QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
17.6K photos
3.14K videos
260 files
7.61K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

💦 Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar qachon to'liq yoki qisman to‘xtatilishi mumkinligini bilasizmi?

Video lavhada batafsil keltirilgan
.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔗 2024-yilning 1-yanvaridan 30-iyun holatiga ko‘ra “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat dasturlari, hukumat qarorlari va boshqa dasturlar doirasida jami 434 ta obyektlarning loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqilib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan.

Shuningdek, jami 1 948,6 mlrd so‘m miqdorida smeta qiymatiga ega obyektlarning loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspertiza ko‘rigida qurilish me'yorlariga muvofiq texnik va iqtisodiy-loyihaviy yechimlar qo‘llanilgan holda jami 236,3 mlrd so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi.

Jami 86 ta ijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlariga yig'ma ekspert xulosalari taqdim etilgan.

Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari dasturi doirasida jami 105 ta obyektlar ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan. Xususan,
- xususiy ko‘p qavatli uy-joylar 35 ta;
- infratuzilma obyektlari 143 ta;
- sanoat obyektlari 10 ta;
- huquqni muhofaza qilish obyektlari 10 ta;
- savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalari 5 ta;
- boshqa turdagi obyektlar 40 ta.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro'yxatdan o'tmagan qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etadi.

Farg'ona shahri "Farobiy" ko'chasi hududida fuqaro N.Haydarov tomonidan ko'p qavatli turar joy binosining qurilishi hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

🔴Ushbu qonun buzilish holati yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan buyurtmachiga qurilishni to'xtatish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berildi hamda obyekt ro'yxatdan o'tgunga qadar unda qurilish ishlari to'xtatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

⚠️ Shaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan liftlarga oid talablar bilan tanishtiramiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

📌 Prezident farmoni asosida Bulung‘ur tumanida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 5 июль, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: “Ташаббусли бюджет” лойиҳасининг амалга оширилиши, навбатдаги мавсум таҳлили
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Азимжон Ҳасанов, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги бошқарма бошлиғи
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Давлат дастурида Фанлар академияси юклатилган вазифалар ижроси
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Гулноза Шарафова, Фанлар академияси ахборот хизмати раҳбари

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Шаҳарсозлик соҳасида ЕВРОКОДлар жорий этилиши
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Азизбек Нурмирзаев, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги илмий тадқиқот институти бошқарма бошлиғи
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Парвозлар географияси: маҳаллий ва халқаро рейсларнинг ривожланиши
⚫️Вақти: 16:00
⚫️Иштирок этади: Дилором Каимбаева, “Uzbekistan Airways” АЖ ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
51 lite.pdf
586.9 KB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ - йил  5️⃣-июль кунги 5️⃣1️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинди.

Япония билан яна бир ҳамкорлик
АҲОЛИДАН ҚАЙТА
ИШЛАНАДИГАН ЧИҚИНДИЛАРНИ харид қилиш тажрибаси йўлга қўйилмоқда
Амалий машғулот БСКда
ўтказилди
Вазирлик мутахассислари Фарғонада
Еврокодларни Ўзбекистонда жорий қилиш ишлари бошланди
20 МИНГ ФУҚАРОГА СУБСИДИЯ БЎЙИЧА
ИЖОБИЙ ХАБАРНОМА БЕРИЛДИ
Мўйноқ – янада обод ва кўркам бўлади
Олот туманида “Сайхунобод тажрибаси”
Берилган имкониятлар самарали бўлмоқда
КОММУНАЛ ХИЗМАТ – озодаликнинг ажралмас қисми
БАРҚАРОР НАЗОРАТ –
СИФАТ КАФОЛАТИ


каби мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз.

Газетада берилаётган материаллар билан TELEGRAM  канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб

TELEGRAM  | INSTAGRAM | RASMIY SAYT | YOUTUBE | FACEBOOK
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📢 5 июль, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар: 😉😉😉😉😉 ⚫️Мавзу: “Ташаббусли бюджет” лойиҳасининг амалга оширилиши, навбатдаги мавсум таҳлили ⚫️Вақти: 10:00 ⚫️Иштирок этади: Азимжон Ҳасанов, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги бошқарма бошлиғи…
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Shaharsozlik sohasida YEVROKODlar joriy etilishi ” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti boshqarma boshligʻi Azizbek Nurmirzayev ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! 📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Shaharsozlik sohasida YEVROKODlar joriy etilishi ” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti boshqarma boshligʻi Azizbek…
#BRIFING

Mamlakatimiz qurilish sohasiga Yevrokodlar joriy qilinadi. Xoʻsh, Yevrokodlar oʻzi nima? Yevrokodlar - bu Yevropa Ittifoqidagi qurilish inshootlarini konstruktiv loyihalash boʻyicha Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan norma va standartlar toʻplami hisoblanadi.

Gap shundaki, Oʻzbekistonda qurilish industriyasi raqobatbardoshligi va eksportbopligini oshirish, mahalliy va xalqaro investorlarni keng jalb qilish hamda ularning faoliyatiga toʻsiq boʻluvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo boʻlish boʻyicha davlat siyosati va mamlakat manfaatlarini himoya qilishda Yevrokodlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yevrokodlar parametrik meʼyorlash xarakteridagi hujjat boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish emas balki har bir mamlakatning oʻziga xos xususiyatlari, yaʼni geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Yevrokodlarni milliy normativlar qatorida asosiy emas, balki Shaharsozlik normalari va qoidalarining muqobili sifatida qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Yanayam aniqroq aytadigan boʻlsak, milliy normativlarimiz mustaqilligi va xalqaro normalarga uygʻunlashtirish saqlab qolinadi.
Yevrokodlarni tadbiq qilishda birinchi navbatda amaldagi normativ hujjatlar talablarini inkor qilmaydigan yoki ularga zid boʻlmagan alohida kiritiladigan 1400 dan ortiq parametrik koʻrinishidagi milliy ilovalar ishlab chiqiladi.
🟢 Xoʻsh Yevrokodlarning afzalliklari qanday omillarda koʻzga tashlanadi? Avvalo, raqobatbardoshlik uchun shaffof asos yaratiladi, qurilish mahsulotlarining ichki bozorini toʻldirishga erishiladi. Qolaversa, BIM dasturlarini Oʻzbekiston sharoitida toʻliq qoʻllash imkoni paydo boʻladi. Ishlab chiqarish va sotish tannarxini kamaytirish orqali qoʻshimcha qiymatni taʼminlashga erishiladi.
Shu oʻrinda bundan kutilayotgan natija haqida mulohaza qilsak! Oʻzbekistonda bino va inshootlar konstruksiyalarining xavfsizligi va ishonchliligi, ularning seysmik chidamliligi, yongʻin xavfsizligi va energiya samaradorligini taʼminlash uchun zarur talablarga javob beradigan umumiy mezon va loyihalash usullarini taʼminlash pirovard maqsad qilingan.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING Mamlakatimiz qurilish sohasiga Yevrokodlar joriy qilinadi. Xoʻsh, Yevrokodlar oʻzi nima? Yevrokodlar - bu Yevropa Ittifoqidagi qurilish inshootlarini konstruktiv loyihalash boʻyicha Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan norma va standartlar…
#BRIFING

🕐 Shuningdek, mulk egalari, buyurtmachilar, loyihachilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, pudratchilar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida konstruktiv loyihalash jarayoni haqida umumiy tushuncha taʼminlanadi.
Yevrokodlarni joriy qilishda, shuningdek, ishtirokchi davlatlar oʻrtasida qurilish sohasida xizmatlar almashinuviga hamda qurilish materiallari va elementlari marketingini tashkil qilish va ulardan foydalanishga koʻmaklashish imkoni vujudga keladi. Qurilish sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar uchun yagona asos yaratiladi. Loyihalash va dasturiy taʼminot boʻyicha umumiy qoʻllanmalar tayyorlanib, mahalliy qurilish pudrat tashkilotlari, qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, loyihachilarning jahon bozoriga chiqarish va raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi.

Yevrokodlarni Respublikamizda implementatsiya qilishda bir qator ishlarni bajarish rejalashtirilgan! Jumladan, Yevrokodlardagi har bir talabni milliy shaharsozlik normalari bilan solishtirgan holda eng maqbul talabni qabul qilish va uygʻunlashtirish, belgilangan tartibda milliy ilovalarni ishlab chiqish, Yevrokodlarni amalda qabul qilgan, oʻzining milliy ilovalarini ishlab chiqib, amalda tadbiq qilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, parallel ravishda kadrlarni oʻqitish va salohiyatini oshirish kabi istiqbolli rejalar ishlab chiqildi. Qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarish sanoatini Yevrokodlarga moslashtirish va zamonaviy sinov laboratoriyalari bilan jihozlash hamda sifat menedjmentini yoʻlga qoʻyish ham koʻzda tutilmoqda.

Yevrokodlarda keltirilgan standartlar ham birlamchi masala! Shu bois Yevrokodlar sinov laboratoriyalari, standartlashtirish tizimlari va uslublari, qurilish materiallari sanoati, sifat menejmenti, kadrlar salohiyati va boshqa zarur infratuzilma bilan integrallashgan holda rivojlantirib boriladi. Shunga koʻra qabul qilinishi rejalashtirilayotgan har bir Yevrokodni qabul qilishda uning toʻliq amaliyotga joriy etilishini taʼminlovchi 100 dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlari qabul qilinadi. Bundan tashqari Yevrokodlarni hamda unda keltirilgan standartlarni Respublikamizda qabul qilish orqali qurilish materiallari va buyumlari uchun Yevropa sertifikatlarini olish xarajatlari qisqaradi, Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning Yevropa bozorlariga erkin kirib borishiga imkon yaratiladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

🎛 Yevrokodlarni milliy normativlar qatorida asosiy emas, balki muqobili sifatida qabul qilinishi rejalashtirilgan

AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti boshqarma boshligʻi Azizbek Nurmirzayev ishtirokida oʻtkazilgan brifingda shaharsozlik sohasida YEVROKODlar joriy etilishi haqida maʼlumot berildi:

Yanayam aniqroq aytganda, milliy normativlarimiz mustaqilligi va xalqaro normalarga uygʻunlashtirish saqlab qolinadi.

Yevrokodlarni tadbiq qilishda birinchi navbatda amaldagi normativ hujjatlar talablarini inkor qilmaydigan yoki ularga zid boʻlmagan alohida kiritiladigan 1400 dan ortiq parametrik koʻrinishidagi milliy ilovani ishlab chiqiladi.

Oʻzbekistonda qurilish industriyasi raqobatbardoshligi va eksportbopligini oshirish, mahalliy va xalqaro investorlarni keng jalb qilish hamda ularning faoliyatiga toʻsiq boʻluvchi omillarni bartaraf etish shuningdek, Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo boʻlish boʻyicha davlat siyosati va mamlakat manfaatlarini himoya qilishda yevrokodlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Yevrokodlar parametrik meʼyorlash xarakteridagi hujjat boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish emas balki har bir mamlakatning oʻziga xos xususiyatlari, yaʼni geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

Yevrokodlarning afzalliklari shundaki, raqobatbardoshlik uchun shaffof asos yaratiladi, qurilish mahsulotlarining ichki bozorini toʻldirishga erishiladi.

Qolaversa, BIM dasturlarini Oʻzbekiston sharoitida toʻliq qoʻllash imkoni paydo boʻladi. Ishlab chiqarish va sotish tannarxini kamaytirish orqali qoʻshimcha qiymatni taʼminlashga erishiladi.

📌 Batafsil

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Chortoq tumani "Sarkor" MFY hududida pudratchi “Afsonaviy quruvchi” MCHJ tomonidan 3-oʻrta maktabda 460 oʻrinli oʻquv binosida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi.

Monitoring davrida inspektorlar tomonidan oʻquv binosining monolit temir beton poydevorini armokarkaslash ishlari loyiha smeta hujjatlari talabi asosida bajarilmaganligi, ishchilar maxsus kiyim bosh bilan taʼminlanmaganligi aniqlandi.

🔴Qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mas'ullarga "Qurilishda davlat nazorati" milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda sifatsiz ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM