QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
17.6K photos
3.14K videos
260 files
7.61K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
#REYD

🔗 Toshkent shahri va viloyatida barpo etilayotgan turar-joylar sifati qay darajada? Qurilishlar belgilangan ShNQga javob beradimi? Shu singari savollarga oshkoralik asosida javob olish maqsadida tashkil etilgan reyd tadbirlari davom etadi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bunyod etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivida bo'ldi.

Ma'lumot uchun, kompleks rivojlanish tamoyili asosidagi mazkur massivda 2023-yil 250 qatnovli poliklinika, 990 o'rinli maktab hamda 360 o'rinli MTT qurilib, aholi ixtiyoriga topshirilgan bo'lsa, 2024-yilda 1150 ta xonadondan iborat 17 ta ko'p qavatli uy-joylarni qurib, foydalanishga topshirish reja qilingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

📍 Chirchiq shahridagi "Yangi O'zbekiston" massivida kechayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishar ekan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov yo'l qo'yilgan qoida buzilish holatlariga e'tibor qaratdi:

- loyiha hujjatlarida gidroizolyatsiya choralari belgilangan ShNQga asosan keltirilmagan. Ya'ni 2 mm qalinlikdagi bir qavatli qoplamalardan foydalanish belgilangan talablarga javob bermaydi. Umuman loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qator qo'pol kamchiliklar ko'zga tashlandi;
- loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari mavjud;
- beton quyish ishlarida vibrator zichligi ta'minlanmagan;
- handaq-kotlovan atrofi 1.10 balandlikdagi himoya panjaralari bilan o'ralmagan;
- qurilish madaniyatiga rioya qilinmayapti. Ya'ni ishchi xodimlar maxsus forma va himoya kaskalari bilan ta'minlanmagan.


Shuningdek, mazkur qurilish obyektida "Qurilishda xavfsizlik texnikasi" ShNQ talablarining qo'pol ravishda buzilayotgani vazir o'rinbosari tomonidan keskin tanqid qilindi hamda qurilishga mas'ullarga bajarilishi majburiy qator ko'rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🗺 Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi birgalikda Guliston shahridagi "Bo‘ston" MFY hududida noqonuniy ravishda nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilayotgan obyektlar bo‘yicha reyd tadbirlarini olib borishmoqda.

Tadbirda ro‘yxatdan o‘tmagan obyektlarga inspeksiya tomonidan ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirayotgan obyektlar OAV vakillari bilan o‘rganilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

📍Samarqand shahrining Qorasuv massivida qad rostlayotgan maktab qurilishi davomida loyihadan chetlashib, arzon materialdan foydalanayotgan qurilish korxonasi aniqlandi.

Ayni kunlarda Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Samarqand shahrida navbatdagi nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

🔴Diqqat, Toshkentda reyd!!! Oʻrganish davomida poytaxtimizning bir necha hududlarida suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olish holatlari aniqlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD
📹#ONLAYN

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan OAV vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizda mavjud qurilish obyektlarida kechayotgan jarayon, noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlashga bag'ishlangan reyd tadbirlari davom etadi. Bugungi monitoring ishlarida Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas'ullari hamda qator soha ekspertlari ham ishtirok etmoqda.

🗺Ilk manzil — Yunusobod tumani Chingiz Aytmatov ko'chasi 37-uy manzilida qurilayotgan noqonuniy qurilma.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#REYD 📹#ONLAYN 🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan OAV vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizda mavjud qurilish obyektlarida kechayotgan jarayon, noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlashga bag'ishlangan reyd tadbirlari davom etadi.…
#REYD
📹#ONLAYN

Reyd tadbirlari doirasida ilk obyekt oʻrganilganda quyidagilar ma’lum boʻldi:

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Noqonuniy qurilmalar bilan ishlash bo'limi mutaxassislari tomonidan fuqaro Sh.Xojiyevga tegishli boʻlgan ushbu noqonuniy qurilma yuzasidan og'zaki va yozma ogohlantirish berilgan. Obyekt qurilishi Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori 5-ilovasiga asosan Davlat xizmatlari markazi orqali xabardor etishga oid ariza bilan murojaat qilinmaganligi va tegishli tartibda ro'yxatdan o'tmasdan boshlanganligi sababli MJtKning 99- moddasiga binonan qoidabuzarga nisbatan ma'muriy chora koʻrilgan.

Shunga qaramay, mulkdor tomonidan hanuzgacha qurilish-montaj ishlari noqonuniy tarzda olib borilmoqda. Endilikda inspeksiya tomonidan MJtkning 99-moddasi 8-bandi bo'yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD
📹#ONLAYN

Reyd tadbirlarida ishtirok etayotgan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasi vakillari tomonidan ma'lum qilinishicha, mazkur obyektning loyiha hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori 4-ilovasi asosida Arxitektura va Shaharsozlik kengashi tomonidan kelishmasdan, o’zboshimchalik bilan qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Ushbu holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 467-sonli qarori asosida o’rnatilgan tartibda obyekt egasiga 2024-yilning 18-yanvar kuni ko'rsatma berilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan binoni bartaraf etish (buzish) bo‘yicha da’vo arizasini sudga kiritishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Yunusobod tumani hokimligiga 2024-yil 23-yanvar kuni tegishli xat chiqarilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD
📹#ONLAYN

🖇 Reyd tadbirlari Toshkent shahri Mirobod tumani Savr ko'chasi 7-uy manzilida "Region partners story" MChJ tomonidan qurilayotgan mehmonxona, biznes markazi, turar-joy binolarini qurish obyektini o'rganish ishlari bilan davom etdi.

Mazkur obyektning qurilish-montaj ishlari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori 5-ilovasiga asosan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan tegishli tartibda ro'yxatdan o'tmasdan turib boshlangan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD
📹#ONLAYN

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan noqonuniy qurilish obyekti yuzasidan qanday choralar ko'rilgan?

✓ Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qoidabuzilish holati bo'yicha bir necha marta ogohlantirish berilgan. Shu barobarida 2023-yilning 12-dekabr sanasida "Region Partners stroy" MChJ mas'ullari MjtKning 99-moddasi 7-bandiga asosan javobgarlikka tortilgan.

✓ Bugungi kun holatiga ko'ra inspeksiya tomonidan berilgan ko'rsatmalarga qaramasdan obyektda qurilish-montaj ishlari davom ettirilayotgani sababli MJtKning 99-moddasi 8-bandi bo'yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati poytaxtimizning Chilonzor tumani hududidagi noqonuniy qurilishni oʻrgandi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#REYD

💧 Ichimlik suvi tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlariga chek qo‘yildi

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Reyd tadbirlari davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismidagi tayanch konstruksiyalarini o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda buzganlar aniqlanib, inspeksiya xodimlari tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

⚠️ Respublika ishchi guruhi, Toshkent viloyati  Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va viloyat "Suv taʼminoti" AJ  xodimlarida tomonidan hududlar bo'ylab iste‘molchilarning ichimlik suvidan foydalanishini monitoring qilish hamda suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishini oldini olish  maqsadida targ'ibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi  hamda "Suv ta’minoti" AJ xodimlari tomonidan ham bu kabi nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

💦 Jumladan, joriy yilning may oyi davomida Toshkent shahrida o'tkazilgan  nazorat tadbirlari davomida jami 27 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi, shundan 18 tasi ichimlik suv tarmog`iga noqonuniy ulangani, 9 ta holatda esa  ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanish qoidalarini buzgani ma'lum bo'ldi.

🔴Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan jami 93,5 million so'mlik ma'muriy jarimalar rasmiylashtirildi hamda kamchiliklar mas'ullar boshchiligida joyida bartaraf etildi.
   
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

📌 Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi

Toshkent shahar Sergeli tumani, "Madaniyat" MFY, Qoʻyliq 5-mavzesida joylashgan иuyurtmachi “O'QUV QUROLLARI” MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarini qurish ishlari Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi.

Maʼlum boʻlishicha, loyihada bino 3 qavat qilib koʻrsatilgan. Biroq buyurtmachining yana bir qavat qoʻshimcha qurilish qilayotganligi aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan hududiy inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmaga asosan 4-qavatni demontaj qilish ishlari amalga oshirildi va tasdiqlangan loyiha-smeta ishlaridan chetga chiqilgan kamchiliklar bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari  tomonidan Olmaliq shahri hududida joylashgan ko'p qavatli turar-joylarning  texnik saqlanishi xatlovdan oʻtkazilganda ayrim mulkdorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan vakolatli tashkilotlar ruxsatisiz umumfoydalanishdagi joylarni egallab, qoʻshimcha qurilma qurgani, yertoʻladan foydalanish qoidalariga amal qilmaganligi aniqlandi.

Jumladan, Olmaliq shahri "Mustaqillik" MFY hududidagi 2-uyning 25-xonadonida yashovchi fuqaro o‘zi yashab kеlayotgan ko‘p xonadonli uyning yon qismini o'zboshimchalik bilan egallab olgani aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan mulkdorlarga 15 kun muddat asosida bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berildi hamda muammo nazoratga olindi.

Yuqoridagi  monitoring ishlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

📍Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas'ul xodimlari va OAV vakillari ishtirokida Guliston shahrida qurilayotgan ko'p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarida reyd tadbirlar olib borildi.

Tadbir davomida "Guliston interfutbol" MCHJ, shahar Pedagogika institutining yangi o'quv binosi, Guliston davlat universitetining "Yoshlar markazi" kutubxonasi binosi hamda boshqa obyektlar o'rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish to‘g‘risida mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#reyd

🔗 Qoidabuzar iste’molchilarga qariyb 100 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi

Kuni kecha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari hamkorlikda reyd tadbirlarini o‘tkazishdi.

Xususan, viloyatning Termiz shahri, Sho‘rchi, Oltinsoy va Boysun tumanlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 29 ta holatda iste’molchilar ichimlik suvidan noqonuniy hamda o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelganliklari aniqlanib, 98,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi.

Ularning jamiyatga yetkazgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan hisob-kitob qilinmoqda.

Reyd tadbirlari hududlar bo'ylab davom etmoqda.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida Toshkent shahar Yunusobod tumani Shahriston koʻchasi 1-uyning yertoʻla qismida tadbirkor tomonidan tegishli ruxsatnoma va tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz oʻzboshimchalik bilan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, rekonstruksiya ishlari zudlik bilan toʻxtatildi. Mavjud holatni avvalgi holiga qaytarish bo‘yicha tegishli koʻrsatmalar berilib, qoidabuzarga tegishli chora ko'rildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

Oʻzboshimchalik bilan qilingan ish qimmatga tushdi


📍 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor reyd davomida Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 40-uyning birinchi qavatida uy egasi tomonidan tegishli ruxsatnoma va tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz oʻzboshimchalik bilan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli qonunchilikka asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va rekonstruksiya ishlari toʻxtatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM