QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
18.6K photos
3.22K videos
264 files
7.84K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
#XALQARO_HAMKORLIK

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillaridan iborat ishchi guruh xizmat safari davomida Fransiya ekologik oʻtish agentligida (ADEME) ham bo'ldilar.

Unda bino va ishootlarda energiya samaradorlikka erishish hamda qurilish chiqindilarini qayta ishlash mavzularida taqdimotlar oʻtkazildi.

Jumladan, qayta tiklanuvchi enegiya manbalari, iqlim oʻzgarishi va “issiqxona gazlari”ni qisqartirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, yondoshuv, uslublar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, energiya auditi va uni tejash sertifikatlari tizimi (CEE) orqali 2030-2050-yillarda tegishli ravishda 40-60 % yakuniy energiya isteʼmolini tejashga erishilishi va OPERABAT maʼlumotlar bazasini boshqarish haqida ham fikr almashildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#XALQARO_HAMKORLIK Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillaridan iborat ishchi guruh xizmat safari davomida Fransiya ekologik oʻtish agentligida (ADEME) ham bo'ldilar.…
#XALQARO_HAMKORLIK

💠 Fransiyada xizmat safarida boʻlib turgan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ECHOBAT uyushmasida ham bo'lishdi.

Tashrif davomida yakka tartibdagi uy-joylar, umumtaʼlim maktabi va maʼmuriy binolarni rekonstruksiya qilishda qoʻllanilayotgan yangi ekologik va energosamarador loyihalar, qurilish materiallari hamda texnologiyalar bilan tanishildi.

Shuningdek, qogʻoz, mato, daraxt, kanop poyasi va tolasini qayta ishlash orqali devorbop, issiqlik izolyatsion materiallar hamda energiya samarador deraza va eshik romlarni ishlab chiqarish jarayoni, xususan, ulardan toʻgʻri foydalanish qoidalari ko‘rib chiqildi.
   
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Jahon banki huzuridagi Xalqaro moliya korporatsiyasining Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Pokiston va Afgʻoniston boʻyicha maslahat va iqtisod boʻyicha mintaqaviy menejeri Ilxem Salamon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

O'zaro muloqot davomida aholi yashash uy-joyi va tijorat binolarida isitish va sovutish uchun geotermal tarmoqlarni  joriy etish imkoniyatlari hamda elektr transport vositalarini zaryadlash stansiyalari qurilishini  tashkil etish tartibi va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi. 

 Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari mamlakatimizda geotermal energiya orqali binolarni isitish va sovutishning afzalliklari, joriy etish bosqichlari va strategiyani ishlab chiqishda eʼtiborga olinishi zarur boʻlgan jihatlari yuzasidan fikr bildirdilar. 

*️⃣Vazir oʻrinbosari D.Adilov vazirlik Markaziy apparati Issiqlik taʼminoti tizimini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi hamda vazirlik huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti vakillariga Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab, geotermal energiyadan foydalangan holda isitish va sovutish tizimlarini mamlakatimizda joriy etish boʻyicha muddatlari aniq belgilangan ish reja ishlab chiqishni, shuningdek, geotermal energetikani vazirlik huzuridagi oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturiga kiritish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
   
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

📌 Fransiyada xizmat safarida boʻlib turgan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi  Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD)ga tashrif buyurdilar.

AFD vakillari tomonidan Fransiyada energiya samarador loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari va sertifikatlash tizimi batafsil taqdimot qilindi. Bunda energiya samaradorlikka erishishning 4 ta asosiy ustunlari, jumladan, energiya tejamkorlik, ekologik jihatdan afzal materiallardan foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha Fransiya tajribasi koʻrsatib berildi.

Shuningdek, ushbu  maqsadlarga erishishda manfaatdor vazirliklarning hamkorlikdagi faoliyat strategiyasi taqdimot qilindi.

Xususan, Ruan hududida binolarda yuqori energiya samaradorlikka erishishning maqsadli koʻrsatkichlari boʻyicha axborot berildi va ushbu hududda qurilgan “passiv” binolarda qoʻllanilgan energiya samarador loyiha yechimlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🔎 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi yirik putratchi tashkiloti China CAMC Engeenering Co.,Ltd. kompaniyasi prezidenti janob Li Xaysin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniya tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasini barpo etishning bugungi bosqichi ko'rib chiqildi.

Kompaniya prezidenti janob Li Xaysin Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi loyihasi katta ahamiyatga ega loyiha ekanligini taʼkidlab, uni oʻz vaqtida hamda sifatli topshirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganligini ma'lum qildi. Vazir oʻrinbosari ushbu majmuada ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini hisobga olib, alohida situatsion markaz qurish taklifini ilgari surdi. Kompaniya mas'ullari mazkur masalani ekspertlar darajasida koʻrib chiqishni ta'kidladilar.

🏠 Uchrashuvda Yangi Toshkent loyihasi doirasida “Ijodkorlar hududi” ning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu kompaniyaning ilgʻor tajribasi ham koʻrib chiqildi.

Konstruktiv va qiziqarli ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo'yicha bor imkoniyatdan unumli foydalanishga kelishib oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti vakillari hamda Xitoyning qurilish sohasidagi yetakchi oliy ta'lim muassasasi sanalgan Tongji universiteti vitse-prezidenti Peng Zhenwei boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.

Unda sohaga doir quyidagi masalalar muhokama qilindi: 

* hamkorlikda shaharsozlik norma va qoidalari hamda  standartlarni modernizatsiya qilish;

* institut xodimlariga qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilish;

* ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiya va ko’rgazmalar tashkillashtirish;

* laboratoriya faoiliyatini Xitoy tajribasi asosida takomillashtirish hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi, shuningdek, bir qancha yo'nalishlar bo'yicha  kelishuvlarga erishildi.

📌 Shu o'rinda Tongji universiteti haqida ma’lumot:

Universitet 1907-yilda Xitoyning Shanxay provinsiyasida tashkil topgan. U mamlakat reytingida qurilish sohasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Xalqaro QS reytingida 216-o’rinda,  Xalqaro THE reytingida esa 175-o‘ringa ega. 2792 nafar professor o'qituvchi va tadqiqotchilar, Xitoy Fanlar akademiyasi hamda Xitoy muhandislik akademiyasining 38 nafar a'zosi unda faoliyat olib boradi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🟢 Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ) o‘rtasida imzolangan vazifalar doirasida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari uchrashuv o‘tkazdilar.

Unda:
- binolarning energiya samaradorligini oshirishga doir 9 ta ShNQni modernizatsiya qilish;
- Nukusdagi "Pilot" loyiha asosida turar-joy binolari bo’yicha qo’llanma ishlab chiqish;
- hamkorlikda energiya samarador binolarni rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish;
- qo'shma loyiha doirasida Energiya audit strategiyasini ishlab chiqishda Germaniya tajribasidan foydalanish;
- 2024-yilning avgust oyi so’ngida yakuniy loyihani amalga oshirish uchun Nukusga tashrifni tashkillashtirish;
- tashrif davomida uy-joy egalariga loyiha bo’yicha taqdimot qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, GIZ va institut hamkorligida qurilish va kommunal sohada ustuvor vazifalar bo’yicha istiqboldagi loyihalar rejasi kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Hidoyatov va Xitoyning O‘zbekistondagi tadbirkorlari uyushmasi raisi Liu Yu rahbarligidagi Tianjin provinsiyasining yetakchi qurilish va loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlari asosida turli sohalarda rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Jumladan, qurilish sohasida ham hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilib, Xitoy kompaniyalari tomonidan “Yangi Toshkent”, “Olimpiya shaharchasi” va Jizzaxda quvvati 1000 megavattgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarining qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Tadbirda ana shunday istiqbolli loyihalar haqida so'z bordi.

Shuningdek, sohadagi ustuvor yo'nalishlarda manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#XALQARO_HAMKORLIK 🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Hidoyatov va Xitoyning O‘zbekistondagi tadbirkorlari uyushmasi raisi Liu Yu rahbarligidagi Tianjin provinsiyasining yetakchi qurilish va loyiha tashkilotlari vakillari…
#XALQARO_HAMKORLIK

➡️ Uchrashuvda shuningdek, vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati hamda xitoylik soha vakillari ishtirokida quyidagi yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi:

- zilzilabardosh bino va inshootlar va ko‘prik tunnellar bo‘yicha shaharsozlik normalari muhokamasini tashkil etish va ularni takomillashtirish;
- qurilishda narxlarni shakllantirish sohasida hamkorlik qilish;
- Xitoy kompaniyalari so‘rovlaridan kelib chiqib, energiyatejamkor va ekologik toza mahsulotlar uchun mamlakatning milliy standartlarini respublika hududida amalga kiritish;
-sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish.

Xususan, sun’iy intellekt va aqlli shaharlar bo‘yicha kelgusida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM