NAMANGAN KADASTR
1.02K subscribers
9.87K photos
909 videos
9 files
4.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#seminar

NAMANGANDA O‘QUV-SEMINARI

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida "UzKad" dasturiga Yer fondi va yer turlarini huquqiy hujjatlarga asosan to‘g‘ri kiritilishini tahlil qilish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrlarini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Akbarov tomonidan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

🔹O‘quv-seminarda barcha tuman filial rahbarlari, Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi mutaxassislari, topograflar, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari shuningdek, "UzKad" dasturiga masʼul mutaxassislar ishtirok etdilar.

🔹Seminar davomida Davlat yer kadastrini yuritish hamda “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarini yer turlari bo'yicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish, yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlash, tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot #seminar

Yangi qonun va qarorlarni o‘rganamiz

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Yangi qonunlarni va huquqiy hujjatlarini o‘rganamiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi bo‘yicha bosh mutaxassis A.Obidovning joriy yilning 8-avgust kuni Prezident tomonidan imzolangan “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi 860-sonli qonunning mazmun mohiyatini va undan kadastr idoralari uchun kelib chiqadigan vazifalar haqidagi maʼruzasi tinglandi. Yangi tartibga asosan fuqarolar ham normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishlari mumkinligi taʼkidlandi.

🔹Ikkinchi masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Djurayevning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 382-sonli qarori va ushbu qarorga asosan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023-yildagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 411-sonli qarori va ushbu qarorga asosan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk kadastr muhandislarining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 424-sonli qarori va ushbu qarorga asosan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti haqidagi maʼruzasi tinglandi.

🔹Seminarda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi bo‘yicha bosh mutaxassis M.Nurmatov yuqoridagi maʼruzachilar yoritgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini va takliflarini bildirdi.

🔹Seminar savol – javob tarzida qiziqarli o‘tdi.

🔹Xulosa qiladigan bo‘lsak, mazkur tasdiqlangan qonun va qabul qilingan qarorlar bilan kiritilgan o‘zgarishlar sababli kadastr xizmati ko‘rsatish yanada zamonaviy, tez, shaffof va sifatli bo‘lib, xalqimizni rozi qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Seminar #Huquqiy_targibot

Yangi tahrirdagi konstitutsiyasi mazmun – mohiyatini o‘rganamiz

🔹Bugun Namangan shahrining Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi konstitutsiyasi mazmun–mohiyatiga bag‘ishlangan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent Yuridik instituti professori E.Qodirov hamda Viloyat adliya boshqarmasi, DXRA Namangan viloyati filiali masʼullari qatnashdilar.

🔹O‘quv seminar Davlatimiz rahbarining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

🔹Maqsad - boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq taʼminlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga erishishdir.

🔹Tadbirda, savol javoblarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining 16 nafar xodimlari faol qatnashdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar #raqamlashtirish #ijro_intizomi

ELЕKTRON HUJJAT ALMASHINUV TIZIMIDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi majlislar zalida boshqarmaning bo'lim boshliqlari, tuman (shahar) filial rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son farmoni hamda Kadastr agentligining tegishli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “edo.ijro.uz” dasturiy ta’minoti orqali o‘zaro hujjat aylanishini joriy qilinishi, ushbu dastur orqali ro‘yxatga olingan topshiriqlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha o'quv-seminar tashkil etildi.

🔹Seminarda “UNICON SOFT” MChJ Namangan viloyati hududiy bo'limi rahbari D.Bo'ronov hamda jamiyat menejerlari ishtirokchilarga yuqoridagi dasturiy ta'minot orqali o‘zaro hujjat aylanishi haqida batafsil ma’lumot berdilar.

