Ona tili va adabiyoti(Milliy sertifikat): RASMIY
343 subscribers
488 photos
23 videos
277 files
55 links
Abituriyentlar uchun:
🔥Milliy sertifikat testlari
🤓Ona tili va adabiyot fani bo'yicha kerakli maʼlumotlar bazasi;
😱Test yechish sirlari va usullari;
🤔Online testlar va test tahlili;
🧠Psixologik va motivatsion darslar

Hamkor kanalimiz: @alskomm_ATM
Download Telegram
Sertifikatlar_@uztdi.pdf
1.8 MB
#xushxabar

⚡️Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi

Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515)

Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI