Ona tili va adabiyoti(Milliy sertifikat): RASMIY
303 subscribers
522 photos
32 videos
283 files
90 links
Abituriyentlar uchun:
🔥Milliy sertifikat testlari
🤓Ona tili va adabiyot fani bo'yicha kerakli maʼlumotlar bazasi;
😱Test yechish sirlari va usullari;
🤔Online testlar va test tahlili;
🧠Psixologik va motivatsion darslar

Hamkor kanalimiz: @alskomm_ATM
Download Telegram
⚡️Koʻpchilik sertifikatga tayyorlanuvchi talabgorlar ushbu turdagi savollarda qiynalib qolmoqda. Bugun kun davomida a'lo kayfiyat tilab ushbu turdagi testlarni ishlab boramiz.
8. [2,5 ball]Har uchala parchada ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang.
I.Xazondek sochildi necha bor taqvim
Yurak ham to’kildi yaproqqa o’xshab.
II.Shamolda sovrilib, soylarda oqdim,
Sen hamon o’shasan, sen o’sha-o’sha.
III.Kun sayin oramiz olis va olis
Balki kutarsan ham xazonlar to’shab. 1) Sifatdosh
2) qo‘shma fe’l;
3) o’zlik nisbat
4) ravishdosh;
5) I shaxs birlikdagi fe’l;
6) sof fe’l
A) 1 va 4 B) 3 va 4 C) 2 va 6 D) 4 va6

Javoblarni comentariyada yozib qoldiring.
https://t.me/Davlatbek_onatili
🎲Milliy sertifikat.📋 Uyushiq boʻlak yuzasidan test 📝testlar soni:10 ta 30 soniya https://t.me/Davlatbek_onatili” testi
🖊 10 ta savol · 30 soniya
ILMIY VA BADIIY MATN.pdf
159.7 KB
❗️Shanba kuni 20:00 gacha yechib, tayyor turing. Baholi qudrat ilmiy va badiiy matnlar haqida gaplashamiz.

❗️Omonat, halol bo'ling, o'zlashtirmang.

❗️Testni xuddi shu holatda uzating. O'zgalar ham darslardan bahramand bo'lsin!

@Milliysertifikat_Test
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MARAFONNING 2-DARSI O'TILDI: NAVOIYDAN TAHLIL QILDIK

2️⃣-dars. Matn ustida ishlash ko'nikmalari: g'azal matni tahlili. 27-oktyabr, 20:00
Ustoz: Akbarali Boymirzayev

Yodda saqlaymiz:
Ertaga esse darsi bo'ladi.
Esse ustozi - Rushana Davlatova

@Milliysertifikat_Test
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MARAFONNING 2-DARSI O'TILDI: SAYFI SAROYIDAN TAHLIL QILDIK

2️⃣-dars. Matn ustida ishlash ko'nikmalari: g'azal matni tahlili. 27-oktyabr, 20:00
Ustoz: Akbarali Boymirzayev

Yodda saqlaymiz:
Ertaga esse darsi bo'ladi.
Esse ustozi - Rushana Davlatova

@Milliysertifikat_Test
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BU VIDEODA BERILGAN MA'LUMOTLAR OXIRGI IMTIHON XULOSALARI BILAN BOG'LIQ. YANGI IMTIHON UCHUN HALI YANGILIK YO'Q, BIZNINGCHA.
O'ZGARISHLAR BO'LISHI MUMKIN.


@Milliysertifikat_Test
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Qattiq “x”ni yumshoq “h”dan qanday farqlash kerak? — mutaxassis izohi
@Milliysertifikat_Test
⚡️Milliy sertifikat imtihonining 1-savoli imlodan bo'ladi.

📊Bunda unli va undosh bilan bog'liq xatolik; qator va qo'sh undoshli so'zlardagi xatolik; X va H undoshi bilan bog'liq xatolik; tutuq belgisi bilan bog'liq xatolik kabi predmetlardan savol shakllantiriladi.

📣Eslatma: Birinchi savolda chiziqcha, qo'shib yozish, ajratib yozishga oid predmetlardan test shakllantirilmaydi.

🔗Test TIPI: to'g'ri yozilgan so'zni so'rash; to'rtta javobda uchtadan so'z; har bir xato javobda bittadan xatolikni yuzaga keltirish.

🖥 Namuna:

Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang.
A) takalluf, nadomad, omonat
B) talofat, xushomad, daromad
C) mudofaa, nogahon, qat'iy
D) tabiyat, tanazzul, tadqiqot

⚠️ Testning predmetlari online darsimizda to'liq tushuntiriladi.

©️Davron Akbar

@Milliysertifikat_Test
⚡️Milliy sertifikat imtihonining 2-savoli imlodan bo'ladi.

📊Bunda qo'shib yozish, chiziqcha bilan yozish va ajratib yozish kabi predmetlardan savol shakllantiriladi.

🔗Test TIPI: To'g'ri yozilgan so'zlar qatorini so'rash; to'rtta javobda (ABCD) uchtadan so'z berish; har bir xato javobda bittadan xato yozilgan so'zni kiritish.


🖥Namuna:

Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang. (Qo'shib yozish bilan bog'liq TIP)

A) qizilrang, bahribayt, kiberhujum
B) kinoteatr, afvnoma, qopqora
C) devqomat, hammaslak, shifobaxsh
D) rangtasvir, pushtirang, avtoyo'l

⚠️Testning predmetlari online darsda tushuntiriladi.

©️Davron Akbar

@Milliysertifikat_Test
⚡️Milliy sertifikat imtihonining 3-savoli bir so'zning shakl va ma'no munosabatidan yoki ma'no ko'chish usullaridan bo'ladi.

📊Bir so'zning shakl va ma'no munosabatiga oid:
Bunda shakldoshlik, sinonimlik, antonimlik, paronimlik va ko'chma ma'no kabi predmetlardan savol shakllantiriladi.


⚠️Masalan:
1) Shakldoshi: es (fe'l)
2) Sinonimi: xotira
Es (ot) 3) Paronimi: ez (fe'l)
4) Ko'chma ma'nosi: aql

Javob: 1,2,3


📊Ma'no ko'chish usullariga oid:
Bunda metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi predmetlarda savol shakllantiriladi.


⚠️Masalan:

Alohida ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'nosi metonimiya usulida ko'chgan javobni aniqlang.
A) Uzoqdan yelkanlar ko'rina boshladi.
B) Chiroq tortilmagan joylar ziyo yetib bormagan joylardir.
C) Dunyoni o'tkir g'oyalar qutqarib qoladi.
D) Sahnadan olingan gullarni qaytarib berdi.

Barcha predmetlar online kursda tushuntiriladi.

📱
@Milliysertifikat_Test
⚡️Milliy sertifikat imtihonining 4-savoli sinonimlardan bo'ladi.

📊Bunda shakliy sinonimlar, nutqiy sinonimlar, dominanta sinonimlar, ko'chma ma'nodagi sinonimlar, bir so'zning turli ma'nosidagi sinonimlar va turli turkumdagi sionimlar kabi predmetlardan savol shakllantiriladi.

📈Test ikki xil TIPda beriladi:

✔️Birinchi TIPda: har bir javobda uchtadan to'rtburchak shakl ichidagi sinonimlarni aniqlash so'raladi. Bu TIPda dominanta sinonim, bir so'zning turli ma'nosidagi sinonimlardan savol shakllantiriladi.

✔️Ikkinchi TIPda: chap tomonga 4 ta raqamda so'z beriladi, uning ro'parasida 6 ta harfda so'zlar beriladi. Chap tomondagi 4 ta so'zni sinonimlari bilan muvofiqlashtirish so'raladi. Bu savolda nutqiy sinonim, ko'chma ma'nodagi sinonim, turli turkumdagi sinonimlar kabi predmetlardan test shakllantiriladi.

🖥Birinchi TIPga namuna:
O'zaro ma'nodoshlik hosil qila oladigan so'zlarni aniqlang.
(So'zlar to'rtburchaklar ichida deb tasavvur qilinsin)
A) tik, adil, qomat
B) biryo'la, birato'la, birdan
C) ingichka, yupqa, harir
D) ruxsat, rizo, xohish

🖥Ikkinchi TIPga namuna:
Quyidagi sinonim so'zlarni o'zaro muvofiqlashtiring.

a) ters
1) qisqa b) xushchaqchaq
2) so'z c) qaror
3) zid d) xato
4) ochiq e) tez
f) lafz

A) 1-e 2-f 3-a 4-b
B) 1-b 2-a 3-f 4-d
C) 1-e 2-c 3-d 4-b
D) 1-e 2-a 3-b 4-d

🔄Test predmetlari online darsda tushuntiriladi.

📱
@Milliysertifikat_Test
⚡️Milliy sertifikat imtihonining 5-savoli qo'shimchalar uslubiyatidan bo'ladi.

📊Bunda asosan ot va sifat yasovchini noto'g'ri qo'llash bilan uslubiy xatolik yuzaga chiqariladi.

🖥Namuna:

Qaysi javobda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?

A) Odamlarga aytgan purma'no so'zlarni esingdan chiqarib qo'yma.

B) Ehtiyotkorsizlik oqibatida qilingan qilmishlar yengil jazolarga sabab bo'ladi.

C) Serquyosh mamlakatning shirin suvlari ham insonga rohat beradi.

D) Bu dorining nojo'ya ta'siri tufayli bemorning sog'lig'i og'irlashdi.

🔄 Qolgan ma'lumotlar online darsda tushuntiriladi.

@Milliysertifikat_Test