Mirzo Zominiy
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar…
Menimcha, Kongratbay Sharipovning oʻziga qoʻyib berilsa, hech ham bunday demagan boʻlardi.
Komil akaning esa gapida jon bor – axir rektorlardan, hokimlardan boshqa hammani xalq saylab yotibdi.
Huv bir yozgan gaplarimga qaytaman – saylovlarda haqqingizni, huquqingizni tanib oling, koʻzni oching, azizlar.
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy

Ayni paytda 37 million aholiga ega davlatning bosh sport kanali – “Sport” Chempionlar Ligasi yarim final oʻyinini boshqa chet el kanallaridan koʻchirib olib koʻrsatyapti.
Boshlovchilar darajasi oʻyinga mos, lekin kanal rahbariyati oʻz ishini eplolmagani uchun oʻzbekistonlik muxlislardan rasman uzr soʻrashi va xalqaro huquqlarga rioya qilib, jonli efirni tashkil etishi kerak.
Oʻzbekistonliklar jahon futbolini sifatli koʻrishga haqli axir, butun dunyodan 3 daqiqa keyinroq emas.

Yuqoridagi postda vinillarni, oʻsha gullab-yashnagan musiqali retro Oʻzbekistonni eslab, shu paytlar jurnallari ham yodimga tushdi. Ularni, asosan, bolaligimda qarindoshlarning eski javon, qutilarida yoki Yangiobod bozorida koʻrardim — “Mushtum”, “Sharq yulduzi”, “Saodat”, “Gulxan”…
Hozir zamon oʻzgaryapti, lekin kam sonli boʻlsayam, sifatli jurnallar chiqishi – oʻzbek tilida ham davom etishi kerak. Mahalliy “moda + layfstayl + reklama” janridagi bir-ikkita nashrlarimiz bor, lekin katta qismi oʻzbek tilida yozmaydi, afsuski.
Oʻzbekiston boy madaniyat, moda va bir-biridan goʻzal naqsh-u bezaklardan tortib iste’dodli dizaynerlarimiz ijodi bilan munosib ravishda faxrlana oladi. Deylik, oʻzbek ayollari oʻzlari haqida, jamiyatdagi oʻrni, davlat, biznesi, oʻz sohasi, oilasi rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan ayollar haqida oʻzbek tilida qayerdan oʻqishi, ilhomlanishi mumkin, masalan?
Bozorda oʻzbek tilidagi xususiy, did bilan tayyorlangan, har safar muqovasida kim chiqar ekan deya kutiladigan nashr yoʻq lekin…
Boʻlsa, bir paytlar “Yosh kuch” yoshlar toifasida ajoyib ishlar qilardi. Agar boʻlganida, oʻqirdik. Til rivoji uchun oʻzini shu til, madaniyatga taalluqli deb hisoblash va boshqa “xoslar” tilida ajralib olib gaplashishning oʻzigina yetmaydi.

Aeroportning ichidan panoramik koʻrinish ochiladigan va qoʻnayotganda kutib oladigan katta bayroqni oʻrnatganlarga rahmat lekin ✈️🇺🇿
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy
Yaqinda “Bon!” haqida yozgandik. Endi dunyodagi eng mashhur pitseriya tarmogʻi stories va posterlarida rus tilida muloqot qilyapti.
Domino’s Pizza Russia emas, Domino’s Pizza Uzbekistan-ku bu axir 🍕
Umumiy ovqatlanish tarmoqlarining koʻpi mahalliy aholining tilini hurmat qilmayapti yoki shunchaki e’tibor qaratmayapti.
Marketingchilar, biz faqat rus tilida gaplashmaymiz, allo? Biz ham pitsa sotib olishga qurbimiz yetadigan auditoriyamiz.

Toshkent soʻnggi kunlarda
Oʻzbekistondagi ayrim qatlam tomonidan xushlanmaydigan, propaganda yoki boshqa sabablarga koʻra ayrimlar tomonidan xushlanadigan shaxs kelishi bilan bogʻliq deyilmoqda.
Ikkita adabiy qahramon bor, ismini aytib boʻlmaydigan. Biri — yovuz Kato, ikkinchisi — Voldemort. Uchinchisi esa real hayotda. Ismini aytib oʻtirmay, mayli.
Suratlar Kurbanoff.net, Orif Tolib, TrollUZ, Nozima Hoshimova, Sitora Elboyeva sahifalaridan olingan yoki skrinshot qilingan.
#Kuzatuv #IsminiAytibBoʻlmaydigan

Toshkent shahriga kirolmay ketadigan va shahar ichida harakatlana olmaydigan oʻzbekistonliklarda “shimollik qoʻnoqlarga” nisbatan shubha, gumonlar paydo boʻlishi, ijtimoiy tarmoqlar hamda mediada savollar berishni boshlashadi.
Shunday mantiqsizliklar ortidan minglab oʻzbekistonliklarda siyosiy ong shakllanishi boshlanadi, minglab oʻzbekistonliklarda ayrimlarga nisbatan haqli e’tiroz uygʻona boshlaydi.
Shunisi qandaydir umid beradi xolos🤞🏻
Chunki hech kim abadiy emas.

Muhrim akaning AES haqidagi fikrlarini bir necha kanallarning sogʻlom aqlga ega mualliflari boʻlishishni boshladilar. Ular yurtning ertasiga befarq emas — toʻlaqonli mustaqilligimiz bir toʻda quzgʻunlar yoʻrigʻida, qoʻlida, fitnalari ostida qolishini istamaydilar, albatta.
Shuncha yillar davomida kuzatib kelayotganimiz — ayniqsa, 2017–2018-yillarda oydinlashgan axborotni boshqaruv, manipulyatsiya va media-magʻzavalarni kerak vaqtda baralla ochib yuborish texnikalariga suyanilishi tabiiy. Aynan AES masalasida ham.
Aniqlashtiraman — Xalqaro jinoiy sud roʻyxatidagi shaxs kelishi avvalidan dabdurustdan poytaxtda boshlanib ketgan banneryopdi va yoʻlyopdilarga nisbatan koʻp ming sonli obunachilarga ega kanallar orqali bosdi-bosdi, goʻyoki mehmon kelsa, uylar tozalanishi, supur-sidir qilinishi haqida xabarlar sizdirildi. Sputnik Oʻzbekiston, Topchan Daily (Kreml loyihasi – Robert Fransev muallifligida) va boshqa Kremlga simpatiyali media manbalar faollashdi.
Avval ham aytganman, yana qaytaraman: axborot oladigan manbalaringizni filtrlab oling. Siyosiy savodxonlikni oshiring. Aholining katta qismiga AES oqlab-koʻklab berilishi, uning foydalari, Rossiyaning tendersiz ham uni qurishi adolatdanligi hali bot-bot singdiriladi. Katta auditoriyaga ega siz-u biz bilgan manbalar uning naqadar ijobiyligini takror-takror yozadi.
Normal jamiyatlarda parlament nimadir munosabat bildirardi. Bosh omon boʻlsa, koʻraveramiz ekan. Esiz.

Soʻnggi ikki kun ichida Falastinning Rafah hududidagi shafqatsizliklarga nisbatan bir necha oʻn millionlab foydalanuvchilar Instagramda ushbu story qolipini boʻlishmoqda.
Hozircha 39 milliondan ziyod foydalanuvchi oʻz story’sida shu qolipdan foydalangan.
Isroil hukumatining soʻnggi yillardagi eng dahshatli va oʻnglab boʻlmas “fail”laridan biri butun dunyo jamoatchiligi tomonidan keskin, asosli tanqid qilinyapti. Internet va media kuchi beayb qon toʻkilishlarini toʻxtata olarmikan?
#Falastin #Kuzatuv

Domino effekti Kecha va undan avvalgi kunlari “Bon!” hamda “Domino’s Pizza Uzbekistan”ning asosan rus tilida faoliyat olib borishi / boshlagani haqida postlardan keyin o‘zimiz, tilimizga befarq bo‘lmagan “mehribon mirshab” sifatida aloqaga chiqdik. ✦ “Bon!”…
“Bon!”da oʻzgarishlar borligi sezilyapti. Bugun ertalab kirib, aynan oʻzbek tilidagi menyuni soʻradim, olib kelishdi.
Bosib chiqarilganiga koʻp boʻlmagani, yangiligi bilinib turibdi.
Mahsulot nomlari va muloqotda baribir ruschaga yaqqol ustunlik berilayotgani sezilib turibdi lekin. Yaqin orada endi mahsulot nomlarini ham Costa Coffee kabi oʻzbek tilida yozib qolishar.

Qo‘lda tor – kuyda Kalinka
Bu odam kimligini bilmadim, lekin Londonda o‘tayotgan, Buyuk Britaniyadagi vatandoshlarimiz bilan birga tashkillangan O‘zbek madaniyati kunlarida "Kalinka"ni zo‘r berib aytib yuribdi.
"Faqat salbiy tomonini ko‘rmaslik, gapirmaslik kerak-da" dersiz. To‘g‘ri, men tashkilotchilarning mehnatini, dunyo markazlaridan birining markazida madaniyatimiz, oshxonamizni namoyish etishlarini qo‘llab-quvvatlayman. Barakalla deyman, davomli bo‘lsin, deyman.
Ammo, lekin, biroq, har safar Toshkentda "O‘lmas polk", "G‘alaba!", "Berlingacha boramiz!", "Yana takrorlaymiz!" shizofreniyasiga chalinganlarning madhiyalaridan biriga aylangan ruscha qo‘shiqning O‘zbek madaniyat kunlari sahnasidan jaranglashi mantiqsizlik ekanini to‘g‘ri tushuntirib qo‘yishi kerak.
Doim takrorlab yozib kelaman, meni millatchiga ham chiqarganlar bo‘lgan (o‘zimizning qorako‘zlar), lekin biz qaysidir bir davlat yoki ular kiritgan til, madaniyat bo‘lagi emasmiz.

Hozir va balki kelasi 3-5 yilda tirbandliklarga moslangan marketing kommunikatsiyalari ommalashsa kerak.
#Kuzatuv #MarketingvaPR
@mirzo_zominiy
#Kuzatuv #MarketingvaPR
@mirzo_zominiy