Bandlik Vazirligi
48.5K subscribers
12.3K photos
2.81K videos
28 files
7.02K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
#inspeksiya_mehnat

Vafot etgan xodim uchun to‘lanmayotgan 340 mln so‘m to‘liq undirib berildi


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi B.Mirboboyev 2023-yil 12-mart kuni elektr uskunalarida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.

Korxona uning oila a’zolariga to‘lanishi lozim bo‘lgan 340 mln so‘m miqdoridagi zarar pullarini 1 yildan ortiq vaqt davomida to‘lamay kelgan. Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan ushbu summa marhumning oila a’zolariga korxonadan to‘liq undirib berildi.

@mehnatvazirligi
#inspeksiya_mehnat

“O‘zmetkombinat” ishchisiga 70 mln so‘mga yaqin nafaqa puli undirib berildi


Korxona elektr payvandchisi H.Umarov 2024-yil 12-fevral kuni mehnat vazifasini bajarayotganda balandlikdan yiqilib tan jarohati olgan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi ko‘magi bilan unga mehnat layoqati ma’lum muddatga yo‘qotilganligi yuzasidan to‘lanishi lozim bulgan 69,3 mln so‘m nafaqa puli sug‘urta kompaniyasidan undirib berildi.

@mehnatvazirligi