Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
5.1K subscribers
10.9K photos
3.83K videos
33 files
4.8K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Маънавият_сектори

Бугун Наманган шаҳридаги "Маърифат" масканида Наманган вилоятида ижтимоий-маънавий муҳит барқарорлигини таъминлаш, маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш ва янги босқичга олиб чиқиш борасида Сурхондарё тажрибаси асосида “Маънавият сектори”ни ташкил қилиш мақсадида ташкилий йиғилиш ўтказилди.

Йиғилишда тегишли ташкилот ва идора раҳбарлари, туман ҳокимликларининг вакиллари, маҳалла, мактаб, мактабгача таълим ташкилоти раҳбарлари иштирок этдилар.

Йиғилишда сўз олган вилоят ҳокимининг ўринбосари Ғ.Муродхўжаев Наманган вилоятида "Маънавият сектори"ни жорий этишда қандай мезон ва тартибларга аҳамият бериш лозимлигини  таъкидлаб ўтди ҳамда тегишли идора раҳбарларига топшириқлар берди.

Йиғилишда сўз олган Республика Маънавият ва маърифат маркази Наманган вилояти бўлими раҳбари М.Аппақов "Маънавият сектори"ни ташкил этишда Наманганнинг ўзига хос тажриба ва имкониятларидан келиб чиқиб ёндашиш лозимлигини таъкидлади.

Йиғилишда маҳалла, олий таълим, мактаб, мактабгача таълим ташкилотлари, корхона ва ташкилотлар ҳамда ҳарбий қисмларда қилиниши лозим бўлган амалий ишлар махсус слайдлар асосида тегишли масъулларга тушунтирилди.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 5 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘yicha yoritilgan murojaat yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan pedagogik jamoa hamda muassasa kasaba uyushmasi rahbari ishtirokida o‘rganish olib borildi.

Davriy nashrlarga majburiy obuna bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan. Mazkur ilm maskani 2022 - yilda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mukammal ta’mirlanib, qurilish – ta’mirlash ishlari “Usta Numon” MCHJ tomnidan amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-118-sonli qaroriga asosan davlat ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimini ta’mirlash va belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlashni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor ishtirokida bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rish ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ta’lim muassasasidagi isitish tizimi bilan bog‘liq ishlar “UMUMBARAKA SAVDO INVEST” MCHJ tomonidan olib borilgan. Bitim shartnomalariga ko‘ra qish mavsumida +23 gradusda isitish belgilangan bo‘lib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan belgilangan me’yorda isitish bo‘yicha korxonaga bir necha bor ogohlantirish berib borilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga ko‘ra o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, o‘ziga yuklatilgan lavozim vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi va bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun maktab direktorining ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Ta’lim muassasasi direktorining pedagog va texnik xodimlar bilan turli masalalarda janjallashishi yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildiriladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chortoq tumanidagi “Zukko Bolajon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘yicha yoritilgan xabar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ni qay tarzda o‘tkazish bo‘yicha berilgan tavsiya xatiga qaramay joriy yilning 8- may kuni mazkur maskan rahbari, tadbirkor O‘g‘ilxon Muhiddinova tomonidan 17 nafar tarbiyalanuvchi “Tol mozor” qabristoniga ziyorat qilish uchun olib borilgani aniqlandi.

Ushbu holat “Iftixor” MFY raisi, bir qator nuroniylar hamda 20 nafar tarbiyalanuvchilarning ota – onalari ishtirokida muhokama qilinib, ta’lim muassasalarida ta’lim – tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, bolaning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi doirasida amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘z vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa rahbari jiddiy ogohlantirilgani bildiriladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
POPLIK O‘QUVCHILARNING DUBAYDAGI MUVAFFAQIYATI

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida "WAMAS - 2024" Butunjahon mental arifmetika musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan tashrif buyurgan yosh mentalchilar orasida namanganlik maktab o'quvchilari ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, shiddatli va qiziqarli kechgan turnirda Pop tumanidagi 65 – maktabning 5 – sinf o'quvchisi Muslimaxon Akramxonova, 16 –maktabning 4-sinf o'quvchisi Saidabonu Ikromaliyeva hamda 1-sinf o'quvchisi Zuhraxon Jo'raqulovalar 1 – o'rinni egalladi. G'oliblikni qo'lga kiritgan iqtidor egalarini erishgan yutugʻi va butunjahon musobaqasida Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.