Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
4.29K subscribers
12.1K photos
4.02K videos
37 files
5.02K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

O‘qituvchilar uchun SEL kasbiy rivojlanish dasturi ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning ijtimoiy va hissiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan SEL dasturi ish boshladi.

Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi va ushbu dasturning ta'lim muhitini yaratshdagi ahamiyatini haqida so'z yuritdi.

Unda shuningdek UNESCO tashkilotining O'zbekistondagi vakili Sara Noshadi, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, psixologlar hamda pedagoglar ishtirok etdi.

4 kun davomida bo‘lib o‘tadigan treninglarda 50 nafardan ortiq pedagoglar o‘quvchilar bilan muloqot ko‘nikmalari, zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ladi.

Kurslar ingliz tilida olib boriladi va loyihaning keyingi bosqichlarida ishtirokchilar o'z tajribalarini hamkasblari bilan bo‘lishadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda 14 yoshli o‘quvchi IELTSdan 7,5 ballni qo‘lga kiritdi

Namangan shahridagi 1 – umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Muhammadali Jo‘rayev chet tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS dan7,5 ball yig’ib, yosh toifasiga ko‘ra viloyatda eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi. Ingliz tili va matematika fanlaridan puxta bilimga ega 14 yoshli iqtidor egasi hozirda 11 nafar tengdoshlariga xalqaro sertifikatni olish uchun beminnat bilim berish bilan bir qatorda, xalqaro SAT imtihoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 10 yoshidan boshlab xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirgan Jo‘rabek kelajakda AQSHda iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olishni rejalashtirgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati