Mehnat huquqi
28.7K subscribers
901 photos
218 videos
393 files
4.01K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#loyiha “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 21-moddasiga ko’ra, davlat taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlariga quyidagilar kafolatlanadi https://regulation.gov.uz/oz/d/25127:

5️⃣6️⃣ ish kunidan iborat yillik haq toʼlanadigan uzaytirilgan taʼtil;

bayram (ishlanmaydigan) kunlari munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida mukofotlar;

uzaytirilgan taʼtil berilganida, kalendar yilda bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sogʼligʼini tiklash uchun moddiy yordam.

Tasavvur qilyapsizmi, 9ta bayram (ishlanmaydigan) kunlari (11-noyabr ham qo’shilsa 10ta bo’ladi) munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida, ya'ni eng kamida 3 million 300 ming so’m mukofot kafolatlanmoqda. Ishonish qiyinaaa)) Aksariyat pedagog xodimlar shu vaqtgacha hattoki 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kunida ham mukofot olishmagan. Bundan tashqari, ta’til berilganda eng kamida 3 million 300 ming so’m moddiy yordam. Hozircha jaa xursand bo'lib ketmanglar, Qonun qabul qilinguncha ushbu kafolatlar yo’qolib qolishi ham mumkin)) Agar Qonun loyihasidagi mana shu va boshqa kafolatlar saqlanib qolsa bormi, Abdulla Oripovning o’sha mashhur she’ridagi orzular haqiqatga aylanadi:

Bir kun kelar,
domlalar qadri
Tog' bo'ladi,
osmon bo'ladi.
Bizga kulgan odamlar dardi
Dil tubida armon bo'ladi.

Bir kun kelar,
muallim sho'rlik
Sanab yurmay tiyinlarini,
Daftar, kitob tutar harbiylar,
Tashlab chipor kiyimlarini.

Bir kun kelar,
mashina olar
Domla oylik moyonasiga.
Muallima qirq savat solar
Quda tomon to'yonasiga.

Muallimlar ta'til puliga
Kiz chiqarib, o'g'il uylaydi.
Uylanmagan bo'ydoq domlalar
Qiz tanlashga cho'chib turmaydi.

Bir kun kelar,
G'am chekmas hech kim
Tushligi-yu yo'l kirasiga.
Dam olishga borar domlalar
Ovro'paning Fransiyasiga.

Bir kun kelar,
domlani hamma
Qadri baland zot deb biladi.
Go'daklar ham prokurorlikmas,
Domlalikni orzu qiladi.

"Qachon kelar o'sha kun?"-dersiz,
Sabr qiling,
sal shoshmay turing.
O'sha kunlar yetib kelguncha
Qadringizni ehtiyot qiling!
Qalbingizni ehtiyot qiling!

Abdulla Oripov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 24-moddasiga ko’ra, oliy maʼlumotga ega boʼlmagan ammo taʼlim tashkilotlarida kamida 5 yil ish stajiga ega pedagog xodim kirish test sinovlarisiz, toʼlov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari oliy taʼlim muassasasining pedagogika yoʼnalishi boʼyicha sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakliga suhbat asosida oʼqishga qabul qilinadi https://regulation.gov.uz/oz/d/25127

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha 🎼   Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi (https://regulation.gov.uz/oz/d/79388)
Unga ko'ra, Respublikada mavjud barcha ishlab chiqarish korxonalariga ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qoʻshiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi. Loyihada tavsiyaviy kuy va qo'shiqlar ro'yxati ham keltirilgan...

Qaror loyihasi muhokamasi 26-mayga qadar davom etadi. Balki, playlistga takliflaring bordir))

P.S. Exxx, yomon alam qiladida...Mehnat qonunchiligida, ayniqsa, ish vaqti bilan bog'liq shuncha muammolar borligida, shu kerakmidi. Undan ko'ra, normal ish vaqtiga rioya qilinishini nazorat qilish haqida bosh qotirish muhimroq emasmidi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi burug’i loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://regulation.gov.uz/oz/d/80310

Loyiha 19-may sanasida portalga joylangan. Muhokamasi 3-iyun sanasida tugallanadi. Hozircha birorta taklif berilmagan. Ko’rishlar soni 30 ta.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha Ma’muriy binolarning qorovullari va ushbu binolardagi xizmat xonalari farroshlar shtat birligi sonini belgilashning tarmoqlararo namunaviy normasini tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi burug’i loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://regulation.gov.uz/oz/d/80697
Uzluksiz kecha-kunduz (24 soat) tashkil etilgan bitta postda ishlashi uchun qorovullarning shtatlar soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

N=(7*24):40

Bunda:

N – kecha-kunduz 1 postga to‘g‘ri keladigan qorovullar soni;

7 – bir haftadagi kular soni;

24 – bir kundagi soatlar soni;

40 – normal ish vaqti.

Hisoblash uchun misol: tashkilotda kecha-kunduz ishlaydigan bitta xavfsizlik posti mavjud. Bir haftada 7 kun mavjud, bir kunda 24 soat mavjud, bir haftada (7*24=168) soat mavjud, bir haftadagi jami soatlar normal ish vaqti (40 soat)ga bo‘linadi (168:40=4,2),shunda N=4,2. Yaxlitlash bilan bitta post uchun 4,5 shtat birligini tashkil etadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha To‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning NAMUNAVIY RO‘YXATIni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi burug’i loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://regulation.gov.uz/oz/d/82149

⚠️ Diqqat! Xodim bilan to‘liq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) to‘liq moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha tavsiyalar, ushbu shartnomalarning namunaviy shakli tasdiqlanganligi haqida avval xabar bergan edik 👉 https://t.me/mehnathuquqi/5037

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
“Судлар_томонидан_меҳнат_шартномаси_контрактини_бекор_қилишни_тартибга.docx
90 KB
#loyiha ⚠️ Диққат! Диққат! Диққат!

Меҳнат қонунларининг тўғри ва бир хилда қўлланилишини таъминлаш ва меҳнат низоларини кўришда судларда вужудга келадиган масалаларни тушунтиришда 17.04.1998 йилдаги 12-сон Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг қарори (https://lex.uz/docs/1444779) муҳим ўрин тутади. Лекин Янги Меҳнат кодекси қабул қилингач, ушбу пленум қарори ҳам янгиланиши лозим эди.

📍 Эътиборингизга Янги Меҳнат кодекси қабул қилиниши муносабати билан меҳнат қонунларининг тўғри ва бир хилда қўлланилишини таъминлаш ва меҳнат низоларини кўришда судларда вужудга келадиган масалаларни тушунтириш мақсадида ишлаб чиқилаётган “Судлар томонидан меҳнат шартномаси (контракти)ни бекор қилишни тартибга солувчи қонунларнинг қўлланиши ҳақида”ги Олий суди Пленумининг қарори лойиҳаси тақдим қилинмоқда. Бефарқ бўлманг!

📤 Таклифларингизни plenum.oliy@sud.uz электрон почта манзилига ворд вариантда юборишингиз мумкин.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#plenumgataklif Dam olish nafaqasi nima???
Plenum qarori loyihasining (https://t.me/mehnathuquqi/5635) 23-bandida “dam olish nafaqasi” tushunchasi ketgan: Ish beruvchi MK 165-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xodimni ogohlantirish muddatini ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ogohlantirish oʼrniga xodimga pul kompensatsiyasi toʼlanganlik mehnat shartnomasini bekor qilishda xodimga beriladigan boshqa xil toʼlovlarni (foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya toʼlash, dam olish nafaqasi, MKning 100-moddasiga binoan ishga joylashish muddatida oʼrtacha ish haqi saqlash va b.) berishdan ish beruvchini ozod qilmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Aslida mehnat qonunchiligida bunday tushuncha yo’q. Sizlarga bu tushuncha qayerdan paydo bo’lib qolganligini aytaymi)) Aslida bu yerda Mehnat kodeksi 173-moddasidagi “ishdan bo’shatish nafaqasi” tushunchasi qo’llanilishi kerak edi. Ruschada esa bu tushuncha “Выходное пособие” deyiladi. Shu joyida “google tarjimon” salgina xato qilgan degan yaxshi gumondamiz)) Demak, shunda plenum qarori ruschada yozilib o’zbek tiliga tarjima qilinganmi yoki…

