QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.3K photos
3.42K videos
277 files
8.35K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Кўп квартирали уйлар ертўласидан фойдаланиш тартиби қандай?

🔰 Кўп квартирали уйлар ертўласидан фойдаланиш у жойдаги мулкдорлар розилигига асосан амалга оширилади.

📌 Ертўладан жойлар фақат ертўлада шуғулланилиши мумкин бўлган қуйидаги фаолият турларини амалга ошириш учун берилади:

● озиқ-овқат ва ноозиқ-овқат товарлари билан савдо қилиш (дўконлар, киоскалар, дўкончалар ва бошқалар);
● маиший хизмат кўрсатиш (сартарошхона, пойабзал тикиш ва таъмирлаш, оптика, соат созлаш устахоналари, тикувчилик ва каштачилик, ателье);
● умумий овқатланиш (ресторанлар, кафе, кафетерийлар, музқаймоқ ва чанқовбосди ичимликлар барлари, газакхоналар);
● банк хизматлари кўрсатиш (банкларнинг бўлимлари ва валюта алмаштириш пунктлари);
● алоқа хизматлари кўрсатиш (почта бўлими) ва курьерлик фаолияти;
● газеталар, журналлар ва китоб маҳсулотлари билан савдо қилиш;
● бижутерия ва жевакларни тайёрлаш ва таъмирлаш;
● гулчамбарлар, сунъий гуллар ва гул маржонларини тайёрлаш;
● рассомлик ва ҳайкалтарошлик;
● хизмат кўрсатиш ва тадбиркорларнинг офислари ҳамда идоралари;
● видео ва фотосуратга олиш, компьютер хизматлари;
● таржима ва таҳрир хизматлари;
● дизайн, чизмачилик-графика хизматлари;
● кийим-кечак ва идишларни ижарага бериш хизмати;
● риэлторлик фаолияти;
● газламаларга нақшлар солиш, трафаретли босма ва қўлда расм чизиш хизматлари;
● жисмоний тарбия ва спорт муассасалари фаолияти;
● давлат ташкилотларини жойлаштириш;
● суғурта ташкилотларини жойлаштириш.

Ертўладан фойдаланганлик учун тўланадиган ижара тўловларининг энг кам миқдорлари ҳокимликлар томонидан тасдиқланади.

🚫 Ертўладан фойдаланувчи томонидан уни бошқа шахсларга сотиш, ҳадя этиш, гаровга қўйиш ва ижарага беришга йўл қўйилмайди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Uchtepa tumani 26-dahasida joylashgan “Uchtepa shirin” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini oʻrgandi.
Xususan, boshqaruv tashkiloti tomonidan koʻp qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari koʻzdan kechirildi. Hozirda boshqaruv tashkilotiga qarashli 30 ta koʻp qavatli uyning tom qismini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joriy yilda ushbu uylarning barcha ichki kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash koʻzda tutilgan. Vazir oʻrinbosari jarayonni kuzatar ekan, ta’mirlashda ish sifatiga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidladi.

🫥 Boshqaruv tashkiloti rahbari ishning koʻzini bilishi kerak. Bir-ikki soʻm foydani koʻzlab, keyingi faoliyatingizga bolgʻa urmang! Sifatli material ishlating, yillar davomida aholiga xizmat qilsin,- dedi vazir oʻrinbosari.

Shuningdek, BSKning ishlash mexanizmini yaxshilash, dispetcherlik xizmatini yanada takomillashtirish, ishchi-xodimlarga qulay sharoit yaratish, jumladan, ularni yozgi maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlash boʻyicha boshqaruv tashkiloti rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON 🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Uchtepa tumani 26-dahasida joylashgan “Uchtepa shirin” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini oʻrgandi. Xususan, boshqaruv tashkiloti tomonidan koʻp qavatli uylarda…
#JARAYON

☁️ Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Uchtepa tumani “Vatan” mahallasida ham boʻldi. Bugun mahallada joylashgan koʻp qavatli uylar atrofida ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Xususan, yoʻlaklar ta’mirlanmoqda, oqova suv quvurlari yangilanmoqda, drenaj tizimi zamonaviy talablar asosida qayta oʻrnatilmoqda.
Mutasaddilar ish jarayonlari bilan tanishib, mazkur mahallada yangi boshqaruv servis kompaniyasi binosi qurilishi uchun moʻljallangan joyni koʻzdan kechirdilar. 2 oyda tugatilishi rejalashtirilgan zamonaviy binoning aholini qabul qilish, dispetcherlik xizmati xonalari va boshqa imkoniyatlari muhokama qilindi.
🗺 “Vatan” mahallasidagi koʻp qavatli uylarga ilgari 8 ta oʻzini oqlamagan uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat koʻrsatgan boʻlsa, bugungi kunda mazkur uylar yangi boshqaruv servis kompaniyasiga oʻtkazildi. Hozirda boshqaruv tashkiloti tomonidan koʻp qavatli uylarda yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni bartaraf etish, xususan, uylarning ekspluatatsion holatini yaxshilash, aholi muammolarini bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlar boshlab yuborilgan.
Ozoda Joʻrayeva mas’ullarga belgilangan ishlarni oʻz vaqtida bajarish, reja-grafikdan chiqmaslik, ayniqsa, sifatga alohida e’tibor berish lozimligini ta’kidladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

     📌 Ozoda Jo'rayeva poytaxtimizning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida bo'lib, ko'p qavatli uylarning yerto'lasida amalga oshirilayotgan ta'mirlash-tiklash ishlari bilan tanishmoqda.  Xususan, ko'p qavatli uylarda kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash jarayonlarida sifatga alohida ahamiyat berish lozimligiga urg'u berilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM