QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.4K photos
3.44K videos
277 files
8.4K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#BUNYODKORLIK_SARI

⚡️Inson qadri yo‘lidagi islohotlar raqamlarda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#BUNYODKORLIK_SARI

🏗Fargʻona shahrining Nurafshon koʻchasidagi Yangi Oʻzbekiston massivida oʻziga xos Eko shaharni qurish ishlari boshlab yuborilgan. Qariyb 300 gektarlik maydonning 70 gektarida Yangi Oʻzbekiston bogʻi ham tashkil etiladi. Uylar 7-9-12-16 -18 va 25 qavatdan iborat boʻlib, qurilish texnologiyasida Koreya tajribasidan foydalanilmoqda. Bu jarayonda turkiyalik mutaxassislar bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

🟢 Shaharchada barchasi hisobga olingan. Hari biri 420 oʻrinli 10 ta bogʻcha, 1650 nafardan jami 10 ming nafar oʻquvchini sigʻdira oladigan 6 ta maktab, 250 qatnovga moʻljallangan poliklinika, markaziy shifoxona, biznes, IT va kovorking markazlari, 4000 oʻrinli amfiteatr, sport kompleksi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, mehmonxonalar, xullas, barchasi Eko shaharni yaxlit mequgapolis koʻrinishiga olib keladi. Eko shaharning 50 gektar maydonida kichik sanoat zonasi ham ish boshlaydi. Bu yerda shu hududda istiqomat qiladigan 20 ming nafar aholi uchun ish oʻrinlarini tashkil qilish maqsad qilingan.

❗️Qurilish ishlarida energotejamkor texnologiyalardan foydalanilyapti. Bunda markazlashgan isitish tizimi, suv, kanalizatsiya, aloqa tarmoqlari joylashuvida ham eng ma'qul va xalqaro amaliyotda oʻzini oqlagan tajribadan foydalanilyapti. Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda kompleks tarzda boshlangan. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish doirasida Fargʻona shahri, Yozyovon va Fargʻona tumanlarida 3 ta massiv tanlab olingan. Ularda koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obyektlarini qurish boʻyicha bosh rejalar ishlab chiqildi.

Uylarni qurish uchun ajratilgan yer maydonlari 143 ta lotga boʻlinib, barcha yer uchastkalari auksion savdolari orqali sotilmoqda. Bugungi kunda 66 ta uyda qurilish ishlari davom etyapti. Uylarning qurilish ishlarini sifatli olib borilishi yuzasidan Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

⚡️Orzular ushaldi: 114 nafar fuqaro uy-joy bilan taʼminlandi

🔴YouTube:
https://youtu.be/geZKu9PcjlU

🔵Facebook:
https://fb.watch/dXuz59nW85/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#BUNYODKORLIK_SARI

💥Fargʻona viloyatidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi. Oʻziga xos eko shaharcha.

▶️Fargʻona shahrining Nurafshon koʻchasidagi ''Yangi Oʻzbekiston'' massivida qariyb 300 gektarlik maydonning 70 gektarida ''Yangi Oʻzbekiston'' bogʻi ham tashkil etiladi. Uylar 7-9-12-16 -18 va 25 qavatdan iborat boʻlib, qurilish texnologiyasida Koreya tajribasidan foydalanilmoqda. Bu jarayonda turkiyalik mutaxassislar bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

🏗 Shaharchada barchasi hisobga olingan. Hari biri 420 oʻrinli 10 ta bogʻcha, 1650 nafardan jami 10 ming nafar oʻquvchini sigʻdira oladigan 6 ta maktab, 250 qatnovga moʻljallangan poliklinika, markaziy shifoxona, biznes, IT va kovorking markazlari, 4000 oʻrinli amfiteatr, sport kompleksi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, mehmonxonalar, xullas, barcha barchasi Eko shaharni yaxlit megapolis koʻrinishiga olib keladi.

✔️Qurilish ishlarida energotejamkor texnologiyalardan foydalanilyapti. Bunda markazlashgan isitish tizimi, suv, kanalizatsiya, aloqa tarmoqlari joylashuvida ham eng maqbul va xalqaro amaliyotda oʻzini oqlagan tajribadan foydalanilayapti. Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda kompleks tarzda boshlangan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish doirasida Fargʻona shahri, Yozyovon va Fargʻona tumanlarida 3 ta massiv tanlab olingan. Ularda koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obyektlarini qurish boʻyicha bosh rejalar ishlab chiqildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUNYODKORLIK_SARI

⚡️Ko‘p qavatli bino va inshootlarda liftlar joylashuvida normalar qanday bo‘lishi kerak?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#Bunyodkorlik_sari

🏗 Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Adilov Bulung'ur tumanida bo'ldi.

⚡️Vazir o'rinbosari, tuman hokimi, viloyatdagi soha mas'ullari tumanning Olmazor mahallasida bunyod etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivida bo'lishib, qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirishdi.

📌Hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar kelishib
olindi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#Bunyodkorlik_sari

🏗 Qurilish sohasida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

📌Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda texnik meʼyorlash markazi va Qurilishda standartlashtirish respublika markazi negizida Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

🖇Bunda, Qurilish vazirligi ikki oy muddatda institut faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib, muassasaga malakali rahbar hamda mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etadi — Prezident qarori.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#Bunyodkorlik_sari

🏗“Yangi O‘zbekiston” massivlaridan uy olganlar ham uyli, ham ishli bo‘ladi

📌So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan davr mobaynida zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joy barpo etildi. Bu 2016-yildan oldingi davrga nisbatan qariyb 10 martaga ko‘p.
📎Biroq shunga qaramasda uy-joyga bo‘lgan talab hamon yuqoriligicha qolmoqda. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy barpo etilishi kerak bo‘ladi.
❗️Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, har yili mamlakatimizda 300 mingga yaqin nikohlar qayd etiladi. Aholi soni kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilmoqda. Shundan kelib chiqib, yurtimiz aholisining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
✔️ Xususan, Prezidentimizning 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ham ayni shu maqsadga yo‘naltirilgan.
🟢Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, mazkur hujjatga muvofiq, Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#Bunyodkorlik_sari

📌Ushbu haftada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  ishtirokida respublikamizdagi arxitektura qurilish oliygohlari transformatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#Bunyodkorlik_sari

🏛Bugun “ToshkentboshplanLITI” DUKda  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari D.Adilov ishtirok etdi.
📝Taqdimotda Toshkent shahrini 2045-yilgacha rivojlantirish strategiyasi, Prezidentimiz tomonidan qoʻyilgan vazifalar ijrosi haqida soʻz bordi.
❗️Maʼlumot uchun, “ToshkentboshplanLITI” korxonasida chet ellik va mahalliy loyihachilar ikki yil davomida ishlashdi. Aholining oʻsishi, transport va muhandislik tarmoqlari, iqlim oʻzgarishlari tahlil qilinib, shu asosida transport tugunlari va aholi punktlarini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
☑️Endilikda Toshkent shahri kadastri raqamlashtirilib, hududlarning toifasi ochiq-oshkora qayd etib qoʻyiladi. Aholi oʻz mahallasi yoki tadbirkorlar biznes ochmoqchi boʻlgan yerining qanday hududda joylashganini internet orqali bemalol koʻrishi mumkin boʻladi.
🔠Tirbandlik muammosini hal etish uchun jamoat transporti qulaylashtiriladi. Buning uchun aholi uyidan 15 daqiqa piyoda yuradigan masofada bekat boʻlishi talab etiladi. Shuningdek, “Park and ride” tamoyili asosida, shahar chekkalarida avtoturargohlar tashkil etilib, jamoat transporti bekatlari bilan bogʻlanadi.
✔️Yana bir muhim chora – binolarga ijtimoiy talablar belgilash. Masalan, shahar ichida koʻp qavatli inshoot qurilgudek boʻlsa, uning turiga qarab, maktab, bogʻcha, maishiy xizmat, avtoturargoh oʻrni, koʻkalamzorlashtirish maydoni kabi meʼyorlar qoʻyiladi.
❗️Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan Bosh rejasi loyihasi “Yangi Toshkent” konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan. Bu yangi shahar poytaxtimizning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻida barpo etiladi. 500 ming aholiga moʻljallangan boʻladi.
Shundan kelib chiqib, istiqbolli rivojlanish va qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yoʻllar sxemalari ishlab chiqilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan.
🌍Global isish kuzatilayotgan bugungi dunyoda yashillik juda muhim.
🌍Bugungi kunda Toshkent shahrida 7 ming gektar yashil maydonlar mavjud. Prezidentimiz ilgari surgan “Yashil makon” umummilliy loyihasidan kelib chiqib, Bosh reja loyihasida bunga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, katta halqa yoʻli atrofida “yashil kamar” yaratish, shahardan oʻtgan kanallar boʻyida tematik bogʻlar tashkil etish koʻzda tutilgan. Umuman, poytaxtimizda yashil hududlarni 25 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM