NAMANGAN KADASTR
1.02K subscribers
9.87K photos
909 videos
9 files
4.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#seminar #raqamlashtirish #ijro_intizomi

ELЕKTRON HUJJAT ALMASHINUV TIZIMIDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi majlislar zalida boshqarmaning bo'lim boshliqlari, tuman (shahar) filial rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son farmoni hamda Kadastr agentligining tegishli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “edo.ijro.uz” dasturiy ta’minoti orqali o‘zaro hujjat aylanishini joriy qilinishi, ushbu dastur orqali ro‘yxatga olingan topshiriqlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha o'quv-seminar tashkil etildi.

🔹Seminarda “UNICON SOFT” MChJ Namangan viloyati hududiy bo'limi rahbari D.Bo'ronov hamda jamiyat menejerlari ishtirokchilarga yuqoridagi dasturiy ta'minot orqali o‘zaro hujjat aylanishi haqida batafsil ma’lumot berdilar.

🔹Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to'liq javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda ijro intizomi holatiga e’tibor

◼️ Joriy yil, 14-15 - sentabr kunlari Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining bir necha tuman, shahar filiallarini ko‘zdan kechirdi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati va hududiy boshqarmalarning qator mutasaddilari bilan birgalikda chekka tumanlarda bo‘lishib, ishlarning tashkil etilishi va asosan xodimlarda ijro intizomi holatiga alohida e’tibor qaratdi. Arxiv hujjatlari, kadastr pasporti va uni ro'yxatdan o‘tkazish masalalari, UzKAD dasturiga davlat obyektlarini kiritish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha qator yo‘nalishlarni o‘rganish yuzasidan xodimlar bilan uchrashdi. Bundan tashqari rahbariyat tumanlarda ish sur’atini o‘rganish barobarida xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

◼️ Hududiy filiallarda bo‘lib qaytgandan so‘ng, palata raisi boshchiligida Zoom platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala bo‘lgan ijro intizomiga e’tibor qaratilib, tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi mavzular tahlil etildi. O‘tgan 8 oy davomida qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, ilg‘orlar e’tirof etildi. Natijadorligi orqada bo‘lgan ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi - hayfsan e’lon qilinib, bir qancha xodimlarga ogohlantirish berildi.

#DavKadastrPalata #info #ijro_intizomi #rais_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM