QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.4K photos
3.44K videos
277 files
8.4K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MUNOSABAT ⚠️ Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Juma shahrida kotlovon - xandaq qazilayotganda qoʻshni uyga zarar yetkazilgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha dastlabki ma’lumot sifatida quyidagilar bildiriladi: Mazkur obyekt viloyatning Pastdarg'om…
#MUNOSABAT

🟢Fuqaro  B.Isroilovga tegishli boʻlgan Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, Juma shahri, "Samarqand" mahallasi, Samarqand  koʻchasidagi 26-uyni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududidan qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga Pastdargʻom tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimining 2024-yil 20-yanvardagi ruxsatnomasi berilgan.

Mazkur hujjatga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevralda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan.

“MEZANA PROYEKT” MCHJ tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjati Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2024-yil 4-martdagi xulosasi bilan kelishib berilgan.

“MEZANA PROYEKT” MCHJ ishlab chiqqan loyiha hujjati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan koʻrib chiqilib, 2024-yil 26-martda ekspertiza xulosasi olingan.

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Oʻrganish jarayonida fuqaro B.Isroilov  tomonidan oʻzboshimchalik bilan “MEZANA PROYEKT” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qoʻshni xonadon poydevori ostidagi tuproqning choʻkishi natijasida turar-joyning bir qismi qulab tushganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan soha vakillaridan iborat ekspertlarning oʻrganish natijalariga oid xulosasiga asosan yana qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📍Xorazm viloyati Gurlan tumani Pahlavon Mahmud koʼchasida joylashgan 3 qavatli koʼp xonadonli turar joy binosida “Oʼzbekiston savdo markazi” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu obyekt inspeksiyadan 2023-yil 23-yanvarda roʼyxatdan oʼtgan boʼlib, qurilish-montaj ishlari sifati nazoratga olingan.

Bugungi kunda binoning 3-qavatida gʼisht terish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha boʼyicha gʼisht devorning qalinligi 510 mm boʼlib, kоlonna razmeri 400 mm qilib belgilangan.

Oʼrganish jarayonida gʼisht terish ishlarida vertikal, gorizontal choklar sifatsiz bajarilganligi hamda ijro texnik hujjatlari toʼliq yuritilmaganligi ma'lum bo'ldi. Ushbu kamchiliklar boʼyicha pudratchi tashkilotga 2024-yil 13-mayda tegishli qonunchilikka ko'ra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🔴 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Mirobod tumani "Yuksalish" MFY Qoʼyliq 3-dahasi 38-uyda joylashgan qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur obyekt "MIKROKREDITBANK" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz qurilayotgani aniqlangan, xususan, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun inspeksiyani xabardor qilish orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagani ma’lum bo’ldi.

Shu bois inspeksiya tomonidan "MIKROKREDITBANK" aksiyadorlik tijorat bankiga noqonuniy qurilish ishlarini to’xtatish bo’yicha 2024-yil 20-mayda ogohlantirish xati  yuborildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📍Toshkent shahar,  Olmazor  tumani,  “Chinobod” MFYda “AL-HADID GROUP” MChJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosi Toshkent shahar  Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish  inspeksiyasi tomonidan o'rganildi va quyidagi choralar ko’rildi:

Jumladan, 2024-yilning 28-may kuni obyektda  montaj qilish maqsadida olib borilayotgan  yer ishlari joyida  to’xtatildi va qurilish egasi Q.Olimovga tegishli yozma ko'rsatma berildi hamda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmaguniga qadar qurilish ishlarini olib bormaslik to’g’risida kafolat xati olindi.


Yana shuni ma'lum qilamizki, joriy yilning 31-yanvar kuni hududiy inspeksiya mutaxassislari o'rganish maqsadida obyektga borganlarida Q.Olimov chaqirtirilgan, ammo u kelmagan. Holat yuzasidan mahalla raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida dalolatnoma tuzilgan. Mas'ulning yashash manziliga qurilish-montaj ishlarini to’xtatish yuzasidan o'sha kunning o'zida ogohlantirish xati berilgan va  ishlar to’xtatilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Olmazor tuman hokimligi ishchi komissiyasiga  2023-yil 14-noyabrda  va 2024-yil 31-yanvarda takroran tegishli xatlar yuborilgan.

2024-yilning 14-fevral kuni esa  Olmazor tuman prokuraturasiga “AL-HADID GROUP” MCHJ tomonidan noqonuniy ravishda olib borilayotgan qurilish ishlariga huquqiy baho berish, tegishli chora ko’rish bo'yicha  xat taqdim qilingan.

Maʼlumot uchun, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarida, inspeksiya aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish va demontaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida daʼvo bilan sudga murojaat qilish vakolatiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.
   
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🏢 Ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari bilan shartnoma tuzmaslik mulkdorlarni majburiyatdan ozod etadimi?

📹 Batafsil video orqali tanishing.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📍 Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumani “Maʼrifat” mahallasi "Kulollar" koʻchasidagi 2022-yilda foydalanishga topshirilgan 51,52,53-sonli koʻp-xonadonli uylarning holati haqidagi murojaat Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyida o'rganib chiqildi.

Jarayonda mazkur koʻp-xonadonli uylarning mulkdorlariga, ularga xizmat koʻrsatuvchi "Gurlan Elyor quruvchi business“ MCHJ boshqaruv servis kompaniyasiga aʼzo boʻlishlari uchun taklif berilgan paytda bosh tortganliklari aniqlandi.

Hozirda 51-52-53-sonli koʻp xonadonli uylarning yertoʻla qismidagi barcha nosozliklar bartaraf qilinib, toʻplangan suvlar olib tashlandi va oldingi holatiga keltirildi, shuningdek, uylarning tutash hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda qo‘shni yana kotlovan kavlab, qo‘shnisining uyini qulatdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video tasvirlar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Avvalo ta'kidlash joizki, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir bo‘lganini izohlovchi biror ma'lumot keltirilmagan. Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida so‘zlashayotganini ham eshitish mumkin.

Tezkor o‘rganish ishlari davomida Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi tomonidan viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bermaganligi aniqlangan.

Shu o‘rinda yolg'on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda tegishli jazo choralari belgilanganligini eslatib o'tamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📱 Bugun telegram ijtimoiy tarmog'ida "Qo‘qon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolib, hushidan ketdi" sarlavhasi bilan tarqalgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi hamda boshqarmaning Qo‘qon shahar bo‘limi, Qo'qon shahar hokimligining mas'ul xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil etilib, mazkur masala joyida o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM