QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.7K subscribers
19.5K photos
3.34K videos
271 files
8.15K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#Bunyodkorlik_sari

🏛Bugun “ToshkentboshplanLITI” DUKda  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari D.Adilov ishtirok etdi.
📝Taqdimotda Toshkent shahrini 2045-yilgacha rivojlantirish strategiyasi, Prezidentimiz tomonidan qoʻyilgan vazifalar ijrosi haqida soʻz bordi.
❗️Maʼlumot uchun, “ToshkentboshplanLITI” korxonasida chet ellik va mahalliy loyihachilar ikki yil davomida ishlashdi. Aholining oʻsishi, transport va muhandislik tarmoqlari, iqlim oʻzgarishlari tahlil qilinib, shu asosida transport tugunlari va aholi punktlarini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
☑️Endilikda Toshkent shahri kadastri raqamlashtirilib, hududlarning toifasi ochiq-oshkora qayd etib qoʻyiladi. Aholi oʻz mahallasi yoki tadbirkorlar biznes ochmoqchi boʻlgan yerining qanday hududda joylashganini internet orqali bemalol koʻrishi mumkin boʻladi.
🔠Tirbandlik muammosini hal etish uchun jamoat transporti qulaylashtiriladi. Buning uchun aholi uyidan 15 daqiqa piyoda yuradigan masofada bekat boʻlishi talab etiladi. Shuningdek, “Park and ride” tamoyili asosida, shahar chekkalarida avtoturargohlar tashkil etilib, jamoat transporti bekatlari bilan bogʻlanadi.
✔️Yana bir muhim chora – binolarga ijtimoiy talablar belgilash. Masalan, shahar ichida koʻp qavatli inshoot qurilgudek boʻlsa, uning turiga qarab, maktab, bogʻcha, maishiy xizmat, avtoturargoh oʻrni, koʻkalamzorlashtirish maydoni kabi meʼyorlar qoʻyiladi.
❗️Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan Bosh rejasi loyihasi “Yangi Toshkent” konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan. Bu yangi shahar poytaxtimizning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻida barpo etiladi. 500 ming aholiga moʻljallangan boʻladi.
Shundan kelib chiqib, istiqbolli rivojlanish va qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yoʻllar sxemalari ishlab chiqilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan.
🌍Global isish kuzatilayotgan bugungi dunyoda yashillik juda muhim.
🌍Bugungi kunda Toshkent shahrida 7 ming gektar yashil maydonlar mavjud. Prezidentimiz ilgari surgan “Yashil makon” umummilliy loyihasidan kelib chiqib, Bosh reja loyihasida bunga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, katta halqa yoʻli atrofida “yashil kamar” yaratish, shahardan oʻtgan kanallar boʻyida tematik bogʻlar tashkil etish koʻzda tutilgan. Umuman, poytaxtimizda yashil hududlarni 25 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

Kuni kecha "O‘zshaharsozlikLITI" DUKda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⚠️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qarori bilan tasdiqlangan dasturga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022-yil “Manzilli roʻyxat”ga kiritilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “OʻzshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi:

🗣 Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Andijon shaharchasi;
🗣 Buxoro viloyati, Kogon tumani, Sarayonobod shaharchasi;
🗣 Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Sayyod shaharchasi;
🗣Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mugʻlon shaharchasi;
🗣 Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani, Chimyon shaharchasi;
🗣Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Shoʻrsuv shaharchasi
🗣 Fargʻona viloyati, Quvasoy shahar, Doʻstlik shaharchalarining bosh rejasi va markaziy qismining batafsil rejalashtirish loyihalari muhokamaga qoʻyildi.

🎙 Muhokamaga qoʻyilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha kengash aʼzolari, hokimlik va tegishli tashkilot hamda idoralar vakillarining fikr va mulohazalari tinglandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

O'ZBEKISTONDA ENERGIYA SARFI DEYARLI NOLGA TENG BO'LGAN BIRINCHI UY QURILDI

Ma'lumki, butun dunyoda energiya tejovchi texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqish hamda ular maishiy turmush va sanoatda keng qo'llanilmoqda.
🏠 Ana shunday uylardan biri Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi "Yoshlik" mahallasida BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan Global atrof-muhit fondi moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda energiya samarador qishloq uy-joy qurilishini rivojlantirish" qo'shma loyihasi doirasida qurildi.
🔔 Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, loyihaning asosiy maqsadi qishloq aholisini atrof-muhitga zarar keltirmaydigan va arzon turmush sharoitlari bilan ta'minlashdan iborat.
🟢 Mazkur qo'shma loyiha taqdimotida ayni kunlarda O'zbekistonda bo'lib turgan BMT Bosh kotibi yordamchisi Xaolyan Shu, Qurilish, Energetika hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirliklari, viloyat, shahar hokimliklari vakillari, shuningdek, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi.
💎 Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan uyning tashqi devorlari, pol va tom qismlarining bir qator afzalliklari tushuntirib berildi.
Shundan so'ng uy ijtimoiy sinovdan o'tkazish uchun O'zbekiston Qurilish vazirligiga rasman topshirilishi ta'kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#BUNYODKORLIK_SARI

💳 Оnkologiya va radiologiya tibbiyot markazining yangi kompleksi barpo etilmoqda, Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi

🗣Toshkent shahar Olmazor tumani "Shifokorlar" koʼchasidagi Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining yangi kompleksi barpo etilmoqda. Shuningdek, markaz hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi.

🍎 Yangi kompleks tarkibiga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, markazning poytaxt filiali hamda Toshkent viloyati filiali kiradi. Shunga koʼra tegishli hukumat qaroriga muvofiq, shifoxonalarning mavjud bino-inshootlari hududi yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʼyilgan.

🔔 Maʼlumot oʼrnida aytish joiz, yangi kompleks 2023-yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

🗣Yangi kompleks ishga tushganidan soʼng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni koʼchirish ishlari olib boriladi. Sotuv auksionida gʼolib boʼlgan tadbirkorga yangi kompleksga koʼchish ishlari toʼliq amalga oshmaguncha ikki oygacha bu yerda hech qanday ishlarni boshlamasligi majburiyati yuklanadi.

Yangi kompleksda 17 ta yangi klinik boʼlim faoliyati yoʼlga qoʼyiladi. Jumladan, mamlakatimizda ilk bor suyak koʼmigi transplantatsiyasi boʼlimi ochiladi. Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng soʼnggi texnologiyalar bilan taʼminlanadi. Intensiv terapiya boʼlimi yurak monitorlari, oʼpkani sunʼiy shamollatish moslamalari va boshqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega boʼladi.

💻 Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat koʼrsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlashib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi tashkil etiladi. Kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida toʼxtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning oʼrnini toʼldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi taʼminlanadi.

🛡 Boshqaruv jarayoniga turk va koreys mutaxassislari tavsiyalari va tajribasi asosida zamonaviy menejment tizimi joriy etiladi. Muassasa ishga tushgunga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya va Turkiyada malaka oshiradi hamda ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida 80 million АQSh dollari ajratilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

🗺 Ko'kdalalik bolalar ko'chasida bayram!

⚠️ Bariga sabab tumanning "O‘tamayli" MFY hududida barpo etilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta'lim muassasasi!

🟢 "YABX" Injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan. Hozirda pudratchi “Ulkan yashil koinot” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Ta'kidlash joizki, qurilish ishlarining sifat ko'rsatkichlari ustidan doimiy nazorat ham oʻrnatilgan.

🍎 Bugungi kunda obyektda olib borilayotgan ishlar:

💬 binoning tashqi sokol qismida plitkalarni terish ishlari;
💬 ichki MDF va PVX eshiklarni, isitish batareyalari, oshxona va mebel-jihozlarni oʻrnatish ishlari;
🟡 tashqi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

💬 Hozirda obyektning umumiy tayyorgarlik darajasi 96%ni tashkil etmoqda.

✔️ Mazkur binoni buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan joriy yilning 1-dekabr kuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

☑️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Qurilish vazirligida tashkil etilgan shtab faoliyati

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#BUNYODKORLIK_SARI

↖️ Toshkent viloyatidagi "Yangi O‘zbekiston” massivlaridan joriy yilda 2 mingga yaqin xonadonlar o‘z egalariga topshiriladi

✔️ Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Iftixor” mahallasidagi 50 gektar yer maydoniga “Yangi O‘zbekiston” massivlarini bunyod etilmoqda. Joriy yilda 2 mingga yaqin xonadonlar o‘z egalariga topshiriladi.

💡 Ushbu uy-joylarning ichki devorlari maydondan yutish maqsadida  pardevorlardan qilingan.
Ya’ni pardevor bilan yerni 7 santimetrgacha iqtisod qilishimiz mumkin. Tashqari devorlari monolit, ustidan issiqlik qoplamasi qoplangan. Bunda energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanilgan. Qish mavsumida xona bir isib olsa, shu issiqlikni o‘zida ushlab turadi. Yoz mavsumida xonalardagi salqin havo saqlanib turadi. Massivlardagi bir xonali uylar 25 kvadrat metr, ikki xonalisi 38 kvadrat, 3 xonali uy esa 50 kvadrat metrni tashkil etadi.


🏃‍♂️ “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi 3 ta bosqichda amalga oshirilmoqda. Xususan, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejaga ko‘ra birinchi bosqichda joriy yilda 1 140 ta xonadonli 15 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. 

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web | 📸Instagram|💬Facebook |Telegram | 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

📔 Yangi massivlar qurish uchun investorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

🗺 Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani "Gulbahor" shaharchasi hududida "Mening birinchi uyim" dasturi asosida 5 ga yer maydoniga koʻp qavatli turar joy binolarini qurish uchun yer maydoni tanlandi va taklifi kiritildi.

✔️ Qurilishi rejalashtirilayotgan koʻp qavatli uylarning hududi bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O.Hakimov, Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari D.Adilov, Yangiyoʻl tumani hokimi U.Yalgashevlar ishtirokida turkiyalik investorlar tomonidan oʻrganildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

📔 Energotejamkor qurilish materiallari

📌 Qurilish loyiha institutlari masʼullari Jizzaxdagi bazalt qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldilar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#OAV_NIGOHIDA 🟥 Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi #QASHQADARYO Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
#BUNYODKORLIK_SARI

🔎 Bugungi kunda aholining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, huquqlarini taʼminlash borasida davlatimiz rahbari tomonidan yuritilayotgan xalqona siyosat amalda oʻz ifodasini topmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish bo'yicha muayyan ishlar qilinyapti.

📍 Viloyatning chekka hududlarida yangi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanishga topshirilayotgani ham fikrimizga isbot bo'ladi.

🔹 Joriy yilning oʻzida tumanda 16 bogʻcha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Ko'kdala tumani "O'tamayli" MFYda zamonaviy talablarga javob beradigan 120 o'rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti Qurilish vazirligi tomonidan barpo etildi.

➡️ Bog'cha zamonaviy talablarga javob beradi. Unda eng ilg'or qurilish texnologiyalaridan hamda energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanilgan. Bugungi kunda 5 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan "O'tamayli" MFY aholisi uchun ushbu muassasaning foydalanishga topshirilishi bayram arafasida munosib tuhfa bo'ldi.

⚡️ 14-maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimida soʻz olganlar bugungi kunda mamlakatimizda aynan inson qadri, uni ulug'lash, eng chekka hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida alohida taʼkidladilar.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM