Iqtisodiyot va moliya vazirligi
19.2K subscribers
6.87K photos
660 videos
81 files
4.44K links
Download Telegram
🔰 “Ochiq budjet” axborot portalida fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi bo‘yicha davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash yuzasidan ma'lumot

Bunda quyidagi baholash mezonlari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
✔️Ishchi komissiya tomonidan saralash bosqichi haqqoniy va sifatli o‘tkazilishini baholash;
✔️Fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi darajasi;
✔️Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini baholashda;
✔️Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligi va natijadorligini baholash;
✔️Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachilar bilan tizimli ishlar tashkil etilganligi darajasi.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Pensiya jamg‘armasining hisoboti va tizimidagi so‘nggi yangiliklar

#pensiya #ijtimoihimoya #insonqadriuchun
🔰Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (1-qism)

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 83-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda:

✔️2023-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi;
✔️2023-yil uchun konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozi hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
✔️birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2023-yilda ajratilayotgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari;
✔️Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari;
✔️Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar;
✔️Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining
✔️2023-yilgi tushumlari va xarajatlari prognozlari hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
✔️Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmlari belgilangan.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (2-qism)

🔰Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat.

2023-yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.

Xususan,

✔️ 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz oʻsishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning koʻzlangan oʻsish surʼatlari sanoatda ishlab chiqarishni 5,1 foizdan yuqori boʻlishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizga, qishloq xoʻjaligida 3,5 foizga oʻsishi hisobiga taʼminlanishi prognoz qilinmoqda.

✔️Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023-yilda 9,5 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

2023-yil uchun Davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda)
232,1 trln. soʻm, xarajatlari esa (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 227,9 trln. soʻm miqdorida (Qonun loyihasining
1-ilovasi);
Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 41,3 trln. soʻm miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln. soʻm miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda Davlat maqsadli jamgʻarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 29,9 trln. soʻm transfertlar ajratish belgilangan (Qonun loyihasining 3-ilovasi).

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (3-qism)

🔰 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 37,8 trln. soʻm, xarajatlari 53,5 trln. soʻmni tashkil etgan holda Davlat budjetidan 15 trln. soʻm miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda (Qonun loyihasining 3-ilovasi 3-pozitsiyasi).

Davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga muvofiq, 2021-yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2023-yilda ushbu xarajatlar 7,8 trln. soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda (Qonun loyihasining
1-ilovasi).

2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining (Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar bilan birga) yuqori chegarasi 32,5 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (4-qism)

🔰 Moliya yili yakuniy sanasi holatiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldigʻining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilab qoʻyilmoqda (Qonun loyihasining 10-moddasi).

2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd. AQSh dollari, shundan
✔️ Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun – 2,0 mlrd. AQSh dollari,
✔️ investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.

2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmini – 17 trln. soʻm miqdorida belgilash, bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda soʻndiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlarini cheklangan sof hajmga kiritmaslik taklif etilmoqda.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (5-qism)

🔰 Qonunning 12-moddasida oʻtgan yilgi kabi mahalliy budjetlarning daromad manbalari koʻrsatilgan. Jumladan:

✔️tuman va shaharlar budjetlariga quyidagi soliq turlari toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
✔️jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
✔️jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
✔️jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlanadigan soliq, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
✔️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;

Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga:

✔️tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlash;
✔️yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi tushumlarini tumanlar va shaharlar budjetlariga yoʻnaltirish;
✔️daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablagʻlarning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berish huquqi berilgan.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

2023-yilning dastlabki “Tashabbusli budjet” jarayonlari boshlanishini ma'lum qilamiz.

Ochiq budjet axborot portali orqali bugun 6-fevraldan boshlab 26-fevralga qadar taklif kiritish imkoniyatiga egasiz.

Eng ko‘p ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling. Tashabbus ko‘rsating!

http://openbudget.uz

#ochiqbudjet #mineconomfin #openbudget #insonqadriuchun
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Уважаемые граждане!

Сообщаем, что начинается процесс «Инициативного бюджета» на 2023 год.

C 6 по 26 февраля, у Вас есть возможность подать предложение через информационный портал «Открытый бюджет».

Наберите наибольшее количество голосов и выиграйте. Проявите инициативу!

http://openbudget.uz

#ochiqbudjet #mineconomfin #openbudget #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 8 638 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (9-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portali orqali ro'yxatdan o'tish va taklif kiritish jarayoni yuzasidan video qo'llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 10 786 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (10-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portali orqali ro'yxatdan o'tish va taklif kiritish jarayoni yuzasidan video qo'llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 15 928 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (13-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portali orqali ro'yxatdan o'tish va taklif kiritish jarayoni yuzasidan video qo'llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 19 396 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (14-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portali orqali ro'yxatdan o'tish va taklif kiritish jarayoni yuzasidan video qo'llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 23 229 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (15-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portali orqali ro'yxatdan o'tish va taklif kiritish jarayoni yuzasidan video qo'llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 27 184 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (16-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portalidan foydalanish va "Tashabbusli budjet" jarayonlari yuzasidan sizni qiziqtirgan savol va takliflarni quyidagi havola orqali jo'natishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 30 849 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (17-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portalidan foydalanish va "Tashabbusli budjet" jarayonlari yuzasidan sizni qiziqtirgan savol va takliflarni quyidagi havola orqali jo'natishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 35 355 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (20-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portali orqali ro'yxatdan o'tish va taklif kiritish jarayoni yuzasidan video qo'llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Tashabbusli budjet jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 37 888 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (21-fevral 10:00 holatiga)

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtgan holda kiriting va ko'plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida oʻz hissangizni qoʻshing.

"Ochiqbudjet" axborot portali orqali ro'yxatdan o'tish va taklif kiritish jarayoni yuzasidan video qo'llanma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

"Open budget" axborot portali orqali “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ro‘yxatdan o‘tish va taklif kiritish yuzasidan quyidagi videoqo‘llanmani e’tiboringizga havola etamiz.

Eslatib o‘tamiz “Tashabbusli budjet” jarayonlari 2023 yil 1-mavsum uchun taklif kiritish 26-fevral kuniga qadar davom etadi.

O‘zingiz istiqomat qilayotgan hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring.

Tashabbusingiz orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Eng
kop ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!
Tashabbus ko‘rsating!

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun