QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.7K subscribers
19.3K photos
3.32K videos
270 files
8.08K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

📍 Toshkent shahridagi uy-joy fondini rivojlantirish, uylar atrofining obodonligini ta’minlash, aholi roziligiga erishish, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish hamda boshqaruv servis kompaniyalarining ish faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Habibulla Mirsoatov, Toshkent shahar IIV boshlig‘i o‘rinbosari Ravshan Sultonxo‘jayev, Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Rahimjonov, favqulodda vaziyatlar uchun javobgar mas’ullar, hududlar inspektorlari ishtirokida ishchi guruh yig‘ilishi tashkil etilib, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi. Xususan, davlat rahbari topshirig‘iga asosan sohani takomillashtirish va xalq roziligiga erishish yo‘lidagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda har bir ko‘p qavatli uyning tomidan tortib yerto‘lasigacha bo‘lgan qismlarini o‘rganish, aholi muammolari bilan ishlash, boshqaruv tashkilotlari faoliyatini yanada jonlantirish lozimligi ta’kidlandi.
🫥 Hech bir muammo e’tibordan chetda qolib ketishi mumkin emas, - deya ta’kidlandi yig‘ilishda.
Muhokamalar so‘ngida har bir hudud uchun alohida mas’ullar biriktirilib, ularga yo'nalishi bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🗺Mutasaddilar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Sifat kommunal” boshqaruv servis kompaniyasining tez kunlarda ochilishi kutilayotgan yangi binosini borib ko'rdi.
Binoda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni ham oʻrgandilar. Xususan, aholining murojaatlarini qabul qilish, ularga qoʻshimcha servis xizmatlarni koʻrsatish maydonlari koʻzdan kechirildi. Bunda qulaylikka e'tibor berish lozimligi alohida ta'kidlandi. BSK binosidan goʻzallik saloni, kiyimlarni kimyoviy tozalash va tikuvchilik markazlari kabi qator maishiy xizmat ko'rsatish shaxobchalari joy olayotgani e'tirof etildi.
🟥 Kommunal xizmat ko'rsatish sohasiga tadbirkorlik subyektlarining kirib kelayotgani juda quvonarli, bu faqatgina xizmat sifatini oshiradi. Bugun imkoniyatlar bor, undan unumli foydalanish lozim,- dedi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva.
Mutasaddilar boshqaruv tashkiloti tomonidan barpo etilayotgan moʻjazgina bogʻ, sport maydonchasi va work outlar bilan ham tanishdilar. 20 ta oʻrindiqli mazkur bogʻ aholining dam olish va sogʻlom hayot kechirishini ta’minlashi shubhasiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jalol Arashov ishtirokida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Brifing "O‘zbekiston 24" hamda "UZREPORT" telekanallari orqali efirga uzatilmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://fb.watch/kq-aKZ-omH/?mibextid=Nif5oz

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! ✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jalol Arashov ishtirokida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali…
#BRIFING

➡️Shu yilning 3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi Qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan endilikda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023-yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ovoz berish jarayoni – har yili noyabr-dekabr oylarida, 2023-yil uchun istisno tariqasida may oyida oʻtkaziladi.
Har yili 1-noyabrga qadar davlat budjetining tasdiqlangan koʻrsatkichlari asosida hududlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan kapital qoʻyilmalar tuman va shaharlardagi aholi va mahallalar soniga nisbatan teng ulushlarda, lekin 8 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan holda ajratiladi.

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayonlari uchta bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqichda — portalda loyihalar toʻplami shakllantiriladi;
2-bosqichda — shakllantirilgan loyihalar toʻplami saralab olinadi;
3-bosqichda — saralash bosqichidan oʻtgan loyihalar toʻplamlariga ovoz beriladi.

Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari bilan birgalikda tegishli mahalla (qishloq) fuqarolari bilan bamaslahat hamda hududdan saylangan deputatlar oldida himoya qilingan loyihalar toʻplamini portalga kiritadi. Tanlab olingan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar miqdori loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha aniqlashtiriladi.

⚠️Endi ushbu qarorning qurilish bilan bogʻliq jihatlari haqida.

Gap shundaki, gʻolib mahallalar (qishloqlar) aniqlangandan soʻng bir oy muddatda loyiha tashkilotlari tomonidan gʻolib hududlarning bosh reja sxemalari, batafsil rejalashtirish hamda mahalla va qishloqlar markazining zamonaviy qiyofasi aks etgan loyihalari ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanandi.
Dasturlarga kiritilgan obyektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun zarur yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish, arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan kunlik monitoring ishlarini tashkil etish taʼminlanadi.
Shuningdek, obyektlar boʻyicha loyihalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqishda eng maqbul meʼmoriy va texnik yechimlar qoʻllaniladi.
Namunaviy loyihalardan foydalanish boʻyicha tegishli soha vazirliklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga belgilangan koʻrsatmalar yuboriladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://fb.watch/kq-aKZ-omH/?mibextid=Nif5oz

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING ➡️Shu yilning 3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash…
#BRIFING

↪️ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi dasturlar doirasidagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan puxta va sifatli oʻtkazilishini taʼminlaydi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish doirasida bosh loyihachi va bosh pudrat tashkilotlar belgilangan tartibda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali hamda obyektlarni saqlash bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari uchun jalb qilinadigan tashkilotlar belgilangan tartibda tender orqali aniqlanadi.

🟣Shu oʻrinda yana bir bor taʼkidlab oʻtamiz, mazkur Qaror bilan jamoatchilik nazoratini yuritish tartibi tasdiqlandi. Ushbu jarayonlarning barcha bosqichlarida bajarilgan ishlarni, real vaqt rejimida baholab borish imkoniyati paydo boʻlmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi esa ushbu yoʻnalishdagi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatib, dasturlar ijrosini monitoring qilib boradi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://fb.watch/kq-aKZ-omH/?mibextid=Nif5oz

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги брифинги
#10may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#JARAYON

🔔 Xabar berib borayotganimizdek, joylarda aholiga yaxshi xizmat ko‘rsata olmayotgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rnida yurtdoshlarimizning istaklariga ko‘ra yangi boshqaruv servis kompaniyalari ish boshlamoqda. Mana shunday kompaniyalardan biri "Davr servis" nomi bilan Shayxontohur tumanida faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ushbu kompaniyada tashkil qilingan ish jarayonlari va yangi qad rostlayotgan BSK binosi bilan yaqindan tanishdi. Hozirda kompaniya 38 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi. Vazir o‘rinbosari kelajakda shu vaqtgacha ko‘rsatib kelinayotgan 8 ta qo‘shimcha xizmat turlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bugungi kunda kompaniya hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofi tozalanib, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga yerto‘lalar shartnoma asosida ajratib berilmoqda. Asosiysi qo‘shimcha xizmat turlaridan tushayotgan mablag‘lar ham uy-joy fondini yaxshilashga yo‘naltirilyapti. Aholi bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, 24/7 dispetcherlik xizmatlari uzluksiz ishlab turibdi. Qolaversa, qulaylik yaratish maqsadida har bir kirish yo‘lagiga kompaniya haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan. Ozoda Jo‘rayeva yangi ofis binosidan samarali foydalanish bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarini berdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

☁️ Toshkent shahar Uchtepa tumani "23-Mavze" hududida buyurtmachi "Max group house" MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish majmuasi qurilishi Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.

Obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g'risida 2021-yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining tegishli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelishilgan. 2021-yilda esa ushbu obyektda loyihadan chetga chiqqan holda qo'shimcha qavatlar qurilishi aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan tadbirkorga bir necha mata yozma ko'rsatma hamda ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirgan tadbirkor Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 99-moddasi tegishli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda ushbu obyekt yuzasidan Sud organlariga da'vo arizalari kiritilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Toshkent shahridagi hokim oʻrinbosarlari zimmasiga  yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Unda Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov ham ishtirok etdi. Maʼlumki, oʻtgan qish mavsumi juda sovuq keldi. Shu bois joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlarida koʻzga tashlanayotgan kamchiliklar qattiq tanqid qilindi. Shuningdek, sohaga javobgar hokim oʻrinbosarlari tomonidan BSKlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bilan ishlashda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish, majburiy badal yigʻimlarini yigʻishda koʻzga tashlanayotgan muammoli holatlar oʻrtaga tashlandi. Vazir oʻrinbosari, oʻz ishiga panja ortidan qarayotgan mutasaddilar faoliyatiga “baho” berilishini alohida qayd etdi. Koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, yertoʻlalarni tozalash, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM