QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
18.6K photos
3.22K videos
264 files
7.84K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Video
#MUNOSABAT

Podrobno.uzinternet nashri orqali Samarqand shahrida nogironligi bor shaxslarning erkin harakatlanishini cheklovchi muammolarga bagʻishlangan murojaat eʼlon qilindi.

🏘Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati maqolada haqiqatdan oʻta dolzarb mavzu koʻtarilganligini alohida taʼkidlagan holda quyidagilarni maʼlum qiladi:

Ijtimoiy-maishiy va madaniy maqsadlarga moʻljallangan qurilish obyektlarida nogironligi bor shaxslarga qulay sharoit yaratish maqsadida bir qator hujjatlar qabul qilingan.

Jumladan, harakatlanish yoʻllarida? zinalar bilan bir qatorda panduslar ham qoʻllanilishi kerakligi “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” toʻgʻrisidagi shaharsozlik norma va qoidalarida belgilab berilgan.

Binolarni ichki va tashqi qismida, koʻchalarda, yer osti va yer usti oʻtish joylarida lift va pandus boʻlmagan holatlarda oʻrindiqli aravachadagi imkoniyati cheklangan shaxslarning zinalardan foydalanishi  uchun maxsus koʻtaruvchi moslamalar oʻrnatilishi, piyodalar yoʻlagining gorizontal qiyaliklari oraligʻida panduslar oʻrnatilishi koʻzda tutilishi kerak. Pandus va ularning toʻsiqlari yongʻinga chidamli materiallardan qurilgan boʻlishi lozim. Oʻrindiqli aravachadagi imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishi uchun pandus kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi, pandus har bir koʻtarilish marshining balandligi esa 80 smdan oshmasligi lozim. Bunda pandus boʻylama qiyaligi 1-12 nisbatda, koʻndalang qiyaligi esa – 1:50 nisbatda boʻlishi talab etiladi.

Shuningdek, pandus chetlari 15-20 sm balandlikdagi boltlarga hamda 70-90 sm balandlikdagi panduslarning uzunligiga nisbatan 3 sm uzunroq boʻlgan tutqichlarga ega boʻlishi kerak.


☯️ Tutqichning aylana diametri 4-5 sm oraligʻida tashkil etilishi lozim. Har bir pandusning boshi va oxirida aravachaning qiyinchiliksiz burilishiga imkon beradigan papandus kengligidan keng boʻlmagan va uzunligi kamida 1,5 metr boʻlgan gorizontal maydonchalardan iborat boʻlishi kerak.

Pandus yoʻnalishi oʻzgarsa yoʻnalish oʻzgarish boʻylab maydonchaning eni 1.5 metrdan kam boʻlmasligi umumiy gorizontal maydonchaning boʻyi esa 2 marsh kenglikka teng boʻlishi kerak.  
       
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilayotganda “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” toʻgʻrisidagi shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiq holda  loyihalashtirish talab etiladi. Ushbu hujjatlar “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” Respublika DM hamda Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan PANDUSlar joylashuvi shaharsozlik normalariga muvofiqligini koʻrib chiqadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, obyektlarni foydalanishga qabul qilish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman (shahar) boʻlimi va tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — xulosa beruvchilar) II, III, IV toifalardagi obyektlardan foydalanish boʻyicha xulosa beradilar. Shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari ijtimoiy-maishiy va madaniy maqsadlarga moʻljallangan qurilish hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish  va obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda ishtirok etadilar.

Hozirgi kunda hududiy inspeksiyalar tomonidan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda yuqoridagi talablar inobatga olinib, tegishli tashkilotlar xulosa bergandan keyingina foydalanishga ruxsat berilayotganini maʼlum qilamiz. Yuqoridagi videorolikda bu boradagi tartib-qoidalar bilan batafsil tanishish mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

✈️ Telegram messenjeri orqali kuni kecha tarqalgan xabarlar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni va Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga asosan “ROAF ART HOUSE”  MCHJga Shayxontohur tumani Gulobod koʻchasi 234-uy hududida koʻp qavatli turar-joy kompleksini qurish uchun maydoni 0.45 gektar boʻlgan yer uchastkasini zaxiralash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan.

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019-yil 16-sentabrda tegishli tartibda Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. 2020-yil 2-iyulda “ORDER MAX PROJECT” MCHJ tomonidan eskiz loyiha ishlab chiqilib, Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi bilan tasdiqlangan hamda kelishib berilgan. Shundan soʻng hozirgi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yigʻma ekspert xulosasi tasdiqlangan.
   
Quruvchi tashkilot 2020-yil 17-sentabrda Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy inspeksiyani xabardor etgan va oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan.
     
Taʼkidlash lozimki, “ROAF ART HOUSE”  MCHJ tomonidan barpo etilgan koʻp qavatli turar joy binosini foydalanishga topshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan doimiy foydalanishga qabul qilingandan soʻng, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamentiga asosan amalga oshiriladi.

*️⃣Shuningdek, quruvchi tashkilotning shartnoma shartlarini oʻz muddatida bajarmaganligi, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilish maqsadga muvofiqligini maʼlum qilamiz.

| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📌 Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal'a tumani “Boʻston” MFY hududidagi “Boʻston kommun stroy” boshqaruv tashkilotiga qarashli boʻlgan 19 va 21-son uylarda 2017-2018-yillarda imtiyozli bank kreditlari asosida tom qismi, kirish yoʻlaklari, fasad qismlarida joriy ta'mirlash ishlari olib borilgan. Shuningdek, kirish yoʻlaklariga zamonaviy temir eshiklar oʻrnatilib, framuglar yangilangan.

2020-2021-yil davlat dasturlari asosida mazkur uylarda tom qismlarini mukammal ta'mirlash, uylar oldini beton qoplamalar bilan qoplash, bolalar maydonchasini yangidan qurish, uylarga alohida umumiy hojatxonalar barpo etish kabi ishlar amalga oshirilib, aholi vakillariga qator qulay sharoitlar yaratilgan.

2022-2023-yil kuz-qish davrini betalofat oʻtkazish maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, kirish yoʻlaklaridagi temir eshiklarga avtomatik yopish qurilmasi oʻrnatish, framuga oynalarini ta'mirlash hamda kirish yoʻlaklaridagi eskirgan eshiklarni hozirgi kun talabiga mos ravishda kodli temir eshiklarga almashtirish shular jumlasidandir.

Yuqorida qayd etilgan ishlardan kelib chiqib ta'kidlash lozimki, boshqaruv tashkiloti kredit mablagʻlarini har bir uyga alohida smeta hujjatlarini shakllantirgan holda yoʻnaltirgan. Ammo mazkur hududda aholining debitor qarzdorligi mavjud, bu esa xizmat sifatiga ta'sir qilmay qolmaydi.

Xususan, 19 va 21-son uylardagi debitor qarzdorlik bugungi kunda 40 mln soʻmdan ortiqni tashkil etmoqda.

"Qars ikki qoʻldan chiqadi", deganlaridek koʻp kvartirali uy taqdiriga befarq boʻlmagan mulkdor oʻz huquqlari bilan bir qatorda majburiyatini ham unutmasligi lozim.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🔎 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo'yicha Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qaroriga muvofiq inspektorlik tekshiruvlari — shaharsozlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan davlat qurilish nazoratini qurilish davrida amalga oshirilishi belgilangan. Moliyaviy holatlar bo'yicha kelib chiqadigan masalalarni o'rganish inspeksiya vakolati doirasiga kirmasligini ma’lum qilamiz.

Ma'lumot uchun, Yunusobod tumani 8-mavze 2, 41 va 44-uylar oralig’ida joylashgan “Alfa Develop Invest” MChJga tegishli bo‘lgan qurilish obyekti bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2020-yil 2-iyundagi xulosasi va “Ekspertiza-P S D-Consulting” MChJ tomonidan 2021-yil 9-apreldagi yig‘ma ekspertiza xulosasi olingan.

Shuningdek, 2021-yil 14-aprelda o‘rnatilgan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirgi kunda qurilish obyektida obodonlashtirish va pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🔗 Ijtimoiy tarmoqlarda A.T.Xoʻqandiy mavzesi 108-sonli koʻp qavatli uylar yonida qurilgan koʻp qavatli turar-joy binosi atrofidagi holat Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining 2020-yil 12-apreldagi qarori bilan (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 2-3-4-qavatlarida turar-joy) bino qurilishi uchun yer maydoni ajratib berilgan.

Mazkur qarorga asosan tegishli hujjatlar tayyorlangan va  tasdiqlangan bosh rejada mavjud turar-joy binosi hamda unga tegishli boʻlgan koʻkalamzorlashtirish va kirish yoʻlagi mavjud.

Buyurtmachi-pudratchi “AS-BUILDING” MCHJ tomonidan shaharsozlik hujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlarini boshlash uchun inspeksiyaga 2021-yil 5-mart kuni xabarnoma yuborib, ro'yxatdan o'tgan.

Inspeksiya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan obyektda belgilangan tartibda nazorat ishlari amalga oshirilib, mas'ul tashkilotga tegishli koʻrsatmalar berildi va hozirda binoning kirish yoʻlaklarini shakllantirish hamda asfalt bilan qoplash, hududni obodonlashtirish choralari koʻrilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali Shahrisabz shahri “Kesh” MFY “Ipak yoʻli” koʻchasida buyurtmachi-pudratchi “Asqar qurilish invest” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan 5 qavatli 56 xonadonli turar joy binosida oʻrnatilgan metall toʻsiqlar buzilganligi va yon atrofida qurilish chiqindilari mavjudligi boʻyicha qilingan videomurojaat oʻrganib chiqildi.

Obyekt 2021-yil 4-sentabrda Qashqadaryo viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan.

Loyiha-smeta hujjatlari “Shahrisabz loyiha” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bugungi kunda turar-joy binosida soʻnggi pardozlash, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🫥 Shuningdek, videomurojaatda koʻrsatilgan mazkur obyekt atrofidagi qurilish chiqindilari “Asqar qurilish invest” xususiy korxonasi tomonidan tozalanib, hudud metall toʻsiqlar o'rniga bannerlar bilan oʻralib, kamchiliklar bartaraf qilinganligini maʼlum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

💬 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ''Modern Sergeli'' qurilish obyektidagi yong‘in bo‘yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:

Yong‘in obyektning eng oxirgi qavatida beton ishlari uchun qolip quyish joyida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, binoning konstruksiyasi va kolonnalariga zarar yetmagan.

Ma'lumot uchun, buyurtmachi tashkilot "Deko-Kron" MChJ tomonidan qurilayotgan obyekt Sergeli tumani  ''Bunyodobod'' MFY, Yangi Sergeli ko'chasida joylashgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

⚠️ Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Juma shahrida kotlovon - xandaq qazilayotganda qoʻshni uyga zarar yetkazilgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha dastlabki ma’lumot sifatida quyidagilar bildiriladi:

Mazkur obyekt viloyatning Pastdarg'om tumani "Samarqand" MFY Samarqand ko'chasida joylashgan noturar joy bo'lib, haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto'g'ri yo'l tutilgani bois qo'shni uyga zarar yetgan.

Mazkur holatga doir qoʻshimcha ma’lumotlarni o'rganishlardan so'ng ma'lum qilamiz.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MUNOSABAT ⚠️ Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Juma shahrida kotlovon - xandaq qazilayotganda qoʻshni uyga zarar yetkazilgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha dastlabki ma’lumot sifatida quyidagilar bildiriladi: Mazkur obyekt viloyatning Pastdarg'om…
#MUNOSABAT

🟢Fuqaro  B.Isroilovga tegishli boʻlgan Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, Juma shahri, "Samarqand" mahallasi, Samarqand  koʻchasidagi 26-uyni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududidan qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga Pastdargʻom tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimining 2024-yil 20-yanvardagi ruxsatnomasi berilgan.

Mazkur hujjatga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevralda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan.

“MEZANA PROYEKT” MCHJ tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjati Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2024-yil 4-martdagi xulosasi bilan kelishib berilgan.

“MEZANA PROYEKT” MCHJ ishlab chiqqan loyiha hujjati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan koʻrib chiqilib, 2024-yil 26-martda ekspertiza xulosasi olingan.

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Oʻrganish jarayonida fuqaro B.Isroilov  tomonidan oʻzboshimchalik bilan “MEZANA PROYEKT” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qoʻshni xonadon poydevori ostidagi tuproqning choʻkishi natijasida turar-joyning bir qismi qulab tushganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan soha vakillaridan iborat ekspertlarning oʻrganish natijalariga oid xulosasiga asosan yana qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM