наманган вилояти ҳокимлиги делегациясининг 2022 йил 11-16 декабрь кунлари Кореяга ташрифи давомида Korea Clоuds компанияси билан АйТи соҳасида ҳамкорлик юзасидан келишув имзоланган эди.

Бугун мазкур компания раҳбари С.Лим Наманганга ташриф буюриб, таклифлар билан жойида танишди.

Жорий йил 15 январдан Наманган шаҳар Ишга марҳамат мономарказида АйТи соҳасида кадрлар тайёрлаш, биринчи босқичда 50 нафар, йил охирига қадар 350 нафар мутахассислар тайёрлаш, уларни АйТи соҳасида иш билан таъминлаш бўйича келишиб олинди.

BPO, АйТи дизайн, AI – сунъий интеллект йўналишлари қамраб олинадиган ушбу аутсорсинг лойиҳаси вилоят хизматлар экспортида ҳам ўз улушига эга бўлади.
⚡️Умумтаълим ҳамда ихтисослаштирилган мактаб ўқувчиларининг қишки таътил кунлари узайтирилади

Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг тегишли йиғилиш баёнига асосан, умумтаълим ҳамда ихтисослаштирилган мактаб ўқувчиларининг қишки таътил кунлари об-ҳаво ҳароратининг кескин тушиб кетиши сабабли 2023 йилнинг 17 январигача давом этади.

2022-2023 ўқув йилининг III чораги 2023 йилнинг 18 январидан бошланади.

Жорий йилнинг 11-17 январь кунлари режалаштирилган дарс машғулотлари ўқув йили давомида бошқа мавзуларда тиғизлаштирилиб ўқитилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#сифатли_таълим #ташаббус
Science Progress Center | Наманган вилояти бўйлаб 10 та филиал, 300 га яқин ўқитувчи ва 5000 дан ортиқ ўқувчига йирик таълим даргоҳида йил сарҳисоби
MUHIM!

🟢Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari
uzaytiriladi;

🟢Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi;

🟢Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi;

🟢Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
#yoshlar_turizm_haftaligi

Bugun, 5-yanvar, “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida qariyb 2436 ming nafar yoshlar sayohati tashkil etildi

“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda – Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat” shiori ostida viloyatning barcha tuman (shahar)laridan joriy yilning 5-yanvar kuni hamrohlari bilan birga 2436 ming nafar yoshlar (maktab oʻquvchilari) sayohati tashkil etildi.

Sayohatga chiqqan yoshlar uchun Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaroniy”, “Bibi Naima” ziyoratgohlarida, “Yangi Oʻzbekiston - Yoshlar ziyo maskani”da, “Afsonalar vodiysi”da, shuningdek, sayohat dasturi doirasida qo'shimcha  Namangan davlat muzeyida hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent” ochiq osmon ostidagi muzeyi va “Isʼhoqxon toʻra Ibrat” muzeyi va shu nomda tashkil etilgan bogʻga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida muzey xodimlari tomonidan muzeyni tashkil etilish jarayonlari hamda Isʼhoqxon Junaydullaxoʻja oʻgʻli Ibrat maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbaatchilaridan boʻlganligi va uning hayot faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Muzeydagi eksponatlar va qadimiy anjom hamda tarixiy buyumlar yosh o‘quvchilarda juda katta taassurotlar qoldirdi.
Jumladan, Bolajonlarning qishki taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazish uchun mamlakatimizdagi teatr jamoalari tomonidan turli dasturlar tayyorlanib, bayram tuhfasi sifatida taqdim etilmoqda. 

Tarixni oʻrganish, kelajagimiz egalarining maʼnaviyatini boyitish barobarida ularni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

@namtourism
Первый номер газеты "Наманганская правда" в 2023 году

Читайте в этом номере:

➡️ Утвержден местный бюджет на 2023 год

➡️ Внедряем школьный опыт Суоми

➡️ Детская мечта старшего сержанта Мамурова

➡️ Фитнес под открытым небом, или Как свести на нет акты вандализма

➡️ Рождество Христово

Подробнее