🔹Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to'liq javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar

Kadastr muhandisi instituti – soha kelajagi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi majlislar zalida Davlat kadastrlari palatasining kadastr muhandislari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i H.Axmedov va boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Nasritdinov boshchiligida soha xodimlari hamda tadbirkorlar uchun kadastr sohasiga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 411-sonli qarori va ushbu qaror bilan kadastr sohasiga qo‘yilgan vazifalar hamda uning ijrosini taʼminlanish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

🔹 Tadbir savol-javoblarga boy, qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
#seminar

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyati boshqarmalari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorligida tuman shahar xodimlari hamda filial arxiv ishi muhandislari ishtirokida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

🔹Seminarda har bir xodim ish faoliyati davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va ish jarayonida eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlarga, yaʼni sovuq ob-havo sharoitida yong‘inlarni oldini olish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, tabiiy va is gazidan zaharlanish hamda boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi.

🔹Shuningdek, qatnashchilarning alohida eʼtiborni kadastr tizimida mavjud 13 ta arxivlarda filiallarning arxiv ishi muhandislariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishi, idoraviy arxivlaridagi hujjatlarni saqlash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar

Hamkorlikda ishlab xalqimizga xizmat qilamiz

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi binosida, Namangan viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda kadastr xizmati ko‘rsatishda Davlat xizmatlari markazlari bilan hamkorlikda ishlash amaliyotini bir xillashtirish va muddatlariga amal qilish masalasida ZOOM platformasi orqali seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda boshqarmaning bo‘lim boshliqlari, tuman va shahar filiallari rahbarlari viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Urinov Botirjon va bosh maslahatchi Xabibullayev Nurbek hamda barcha tuman DXM boshliqlari qatnashdilar.

🔹Tadbirni boshqarma bosh yuriskonsulti R.Djurayev ochib so‘zni B.Urinovga berdi. U o‘z so‘zida Davlat xizmatlari markazlari orqali kadastr xizmati ko‘rsatish jarayonida hamkorlikda ishlash va ish jarayonida kelib chiqayotgan masalalariga to‘xtalib o‘z mulohazalarini bildirdi.

🔹Shundan so‘ng N. Xabibullayev so‘z olib, adliya idoralari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari va ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlaridagi aniqlangan baʼzi muddat buzilishlar va ularni kelib chiqish sabablari haqida tahliliy maʼlumot berdi.

🔹 Seminar davomida ishtirokchilar tadbir qatnashchilarining 30 dan ortiq savollariga javob berdilar. Ikki boshqarmalar mutaxassislari yil davomida hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar. Seminar qiziqarli ishchan ruhda o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Seminar

Yurt bilan, xalq bilan hamnafas kadastrchilar

🔹Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining tegishli topshirig‘iga asosan Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi hamda 2018-yil 14-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1010-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyat boshqarmasi, tuman, shahar filiallarida, joylarda yanvar oyining birinchi yarmida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish davomida tuman va shahar hokimliklaridagi shu yo‘nalishga biriktirilgan masʼullari bilan hamkorlikda ish tashkil qilindi. Unda DKPning Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov ishtirok etib, barcha turdagi ko‘chalarni elektron maʼlumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

🔹O‘rganish natijalari bo‘yicha Namangan viloyatning barcha 12 ta hududlardagi filiallar xodimlari ishtirokida seminarlar tashkil qilindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Milliy_yer_hisoboti #seminar

Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qaroridagi Nizom talablari asosida ish yuritish hamda “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔹O‘quv-seminarida boshqarmaning Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i O.Usmonov tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini yuritish bo‘yicha tushunchalar, tavsiyalar berildi.

🔹Seminar ishtirokchilari amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #seminar

Zamonaviy geodezik o'lchov uskunalaridan foydalanish bo'yicha amaliy seminar

🔹Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga asosan DKPning Namangan viloyati boshqarmasi uchun berilgan STEC, KOLIDA, ТС-07 kabi jami 16 ta zamonaviy, yangi avlod o'lchov vositalaridan foydalanishni o'rgatish uchun boshqarmaning tuman va shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan topograflarga amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Seminar Davlat kadastrlari palatasi Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev, "Geomotic WORLD" MCHJning malakali mutaxassislari hamda boshqarmaning Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sho'basi boshlig'i A.Raxmatov, bosh mutaxassisi O.Zoxidovlar boshchiligida o'tkazildi.

🔹Seminar davomida yangi topografik o'lchov vositalaridan foydalanib, ishlarini sifatli amalga oshirish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook