Bandlik Vazirligi
44.6K subscribers
11.9K photos
2.71K videos
26 files
6.82K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 203 01 30 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
Shu kunlarda Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori janob Jilber Ungbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Bugun mehmonlar Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, u yerdagi tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqaruvchi “Samarkand APPAREL” korxonasida bo‘ldi.

Korxona jahonga mashhur brendlardan bo‘lgan Engelbert Strauss hamda The North Face (TNF) kompaniyalari uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Janob Jilber Ungbo 600 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritayotgan mazkur korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, ishchilar bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Mehnat yarmarkasi "xo'jako'rsin" uchun emas

Ayni damda Qarshi shahrida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tayapti. Unda davlat korxonalari, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar hamda chet el kompaniyalari o‘zlarida mavjud minglab bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Viloyat mas’ullari ish beruvchi korxona vakillaridan ishchilarning ijtimoiy himoyasi va yaratilgan mehnat sharoitlari haqida ma'lumot olmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xalqaro Mehnat tashkiloti bosh direktori janob Jilber Ungbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi “Devori ko‘ndalang” mahallasida ham bo‘lib, “yettilik” ish faoliyati, vazifalari hamda ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar “mahalla yettiligi” faoliyatiga ijobiy fikr bildirib, bu tizim aholini qiynab kelayotgan masalalarni mahallaning o‘zida hal etishga ko‘mak berayotganini yuqori baholadi.

Tashrif davomida aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Devori ko‘ndalang” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Delegatsiya a’zolari mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar vakillari bilan samimiy muloqot qildi. Mehmonlarga o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Harakat bo‘lsa, "nol"dan boshlashga ham imkoniyat bor

148 ta ish o‘rni ochib, ehtiyojmandlarni o‘qitayotgan yangiyo‘llik tadbirkor faoliyatidan reportaj.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21 yillik stajga ega xodim nima uchun ishdan bo‘shatildi?

Mehnat huquqlari buzilganligidan shikoyat qilgan Dilfuza Hasanovaning murojaati qanday yakun topdi?

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha yuqori natija qayd etgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari – TOP-10.

Mazkur reyting quyidagi vazifalar ijrosidan kelib chiqib shakllantirilgan:

▪️bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
▪️ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlash;
▪️kasb-hunarga o‘qitilganlarning bandligini ta’minlash;
▪️xorijda vaqtincha ishlab qaytgan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish;
▪️xorijga vaqtincha ishlash uchun yuborish;
▪️bandlik dasturlarining ijrosi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube