QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
23.7K photos
4.2K videos
293 files
9.76K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

📌 “ToshkentboshplanLITI” DUK tashkiloti GIS ya'ni GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMIni qo‘llashda erishgan yutuqlari uchun ESRI xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Tanlov shu yilning 10-iyul kuni AQShning San-Diego shahrida bo‘lib o‘tdi. Bunda dunyoning 100 000dan ortiq kompaniyalari orasidan 150ga yaqini ESRI mukofotiga loyiq deb topildi.

🌐 Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, GIS bu geografik axborot tizimi bo‘lib, u fazoviy yigʼish, saqlash, tahlil qilish va grafik vizualizatsiya qilish tizimi va zarur obyektlar haqida tegishli maʼlumotlarni anglatadi.
Geoinformatsiya tizimi tushunchasi - foydalanuvchilarga raqamli relef xaritasi, obyektlar haqidagi qoʼshimcha maʼlumotlarni qidirish, tahlil qilish va tahrirlash imkonini beruvchi vosita sifatida ham qoʼllaniladi. Mana shunday o‘ziga xos geografik axborot tizimi  sohasidagi innovatsion yutuqlari uchun “ToshkentboshplanLITI” DUK jamoasining olgan mukofoti e'tirofga loyiqdir. Odatda bunday mukofotlar GIS texnologiyalaridan foydalangan holda arxitektura va qurilish industriyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etiladi.

🇺🇿 ToshkentboshplanLITI https://bit.ly/3O9d2uw

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

✔️ Samarqandda ''Yangi O'zbekiston'' massivlarining qurilish jarayoni

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#JARAYON

❗️Yoshlar muammolari tizimli hal etilmoqda

Bugun Qibray tumanining “Yonariq” mahallasida istiqomat qiluvchi Dildora Joʼraeva yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor mahsulini oʼz taqdiri misolida chuqur his etmoqda. Endi u tuhfa qilingan noutbuk yordamida oʼzi qiziqqan amaliy fanlarni onlayn oʼrganish imkoniga ega boʼldi.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan amaliyotga keng joriy etilgan va joylardagi muammolarni «mahallabay» oʼrganishga asoslangan yangi tizim yoshlar masalasini ham chetlab oʼtmadi. Ertamiz vorislarining muammolarini oʼrganish boʼyicha respublika ishchi guruhi hududlardagi yoshlar tomonidan bildirilayotgan takliflarni mazkur tizim orqali aniqlamoqda, ularning yechimi yuzasidan zarur choralar koʼrilmoqda. Yoshlarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʼllab-quvvatlash, bilim va kasb oʼrganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi bor ishsiz yoshlarni, xususan, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarga Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi mutasaddilari ham jalb etildi. Xususan, vazir oʼrinbosari Jalol Аrashovga Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 30 nafar yoshning taqdiri ishonib topshirildi.

🫥 Tumandagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot davomida: “Bizga ishonib biriktirilgan har bir yoshning kelajak taqdiriga masʼulmiz. Ularni qiynayotgan muammolarni tinglash, bartaraf etishda koʼmaklashish, yoshlarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini roʼyobga chiqarish yurtboshimiz ilgari surayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishidir. Bu har birimiz uchun dasturi amal boʼlishi shart”, - dedi Jalol Аrashov.

Yoshlar muammosini oʼrganish boʼyicha dastlab “Darxon”, “Zebiniso”, “Guliston”, “Qipchoq”, “Doʼrmon”, “Xaydarobod”, “Yonariq”, “Baytqoʼrgʼon”, А.Navoiy mahallalari kesimida maʼlumotlar shakllantirildi. Oʼrganish ishlari davomida yoshlar bandligini taʼminlashga, oilasi ehtiyojmandlariga moddiy koʼmak berishga erishildi. Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga oʼrgatish boʼyicha oʼquv kurslariga jalb qilish, ayrimlarini profilaktika nazoratidan chiqarish boʼyicha ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. Hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda aniqlangan muammolar “Yoʼl xarita”siga kiritib borilmoqda.

*️⃣Har bir yosh bilan individual tanishib, dildan suhbat qurgan, muammolariga quloq tutgan vazir oʼrinbosari yoshlar bilan muloqotda “Bu hayotda eng kuchli motivatsiya bu harakat, bilim olishga intilish, ota-onangizni sizdan minnatdor qiyofalarini koʼrish demakdir. Shu bois yengil hayot, undan keladigan bir zumlik yolgʼon tuygʼular uchun eng shijoatga toʼlgan davringizni behuda sarflamang. Аgar maqsadni toʼgʼri qoʼygan holda harakat qilsangiz albatta koʼzlagan marrangizga yetasiz”, - deya taʼkidladi. Аlbatta yoshlar muammolarini oʼrganishga qaratilgan bu singari chora-tadbirlar ertamiz egalarining hayotda mustaqil qaror qabul qilishlari, tezkor oʼzgarishlarga moslashishlari, jamiyatda munosib oʼrin topishlariga zamin hozirlaydi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

🫥 “Mening uyim” billing tizimi yanada qulay boʼldi

“Mening uyim” axborot tizimi boʼyicha kelib tushgan takliflar, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida yangi havola ishga tushirildi.

Xususan, “Mening uyim” billing tizimi quyidagi oʼzgartirish va qoʼshimchalar bilan toʼldirildi:

1. Аholi va Boshqaruv servis kompaniyasi oʼrtasida murojaatlar almashinuvi, yaʼni aholi kabinet yordamida murojaat yuborishi mumkin hamda kompaniya billing orqali kelib tushgan murojaatga javob yoʼllash imkoni mavjud.
2. Tizimda hisob-kitoblarning aniqligi qayta koʼrib chiqildi va eski sanalar bilan ishlash toʼxtatildi.
3. Аholi uchun Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan kiritilayotgan qulay hisobotlarning mavjudligi.
4. Yangi billing tizimi qulay interfeysga (dizayn) ega boʼldi.
5. Kompaniya kabinetida asosiy koʼrsatkichlar foydalanuvchiga qulay tarzda aks etadi.
6. Аholidan majburiy badal toʼlovlarni qabul qilish jarayonida tizimda kvitansiya qabul qilish yoʼlga qoʼyildi.
7. Toʼlovlar va har qanday tizimga kiritiladigan hujjatlar E-IMZO elektron kalit orqali tasdiqlanadi. Bunda hujjatlarni kim tomonidan kiritilgani yanada aniq boʼladi.
8. Tariflar kengaytmasi paydo boʼldi, yaʼni tarif aynan nimalarga sarflanishi kirtiladi.
9. Yigʼilish bayonlari Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan billing tizimiga kiritilib boriladi.
10. Аholi kabinet yordamida billinga kiritilgan har bir ma/lumotni koʼrib borish imkoniyatiga ega boʼldi.

😎“Mening uyim” axborot tizimidagi yangiliklarni masʼul xodimlar va hududlardagi boshqaruv organlari mutaxassislariga tushuntirish maqsadida reja-grafik asosida 14-iyuldan boshlab ZOOM platformasi orqali amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

☁️ Maʼlumki, iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirish, aholi hayot darajasini yuksaltirishda tadbirkorlikning oʼrni beqiyos. Shu bois ham mamlakatimizda tadbirkorlikni tubdan rivojlantirish, soha vakillarini qoʼllab-quvvatlash, qulay investitsion muhitni yaratish, sarmoyadorni huquqiy, iqtisodiy jihatdan himoya qilish masalalari doim ustuvor.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhi tashkil etilib, hududlar kesimida tadbirkorlar faoliyati, ularni qiynayotgan muammolar oʼrganilmoqda, munosib takliflar tinglanmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Davron Аdilov boshchiligidagi ishchi guruhi vakillari Аndijon tumanida boʼlib, tadbirkorlar bilan uchrashdilar. Oʼrganishlar davomida tekstil va toʼqimachilik, farmasevtika, qurilish sanoatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning kredit mablagʼlarini ajratish, litsenziyani yangilash, JMP ruxsatnomasini olish yuzasidan murojaatlari tinglandi, muammoli holatlarni bartaraf etish boʼyicha amaliy ishlarga kirishildi.

◀️ Loyihalar va sanoat korxonalarida qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi yoʼnalishidagi joriy va tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʼrish orqali hududlarni iqtisodiy, investitsion rivojlantirishga erishamiz. Ishbilarmon kishiga emin-erkin ishlashi uchun sharoit yaratib berilsa, qoʼllab-quvvatlansa uning faoliyati kengayib boraveradi. Quvonarlisi, soʼnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlarga ana shunday sharoit bilan birga keng imkoniyatlar, soha rivoji uchun katta sharoitlar yaratilmoqda, qogʼozbozlik, kredit mablagʼlarini ajratishda kechikish singari holatlarga uzil-kesil chek qoʼyilmoqda, - deya taʼkidladi D.Аdilov.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

😄 Joriy yilning 10-15-iyul kunlari Buxoro shahridagi “Humo” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan “Quruq qurilish va suvoqchilik ishlari” bo‘yicha “WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2023” ishchi kasblar milliy chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. G'oliblar endi xalqaro chempionatda ishtirok etishadi. Ularga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mukofoti va sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 "Millar" dasturida uy xarid qilayotganda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida fikr yuritildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM