QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.4K photos
3.44K videos
277 files
8.4K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️https://www.facebook.com/share/v/BQEnswyxVB8yhLwD/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! ✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan…
#BRIFING

✍️ Xabaringiz bor, shu yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Mazkur hujjat mamlakatimizda uy-joy sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va zamonaviy koʻp kvartirali uylar qurish koʻlamini kengaytirishni koʻzda tutishi bilan ahamiyatlidir.
Xususan, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish hamda banklar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish mexanizmlarini amaliyotga joriy qilishni nazarda tutadigan muhim Farmondir.
Mazkur hujjat bilan joriy yilda hududlarda zamonaviy arxitektura koʻrinishiga ega 100 mingta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar qurish maqsad qilingan. Shuningdek, qurilish tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etilishi ham belgilab berilmoqda. Darvoqe, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga davlat budjeti, “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” hamda banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan kamida 17 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️  https://www.facebook.com/share/v/BQEnswyxVB8yhLwD/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING ✍️ Xabaringiz bor, shu yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi…
#BRIFING

💬 Yana bir jihat, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab koʻp qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari keng joriy qilinadi.
2024-yil 1-iyundan boshlab “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratib beriladi.
Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun respublika budjetidan 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” tomonidan qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda esa 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha 24 oydan koʻp boʻlmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
2024-yil 1-maydan boshlab esa birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sugʻurta xavflaridan sugʻurta qilish talabi bekor qilinadi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” boʻlgan tashkilotlarga besh qavatdan yuqori boʻlmagan, “CC” boʻlgan tashkilotlarga esa toʻqqiz qavatdan yuqori boʻlmagan uy-joylarni qurishga ruxsat beriladi.
Darvoqe, aholining pul mablagʻlarini uy-joylar qurishga jalb qilish tartibini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqilib, yangi tizim amaliyotga joriy etiladi. Bunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida uy-joylar qurishga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini jalb qiluvchi pudrat tashkilotlarining elektron roʻyxatini yuritish maqsad qilingan. Xususan, elektron roʻyxatdan oʻtmasdan ulush kiritish asosida koʻp qavatli uy-joylar qurishni boshlagan pudrat tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash, ulush kiritish asosida uy-joylar qurilishini monitoring qilish tartibini belgilash ham koʻzda tutilmoqda. Unda ulush kiritish asosida koʻp qavatli uy-joylarni qurishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomalarni majburiy ravishda notarial tasdiqlash tartibini joriy qilish ham belgilab qoʻyilmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️  https://www.facebook.com/share/v/BQEnswyxVB8yhLwD/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Joriy yilning 14-iyun holatiga koʻra 20 ta shaharsozlik normalari va qoidalariga Adliya vazirligining ekspertiza xulosalari olindi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan
brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov maʼlum qildi.

Shuningdek:

4 ta shaharsozlik normalari va qoidalari Adliya vazirligida koʻrib chiqilmoqda;

21 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazilmoqda;

2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazildi, vazirlik buyrugʻi rasmiylashtirilmoqda;

2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari qayta koʻrib chiqilmoqda.

Standartlashtirish boʻyicha joriy yilning ish rejasiga kiritilgan 18 ta standartlar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb saytida oltmish kalendar kun davomida jamoatchilik muhokamasiga joylandi hamda uning natijasiga koʻra STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ijobiy xulosasi olinib, bugungi kunda Standartlashtirish boʻyicha milliy organga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritildi.

📌 Batafsil

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Qurilish-montaj ishlarini bajarish borasida yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/share/v/Wh1ZJop8nMUqEtoH/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! 📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Qurilish-montaj ishlarini bajarish borasida yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda. 🎚️ Brifingni onlayn…
#BRIFING

📹 Oxirgi yillarda mamlakatimizda qurilish ishlari ortib, shahar va qishloqlar bunyodkorlik maydoniga aylanib bormoqda. Birgina misol, joriy yilning oʻtgan davrida qurilish ishlari hajmi sal kam 60 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107 foizga ortdi.

Yana bir jihat. Bugungi kunda 31 mingdan ortiq qurilish-pudrat tashkilotlari roʻyxatga olingan boʻlib, ular tomonidan hududlarda zamonaviy bino-inshootlar barpo etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Shunga monand ravishda qurilish pudrat tashkilotlariga qulaylik yaratish ham birlamchi vazifaga aylangan. Bilasiz, avvallari qurilish ishlari boʻyicha buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan imzolangan shartnomaga koʻra bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot yoki hisobvaraq-fakturalar qogʻoz koʻrinishida, yaʼni turli byurokratik toʻsiqlarga duch kelingan holda rasmiylashtirilardi.

Bu esa pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish va mablagʻlar ajratilishida sunʼiy toʻsiqlarga sabab boʻlardi. Joriy yil 29-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishda Prezidentimiz tomonidan sohada raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish, bu boradagi ish yuritish munosabatlarida shaffoflikni oshirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berildi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/share/v/Wh1ZJop8nMUqEtoH/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📹 Oxirgi yillarda mamlakatimizda qurilish ishlari ortib, shahar va qishloqlar bunyodkorlik maydoniga aylanib bormoqda. Birgina misol, joriy yilning oʻtgan davrida qurilish ishlari hajmi sal kam 60 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos davriga…
#BRIFING

📹 Shundan kelib chiqqan holda qurilish-pudrat tashkilotlari va buyurtmachilar oʻrtasida rasmiylashtiriladigan hujjatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor innovatsion dasturiy taʼminotlarni keng joriy etish orqali qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish, ularga oʻz muddatlarida mablagʻlar ajratilishini taʼminlash maqsadida joriy yilning 12-iyunida “Hukumatning ayrim qarorlariga ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamkasining qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga asosan Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, joriy yilning 1-oktabridan eʼtiboran budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda, yangi shakldagi hisobvaraq-faktura orqali taqdim etilishi belgilandi.

Shu bilan birga:
- markazlashtirilgan manbalar hisobiga bajarilgan qurilish ishlari boʻyicha pudrat tashkilotlari hisobotlarini raqamlashtirish hamda amalga oshirilgan xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish;
- kelgusi yil Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari, loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilda moliyalashtirish belgilab qoʻyildi.

Mazkur elektron hisobvaraq-faktura pudrat va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan obyektlarda bajarilgan ishlar va ular uchun markazlashgan holda ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirilishida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilib, soha rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, sohada samarali nazorat mexanizmlari va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, loyihalar ishtirokchilari va nazorat qiluvchi idoralarning masʼuliyatini oshirishga olib keladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/share/v/Wh1ZJop8nMUqEtoH/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📢 5 июль, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар: 😉😉😉😉😉 ⚫️Мавзу: “Ташаббусли бюджет” лойиҳасининг амалга оширилиши, навбатдаги мавсум таҳлили ⚫️Вақти: 10:00 ⚫️Иштирок этади: Азимжон Ҳасанов, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги бошқарма бошлиғи…
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Shaharsozlik sohasida YEVROKODlar joriy etilishi ” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti boshqarma boshligʻi Azizbek Nurmirzayev ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! 📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Shaharsozlik sohasida YEVROKODlar joriy etilishi ” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti boshqarma boshligʻi Azizbek…
#BRIFING

Mamlakatimiz qurilish sohasiga Yevrokodlar joriy qilinadi. Xoʻsh, Yevrokodlar oʻzi nima? Yevrokodlar - bu Yevropa Ittifoqidagi qurilish inshootlarini konstruktiv loyihalash boʻyicha Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan norma va standartlar toʻplami hisoblanadi.

Gap shundaki, Oʻzbekistonda qurilish industriyasi raqobatbardoshligi va eksportbopligini oshirish, mahalliy va xalqaro investorlarni keng jalb qilish hamda ularning faoliyatiga toʻsiq boʻluvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo boʻlish boʻyicha davlat siyosati va mamlakat manfaatlarini himoya qilishda Yevrokodlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yevrokodlar parametrik meʼyorlash xarakteridagi hujjat boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish emas balki har bir mamlakatning oʻziga xos xususiyatlari, yaʼni geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Yevrokodlarni milliy normativlar qatorida asosiy emas, balki Shaharsozlik normalari va qoidalarining muqobili sifatida qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Yanayam aniqroq aytadigan boʻlsak, milliy normativlarimiz mustaqilligi va xalqaro normalarga uygʻunlashtirish saqlab qolinadi.
Yevrokodlarni tadbiq qilishda birinchi navbatda amaldagi normativ hujjatlar talablarini inkor qilmaydigan yoki ularga zid boʻlmagan alohida kiritiladigan 1400 dan ortiq parametrik koʻrinishidagi milliy ilovalar ishlab chiqiladi.
🟢 Xoʻsh Yevrokodlarning afzalliklari qanday omillarda koʻzga tashlanadi? Avvalo, raqobatbardoshlik uchun shaffof asos yaratiladi, qurilish mahsulotlarining ichki bozorini toʻldirishga erishiladi. Qolaversa, BIM dasturlarini Oʻzbekiston sharoitida toʻliq qoʻllash imkoni paydo boʻladi. Ishlab chiqarish va sotish tannarxini kamaytirish orqali qoʻshimcha qiymatni taʼminlashga erishiladi.
Shu oʻrinda bundan kutilayotgan natija haqida mulohaza qilsak! Oʻzbekistonda bino va inshootlar konstruksiyalarining xavfsizligi va ishonchliligi, ularning seysmik chidamliligi, yongʻin xavfsizligi va energiya samaradorligini taʼminlash uchun zarur talablarga javob beradigan umumiy mezon va loyihalash usullarini taʼminlash pirovard maqsad qilingan.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING Mamlakatimiz qurilish sohasiga Yevrokodlar joriy qilinadi. Xoʻsh, Yevrokodlar oʻzi nima? Yevrokodlar - bu Yevropa Ittifoqidagi qurilish inshootlarini konstruktiv loyihalash boʻyicha Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan norma va standartlar…
#BRIFING

🕐 Shuningdek, mulk egalari, buyurtmachilar, loyihachilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, pudratchilar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida konstruktiv loyihalash jarayoni haqida umumiy tushuncha taʼminlanadi.
Yevrokodlarni joriy qilishda, shuningdek, ishtirokchi davlatlar oʻrtasida qurilish sohasida xizmatlar almashinuviga hamda qurilish materiallari va elementlari marketingini tashkil qilish va ulardan foydalanishga koʻmaklashish imkoni vujudga keladi. Qurilish sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar uchun yagona asos yaratiladi. Loyihalash va dasturiy taʼminot boʻyicha umumiy qoʻllanmalar tayyorlanib, mahalliy qurilish pudrat tashkilotlari, qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, loyihachilarning jahon bozoriga chiqarish va raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi.

Yevrokodlarni Respublikamizda implementatsiya qilishda bir qator ishlarni bajarish rejalashtirilgan! Jumladan, Yevrokodlardagi har bir talabni milliy shaharsozlik normalari bilan solishtirgan holda eng maqbul talabni qabul qilish va uygʻunlashtirish, belgilangan tartibda milliy ilovalarni ishlab chiqish, Yevrokodlarni amalda qabul qilgan, oʻzining milliy ilovalarini ishlab chiqib, amalda tadbiq qilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, parallel ravishda kadrlarni oʻqitish va salohiyatini oshirish kabi istiqbolli rejalar ishlab chiqildi. Qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarish sanoatini Yevrokodlarga moslashtirish va zamonaviy sinov laboratoriyalari bilan jihozlash hamda sifat menedjmentini yoʻlga qoʻyish ham koʻzda tutilmoqda.

Yevrokodlarda keltirilgan standartlar ham birlamchi masala! Shu bois Yevrokodlar sinov laboratoriyalari, standartlashtirish tizimlari va uslublari, qurilish materiallari sanoati, sifat menejmenti, kadrlar salohiyati va boshqa zarur infratuzilma bilan integrallashgan holda rivojlantirib boriladi. Shunga koʻra qabul qilinishi rejalashtirilayotgan har bir Yevrokodni qabul qilishda uning toʻliq amaliyotga joriy etilishini taʼminlovchi 100 dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlari qabul qilinadi. Bundan tashqari Yevrokodlarni hamda unda keltirilgan standartlarni Respublikamizda qabul qilish orqali qurilish materiallari va buyumlari uchun Yevropa sertifikatlarini olish xarajatlari qisqaradi, Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning Yevropa bozorlariga erkin kirib borishiga imkon yaratiladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM