Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
45.3K subscribers
17K photos
4.45K videos
52 files
5.95K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali

Boshqarmaning murojatlar boti
t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot

Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti
t.me/Namangandarslik_murojat_bot
Download Telegram
"Dolzarb 90 kun: Har bir bola – e’tibor markazida!"

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.

◀️ Mazkur topshiriqlar doirasida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi Namangan shahridagi 53 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida faol amalga oshirilmoqda. Yozgi ta’til davomida yoshlar fan to‘garaklari, sport va musiqa mashg‘ulotlari, kitobxonlik bellashuvlarida ishtirok etmoqda.

💬 Bugungi kunga kelib, 44 648 nafar yosh bu jarayonlarga qamrab olingan. Shahar tashqarisidagi oromgohlarda 1452, maktablar qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarda esa 900 nafar bola dam oldiriladi. Shuningdek, 781 nafar o‘quvchi “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garaklariga jalb etilishi rejalashtirilgan.

🕯 “Dolzarb 90 kun” doirasida jami 1643 ta tanlov, 1590 ta musobaqa va 1500 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Tashabbus o‘quvchi - yoshlarning salohiyati va qobiliyatini namoyon etishga xizmat qilmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big

🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 15 - noyabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tuman (shahar) larda “Jasorat maktablari” tashkil etildi.

Namangan viloyatidagi quyidagi maktablarda ochilgan “Jasorat sinfi”ga 4-sinfni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi!

•Namangan shahar 11-maktab
•Davlatobod tuman 58-maktab
•Yangi Namangan tuman 71-maktab
•Kosonsoy tuman 25-maktab
•Mingbuloq tuman 8-maktab
•Namangan tuman 41-maktab
•Norin tuman 11-maktab
•Pop tuman 1-maktab
•To‘raqo‘rg‘on tuman 4-maktab
•Uychi tuman 1-maktab
•Uchqo‘rg‘on tuman 2-maktab
•Chortoq tuman 9-maktab
•Yangiqo‘rg‘on tuman 65-maktab

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab “Jasorat maktablari”ga kirish uchun nomzod o‘quvchilar hujjatlari ariza.piima.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

✔️ Hujjatlar qabuli 2025 - yilning 1- iyunidan – 20 iyunigacha amalga oshiriladi.

👉 Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida, savollarga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz hamda https://t.me/piima_admission_chatbot ishga tushirildi.

“Jasorat sinflari”ga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

“Jasorat sinflari”da:

✔️ o‘qish muddati yetti yildan (5 — 11-sinflar) iborat bo‘ladi;

✔️ har yili 4-sinfni bitirgan 26 nafar o‘quvchi 5-sinf uchun tanlov asosida qabul qilinadi;

O‘qishga kirish imtihonlari ikki (test hamda jismoniy) bosqichda amalga oshiriladi;

✔️ test sinovlari ona tili va matematika fanlaridan tashkil etiladi;

✔️ kirish imtihonlarining yakuniy natijalari har yili avgust oyida vazirlik va Jasorat maktablarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining PF-86-son qaroriga binoan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida yurtimiz ta'lim tizimida yangi bosqich hisoblangan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi.

Maktab to‘liq akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy jihatdan mustaqil davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

⚡️ Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.

🔹 Maktabning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 10-sinf o‘quvchilari dunyoning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv dasturlarida har yili bir marotaba qatnashishishi mumkin bo'ladi.

💫 Maktabda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi.

@alberuniyuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Янги Наманган туманида муҳандислик лабораториялари ташкил этиш ишлари ўрганилди

Ёшларнинг ташаббусларини қўллаб-қувватлаш, илм-фанни оммалаштириш ва таълим сифатини ошириш мақсадида республика миқёсида мактабларда муҳандислик лабораториялари ташкил этилмоқда.

Шу муносабат билан Республика ишчи гуруҳи вакиллари Янги Наманган туманида амалга оширилаётган ишлар ҳолатини ўрганди. Таҳлил давомида мавжуд шароитлар кўздан кечирилиб, ишларни жадаллаштириш, замонавий лаборатория хоналарини ташкил этиш ва уларни зарур жиҳозлар билан таъминлаш юзасидан тегишли тавсия ва кўрсатмалар берилди.

Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

👉 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Guruh
Garvardda o'qishni istaysizmi? Bu siz uchun yangi imkoniyat!

⚡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi.

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ushbu maktabga 2025/2026 o'quv yili uchun 60 nafar o'quvchi 9-sinfga ikki bosqichli saralash imtihoni orqali qabul qilinadi.

Arizalar shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda
my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

📝Imtihon ikki bosqichda amalga oshiriladi.

🔹 Birinchi saralash bosqich
da o'quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig'ini bajaradi.

🔹 Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o'tkaziladi. Ular:
matematikadan 5 ta masala,
ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishlari talab etiladi.

🎗 Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o'quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alberuniyuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM