QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MUNOSABAT ⚠️ Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Juma shahrida kotlovon - xandaq qazilayotganda qoʻshni uyga zarar yetkazilgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha dastlabki ma’lumot sifatida quyidagilar bildiriladi: Mazkur obyekt viloyatning Pastdarg'om…
#MUNOSABAT
🟢 Fuqaro B.Isroilovga tegishli boʻlgan Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, Juma shahri, "Samarqand" mahallasi, Samarqand koʻchasidagi 26-uyni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududidan qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga Pastdargʻom tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimining 2024-yil 20-yanvardagi ruxsatnomasi berilgan.
Mazkur hujjatga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevralda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan.
“MEZANA PROYEKT” MCHJ tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjati Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2024-yil 4-martdagi xulosasi bilan kelishib berilgan.
“MEZANA PROYEKT” MCHJ ishlab chiqqan loyiha hujjati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan koʻrib chiqilib, 2024-yil 26-martda ekspertiza xulosasi olingan.
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan.
✅ Oʻrganish jarayonida fuqaro B.Isroilov tomonidan oʻzboshimchalik bilan “MEZANA PROYEKT” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qoʻshni xonadon poydevori ostidagi tuproqning choʻkishi natijasida turar-joyning bir qismi qulab tushganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan soha vakillaridan iborat ekspertlarning oʻrganish natijalariga oid xulosasiga asosan yana qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube
Mazkur hujjatga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevralda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan.
“MEZANA PROYEKT” MCHJ tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjati Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2024-yil 4-martdagi xulosasi bilan kelishib berilgan.
“MEZANA PROYEKT” MCHJ ishlab chiqqan loyiha hujjati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan koʻrib chiqilib, 2024-yil 26-martda ekspertiza xulosasi olingan.
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan soha vakillaridan iborat ekspertlarning oʻrganish natijalariga oid xulosasiga asosan yana qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
📍 Xorazm viloyati Gurlan tumani Pahlavon Mahmud koʼchasida joylashgan 3 qavatli koʼp xonadonli turar joy binosida “Oʼzbekiston savdo markazi” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu obyekt inspeksiyadan 2023-yil 23-yanvarda roʼyxatdan oʼtgan boʼlib, qurilish-montaj ishlari sifati nazoratga olingan.
Bugungi kunda binoning 3-qavatida gʼisht terish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha boʼyicha gʼisht devorning qalinligi 510 mm boʼlib, kоlonna razmeri 400 mm qilib belgilangan.
Oʼrganish jarayonida gʼisht terish ishlarida vertikal, gorizontal choklar sifatsiz bajarilganligi hamda ijro texnik hujjatlari toʼliq yuritilmaganligi ma'lum bo'ldi. Ushbu kamchiliklar boʼyicha pudratchi tashkilotga 2024-yil 13-mayda tegishli qonunchilikka ko'ra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.