P.S. Lekin qolgan o’rinlarda “ishdan bo’shatish nafaqasi”tushunchasi ishlatilgan.

Plenum qarori 23-bandidagi “dam olish nafaqasi”ni “ishdan bo’shatish nafaqasi” tushunchasiga o’zgartirish lozim.

Tarjima bilan bog’liq bunday qo'pol xatoliklarga ko’nikib ham qoldik. Hattoki Amaldagi Mehnat kodeksida ham o’ta jiddiy qo’pol xatolar bor. Batafsil:

https://t.me/mehnathuquqi/5138
https://t.me/mehnathuquqi/4497

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#plenumgataklif 143-modda 2-qismmi yoki 155-modda 2-qism 8-bandmi?

Plenum qarori loyihasining (https://t.me/mehnathuquqi/5635) 44-bandiga ko’ra, MKning 143-moddasiga asosan ish beruvchi boʼsh (vakant) ish oʼrni mavjud boʼlgan taqdirda, sogʼligʼining holatiga koʼra, tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsirini istisno etadigan, sogʼligʼining holati boʼyicha qarshi koʼrsatma boʼlmagan ishga doimiy oʼtkazishga muhtoj boʼlgan xodimni uning roziligi bilan shunday ishga oʼtkazishi shart.
Xodim MK 143-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan boshqa ishga oʼtkazilishni rad etgan taqdirda, shuningdek agar ish beruvchida xodim sogʼligʼi holati boʼyicha qarshi koʼrsatma boʼlmagan boshqa ish boʼlmasa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim sogʼligʼi holati boʼyicha qarshi koʼrsatma boʼlmagan boshqa ishga oʼtkazilishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish boʼlmaganligi munosabati bilan xodimga ishdan boʼshatish nafaqasi toʼlangan hamda 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda MK 155-moddasi ikkinchi qismining 8-bandiga bekor qilinishi mumkin.

Aslida arzimasdek masala bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin ertaga bu katta “boshog’riqlarni” keltirib chiqaradi. Masalan, kadr buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish asosi sifatida “143-modda 2-qism”ni ko’rsatgan, lekin tekshiruvchi organ keladida yo’q “155-modda 2-qism 8-band”ni ko’rsatishing lozim, Plenumda shunday deyilgan deydi.
Aslida kadr “143-modda 2-qism”ni ko’rsatib to’g’ri qilgan. Buni quyidagicha asoslaymiz. MK 144-moddasi 2-qismi yoki 269-modda 2-qismidagi quyidagi jumlalarga e’tibor bering: “…xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 143-moddasining ikkinchi qismi bilan bekor qilinsa…”. Ya’ni MK ning o’zida ham shartnomani bekor qilish asosi sifatida 143-modda 2-qismiga havola berilyapti 155-modda 2-qism 8-bandiga emas. Plenum qarori loyihasida esa aksincha bo’lyapti. Huddi shu holat, plenum qarori loyihasidagi mehnat shartnomasini bekor qilishning quyidagi moddalariga ham taalluqli 137 (42-band), 156 (41-band), 169 (52-band).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#plenumgataklif МК 157-моддаси ва 160-моддаси 4-қисмини қўллаш билан боғлиқ тушунмовчилик юзасидан...

Пленум қарори лойиҳасининг (https://t.me/mehnathuquqi/5635) 20-банди 6-хатбошисига кўра, меҳнат шартномаси ходимнинг ташаббусига кўра ўн тўрт календарь кун огоҳлантириш муддати тугагунга қадар ҳам иш берувчи билан ходимнинг келишувига кўра бекор қилиниши мумкин. Қонунда белгиланган ёки тарафлар келишувига кўра қисқартирилган огоҳлантириш муддати ўтмасдан ходимнинг розилигисиз меҳнат муносабатларини бекор қилиш ушбу меҳнат шартномасини бекор қилишни ғайриқонуний деб топишга ва ходимнинг аввалги ишига тиклаш ҳақидаги талабини қаноатлантиришга асос бўлади. Ходимнинг огоҳлантириш муддати ўтмасдан ўзбошимчалик билан ишни ташлаши у томонидан меҳнат мажбуриятларини бузиш деб баҳоланади.

Ушу хатбошини қуйидагича таҳрир қилишни таклиф қиламиз: Меҳнат шартномаси ходимнинг ташаббусига кўра ўн тўрт календарь кун огоҳлантириш муддати тугагунга қадар ҳам иш берувчи билан ходимнинг келишувига кўра бекор қилиниши мумкин. Қонунда белгиланган ёки тарафлар келишувига кўра қисқартирилган огоҳлантириш муддати ўтмасдан ходимнинг розилигисиз меҳнат муносабатларини бекор қилиш ушбу меҳнат шартномасини бекор қилишни ғайриқонуний деб топишга ва ходимнинг аввалги ишига тиклаш ҳақидаги талабини қаноатлантиришга асос бўлади. Ходимнинг огоҳлантириш муддати ўтмасдан ўзбошимчалик билан ишни ташлаши у томонидан меҳнат мажбуриятларини бузиш деб баҳоланади. Бу ҳолатда меҳнат шартномасига алоҳида қўшимча келишув тузиш талаб этилмайди.

📍 Масалан, ходим бугундан 27-сентабрдан у билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилишни сўради. Иш берувчи ҳам рози. Ходимнинг аризасига иш берувчи розиман деб қайд қилади. Бўлди, тамом. Бу ҳолатда алоҳида қўшимча келишув тузиш шарт эмас

Бироқ амалиётда МК 157 моддаси ва 160-моддаси 4-қисмини қўллаш билан боғлиқ жуда кўп тушунмовчиликлар бўлмоқда. Меҳнат қонунчилиги талабларига риоя этилиши устидан давлат назорати ва текширувини амалга оширувчи органлар ҳам аксарият ҳолатларда ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга кўра меҳнат шартномаси огоҳлантириш муддати тугашига қадар бекор қилинганда (МК 160-моддаси 4-қисми) қўшимча келишув тузилмаган деб асоссиз эътирозлар билдиришмоқда.
#mavzu №4 Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari!

🔰 Kanalimiz jamoasi Sizga Mehnat huquqi fanidan mavzulashtirilgan ma’lumotlarni berib bormoqda.

🖐 Mazkur haftadagi 4- mavzu “Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari. Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” deb nomlanadi.

📚 O’qish tavsiya etiladigan qonun hujjatlari:

✔️1. Mehnat kodeksi (155-160-moddalar) https://lex.uz/docs/-6257288#-6261386

✔️2. Fuqarolik kodeksi (49-50) https://lex.uz/docs/-111189

✔️3. Oila kodeksi (138-moddasi) https://lex.uz/docs/-104720

✔️4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun (64-moddasi) https://www.lex.uz/docs/-26477#-27379

✔️5. “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” Yo’riqnomaning 13-bandi https://www.lex.uz/docs/-3323415

✔️6. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom https://lex.uz/docs/-755838

✔️7. “Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 18-19-bandlari https://lex.uz/docs/-243740

✔️8. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 11-bandi https://lex.uz/docs/-357102

✔️9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori 14-15, 40, 45-bandlari https://lex.uz/docs/-1444779

“Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi Oliy sud Plenum qarori loyihasining https://t.me/mehnathuquqi/5635 17-20-bandlari

✔️10. Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.23 — 2.28-bandlari https://www.lex.uz/docs/-811392

📚O’qish tavsiya etiladigan maqolalar:

✔️1. Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning ushbu maqolasida mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi (MK 157-moddasi)ga ko‘ra bekor qilishning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. 🔗 Shuningdek, maqolada mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi bilan bekor qilish toʼgʼrisidagi qo'shimcha kelishuv va buyruqdan namunalar keltirilgan. Ko'pchilikning taklif va istaklaridan kelib chiqib, maqola kirill yozuvida tayyorlangan https://t.me/mehnathuquqi/5651

🎬Ko'rish uchun tavsiya etiladigan video:
Mehnat kodeksining 155-160-moddalari tahlili
https://youtu.be/iVmZ6ZV25u0?si=Pt0BoZRU9vhxhmHz

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Oliy taʼlim tashkilotlariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan https://lex.uz/docs/-973497
Oliy taʼlim tashkilotining kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʼqituvchi, oʼqituvchi (assistent), oʼqituvchi-stajyor lavozimi Nizomga muvofiq tanlov asosida 3 yil (izoh: amaldagi qonunchilik bo’yicha 5 yil )muddatga egallanadi.
3 yillik muddat tamom boʼlgandan keyin koʼrsatib oʼtilgan lavozimlar boʼyicha Nizomga muvofiq tanlov oʼtkaziladi.

⚠️ Diqqat! Hozirda Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o‘qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi https://lex.uz/docs/-973497

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Oliy taʼlim tashkilotlariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko’ra https://lex.uz/docs/-973497

Quyidagi shaxslarga pedagog sifatida faoliyat olib borish taqiqlanadi:

tegishli maʼlumoti va kasb tayyorgarligi boʼlmagan;

sudning qaroriga asosan muayyan huquqdan mahrum qilingan;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan;

psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan;

pedagoglik faoliyatini amalga oshirishga toʼsqinlik qiladigan kasallikka chalingan.

Mazkur bandning ikkinchi, toʼrtinchi va beshinchi xatboshilarida keltirib oʼtilgan holatlar bartaraf etilganda pedagog sifatida faoliyat olib borishiga ruxsat beriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi https://regulation.gov.uz/uz/d/93490
Umumxalq bayramlari, muhim sаnаlаr, kasb bауrаmlаri va xalqaro kunlarning g‘oyaviy va mafkuraviy mazmun-mohiyatini kuchaytirish orqali xalqimizning boy madaniy merosi va o‘ziga xosligini asrab-avaylash hamda ulug‘lash, har bir fuqaroda vatanga daxldorlik, milliy birdamlik va g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
1. Quyidagilar:
O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda ‒ Chora-tadbirlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq;
Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish rasmiy marosimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Umumxalq bayramlarini nishonlashning namunaviy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Kasb bayramlarini nishonlashning namunaviy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Muhim sanalarni nishonlashning namunaviy reglamenti 6-ilovaga muvofiq;
Xalqaro kunlarni nishonlashning namunaviy reglamenti 7-ilovaga muvofiq;
Bayramlarning toifalarga ajratilgan ro‘yxati hamda ularni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Аyrim ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatish tartibini belgilash toʼgʼrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi https://regulation.gov.uz/oz/d/93497

Qarorga ilova maʼmuriy reglament oʼzgalar parvarishiga muhtoj I guruh nogironligi boʼlgan shaxsga yoki 80 yoshga toʼlgan keksaga, shuningdek 18 yoshgacha nogironligi boʼlgan bolaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatishning tartibini belgilaydi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi (Muhammadamin Karimjonov)
#mavzu №4 Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari!

🔰 Kanalimiz jamoasi Sizga Mehnat huquqi fanidan mavzulashtirilgan ma’lumotlarni berib bormoqda.

🖐 Mazkur haftadagi 4- mavzu “Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari. Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” deb nomlanadi.

📚 O’qish tavsiya etiladigan qonun hujjatlari:

✔️1. Mehnat kodeksi (155-160-moddalar) https://lex.uz/docs/-6257288#-6261386

✔️2. Fuqarolik kodeksi (49-50) https://lex.uz/docs/-111189

✔️3. Oila kodeksi (138-moddasi) https://lex.uz/docs/-104720

✔️4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun (64-moddasi) https://www.lex.uz/docs/-26477#-27379

✔️5. “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” Yo’riqnomaning 13-bandi https://www.lex.uz/docs/-3323415

✔️6. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom https://lex.uz/docs/-755838

✔️7. “Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 18-19-bandlari https://lex.uz/docs/-243740

✔️8. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 11-bandi https://lex.uz/docs/-357102

✔️9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori 14-15, 40, 45-bandlari https://lex.uz/docs/-1444779

“Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi Oliy sud Plenum qarori loyihasining https://t.me/mehnathuquqi/5635 17-20-bandlari

✔️10. Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.23 — 2.28-bandlari https://www.lex.uz/docs/-811392

📚O’qish tavsiya etiladigan maqolalar:

✔️1. Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning ushbu maqolasida mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi (MK 157-moddasi)ga ko‘ra bekor qilishning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. 🔗 Shuningdek, maqolada mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi bilan bekor qilish toʼgʼrisidagi qo'shimcha kelishuv va buyruqdan namunalar keltirilgan. Ko'pchilikning taklif va istaklaridan kelib chiqib, maqola kirill yozuvida tayyorlangan https://t.me/mehnathuquqi/5651

🎬Ko'rish uchun tavsiya etiladigan video:
Mehnat kodeksining 155-160-moddalari tahlili
https://youtu.be/iVmZ6ZV25u0?si=Pt0BoZRU9vhxhmHz

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Қишлоқ хўжалиги соҳасида аҳоли бандлигини таъминлашни рағбатлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори лойиҳаси норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига жойланди https://regulation.gov.uz/oz/d/98022
Қарор лойиҳасига кўра “Фермер хўжаликлари ва бошқа қишлоқ хўжалиги корхоналарида ходимлар сонининг энг кам меъёрларини аниқлаш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланади.

Низомнинг 11-бандига кўра, ишлаб чиқариш ва меҳнатни ташкил этишнинг ўзига хослиги, уни бажариш шартлари ёки ходимнинг манфаатларини ҳисобга олган тарзда, шунингдек номуайян муддатга мўлжалланган меҳнат шартномаларини тузиш мумкин бўлмаган ҳолларда фермер хўжаликлари ва бошқа қишлоқ хўжалиги корхоналари ишчилари билан минимал давомийлиги қуйидагича бўлган муддатли меҳнат шартномалари тузилиши мумкин:

мутахассислар ва ишчи-механизаторлар билан - 9 ойдан кам бўлмаган муддатга;
суғориш ишларида банд бўлган ишчилар билан - 7 ой дан кам бўлмаган муддатга;
қўл ишларини бажарадиган, шу жумладан ҳосилни йиғиб олишда (мавсумий) жалб қилинган ишчилар билан - тегишли иш турини бажариш даврига, лекин 5 иш кунидан кам бўлмаган муддатга.

Низомнинг 14-бандига кўра, кўп сонли ишчилар (мавсумий) бўлишини талаб қилувчи йиғим-терим ва бошқа ишларни бажариш даврида Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг 37-боб 1-бўлимида кўзда тутилган тартибда, шу жумладан кунбай усулида пудрат ишларини амалга ошириш бўйича фуқаролик-ҳуқуқий шартномаси асосида мазкур ишларни бажаришда фуқароларни жалб қилишга йўл қўйилади.

Фуқаролик-ҳуқуқий шартномаси асосида жалб қилинадиган фуқароларнинг иш ҳақи миқдори, ишбай усулида белгиланади.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt me’yorlarini tasdiqlash tо‘g‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi https://regulation.gov.uz/oz/d/100023

Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ–200-son “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt meyorlarini belgilaydi.

Mazkur Qoidalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tizimidagi harbiy akademik litseylar, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey ham foydalanishlari mumkin.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha “Mehnat migrantlariga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʼi loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi https://regulation.gov.uz/oz/d/100190

Loyihaga ko'ra, “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʼyxatdan oʼtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

xorijiy tillar va (yoki) kasb boʼyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʼliq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda — bazaviy hisoblash miqdorining 3️⃣ baravarigacha miqdorda;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga «ishchi viza»ni rasmiylashtirish bilan bogʼliq xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5️⃣ baravarigacha miqdorda;

yoʼl chiptasini xarid qilish bilan bogʼliq xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2️⃣ baravarigacha miqdorda kompensatsiya toʼlanadi.

P.S. Bazaviy hisoblash miqdori - 340 000 so'm!

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasiga (ID-2078 (V-1)) ilova “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom 61-bandiga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (yarim stavkadan ortiq bo‘lmagan hajmda) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

Fikrimcha, loyihada kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga bunday cheklov o’rnatilayotgani amaldagi mehnat qonunchiligiga ham zid! Kunduzgi ta’lim shaklida o’qiyotgan talaba o’qishdan bo’sh vaqti, agar tashkilotdagi ish vaqti rejimi to‘g‘ri kelsa, 1 stavka ishlashga haqli deb hisoblayman. Chunki Mehnat kodeksida bu borada biror bir taqiq yo’q.

MK 193-moddasiga ko‘ra, xodim va ish beruvchi o‘zaro kelishib moslashuvchan ish vaqti rejimini belgilab olishlari mumkin.

MK 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

Amaldagi “Oliy ta’lim to’g’risida”gi nizomda ham qovun tushirishgan. (https://lex.uz/docs/327039#328488) Nizomning 50-bandida (o’zbek tiliga cheksiz hurmat ila Nizom rus tilida) ham talabalarning mehnat faoliyatiga doir g‘alati bir qoida bor: “kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin”.

Ya’ni, bu yerda go‘yoki talabalarga faqat kunning ikkinchi yarmidagina ishlashga ruhsat berilgandek, kuning birinchi yarimida ishlashga taqiq qo‘yilgandek. Lekin biz bilamizki, O‘zbekistonda qanchadan-qancha talabalar aksincha kuning ikkinchi yarmida ta’lim olib, kuning birinchi yarmida bo‘sh bo‘ladi. Ya’ni ularda o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishlash imkoniyati faqat kuning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

Nima shunda, ikkinchi “smenada” o‘qiydigan talabalar ishlay olmaydimi?

Mana shu yerda, ayrim ish beruvchilar yuqoridagi 50-banddagi normalarni kuning ikkinchi yarmida o‘qiyotgan talabalar uchun cheklov sifatida qabul qilmasliklari kerak. Chunki boshqa yuqori turuvchi va ustuvor qonun hujjatlaridagi umumnormalar har qanday shaxslarning, jumladan, talabalarning mehnat qilish huquqini ham birdek e’tirof etadi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga ko‘ra: “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega”.

❗️Demak, talaba oliy ta’lim muassassida kuning ikkinchi yarmida tahsil olib, kuning birinchi yarmida bo‘sh qolyaptimi, demak, u kuning birinchi yarmida ham mehnat shartnomasi tuzib, mehnat qilishga va pul topishga to‘laqonli haqlidir.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi