Mehnat huquqi
28.7K subscribers
901 photos
218 videos
393 files
4.01K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Assalomu alaykum bir oʻqituvchimiz 4 oy bolnichniyda yurgan  unga mehnat taʼtili toʻliq chiqadimi
P.S. Diqqat. Izoh sifatida savolga aloqador moddalar qo'shib ketilmoqda: MK 226, 220-moddalari, 2667 yo'riqnoma 22-bandi
Chunki keyinchalik Sizlarga qidirib topishda oson bo'ladi.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test MK 502-moddasiga ko'ra, agar shifokorning mutaxassisligi bo‘yicha ish stajida .... shifokor o‘z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin ixtisoslashuv kurslaridan o‘tishi shart.
Anonymous Quiz
32%
2 yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa
45%
3 yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa
6%
4 yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa
16%
5 yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa
#savolimbor Salom. Zavodda ishlayman. Ishxonaga elektron tasbeh ya’ni oddiy tasbeh va joynomoz olib kirsak Harbiylar pratakol qiladi. Ammo olib kirilishi taqiqlangan buyumlar plakatida bu diniy buyumlar ko‘rsatilmagan. Shunday hollarda bizga bilim yetishmayapti. Nima qilaylik

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 35-moddasiga ko’ra, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonuni 4-moddasiga ko’ra esa, vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining, 4-moddasiga ko’ra, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir.

❗️Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, tasbeh, joynamoz olib yurganingiz uchun protokol tuzilishi mutlaqo g’ayriqonuniy hisoblanadi. Sizdan tasbeh, joynamozni ham olib qo’yishga hech kimni haqqi yo’q. Ular Sizning shaxsiy mulkingiz hisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 66-moddasiga ko’ra, mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

❗️Shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda namoz o’qish taqiqlanmagan va qonunchilikda bunga hech qanday cheklovlar ham mavjud emas. Mana bu postlarimizda bu masalalarga batafsil javob berib o’tganmiz👇

https://t.me/mehnathuquqi/3082
https://t.me/mehnathuquqi/3382

📤:Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. Ta’til uchun haq to’lashni sodda qilib, misol bilan tushuntirib bersangiz, 25.3 ga bo’lasiz deyilgan shunga ham tushunmadik. Qolgan hamkasblar nomidan ham oldindan katta rahmat.

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 233-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Ya'ni xodim ertadan-11-maydan ta'tilga chiqib ketadigan bo'lsa, bugundan 10-maydan kechikmasdan ta'til puli tushishi kerak! Agar tushmasachi, uni ham mana bu postimizda batafsil tushuntirganmiz, misollar bilan: https://t.me/mehnathuquqi/4640

Endi MK 257-moddasiga (O‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibi) o’tamiz! Unga ko’ra, o‘rtacha kunlik ish haqi uni hisoblab chiqarishning barcha hollarida ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqi summasini ish kunlarining o‘rtacha oylik soniga (25,3) bo‘lish orqali belgilanadi.

25.3 qanday kelib chiqqan

365
(1 yildagi kunlar soni, kabisa yili mustasno) – 52 (1 yildagi yakshanbalar soni) - 9 (ishlanmaydigan bayramlar soni = 304
304/12
(1 yildagi oylar soni) = 25.3 ya’ni bu son ish kunlarining o‘rtacha oylik sonini ifodalaydi.

⚠️ Agar 11-noyabr ishlanmaydigan bayram kunlari sifatida e'lon qilinsa, bizning fikrimizcha 25.3 ham o'zgarishi lozim bo'ladi! Shunda ushbu miqdor 25.25 ni tashkil qiladi.

Endi shartli ta’til pulini taxminiy hisoblab chiqaramiz hisoblab chiqaramiz.

Aytaylik, 12 oy ishlagan xodimning oʼrtacha oylik ish haqi quyidagi miqdorni tashkil etadi👇

4 500 000 so'm (belgilangan lavozim maoshi, ishbay mehnatga haq toʼlashda – belgilangan tarif) + (1 500 000 so'm (belgilangan lavozim maoshidan oshadigan summa, mukofot pullari va shu kabilar) / 12 (oylar soni) =4 500 000 +125 000= 4 625 000

Bir kunlik taʼtil uchun haq miqdori oʼrtacha oylik ish haqi summasini ish kunlarining oʼrtacha soniga ya’ni 25.3 ga boʼlish orqali aniqlanadi
👇

4 625 000/ 25,3= taxminan 182 ming 806 so’m. Demak, xodimning 1 kunlik o’rtacha oylik ish haqi taxminan 182 ming 806 so’mni tashkil qiladi!

Endi ana shu miqdorni xodimning ta’til kunlariga ko’paytirasiz! Aytaylik xodimning ta’tili jami 38 kalendar kun: 21 (yillik asosiy ta’til, 217-modda) + 9 (jamoa shartnomasidagi qo’shimcha ta’til, 217-modda) + 4 (12 yoshga to‘lmagan 2ta farzand uchun, 401-modda) + 4 (tashkilotda ishlagan 10 yil uchun, 220-modda )

182 ming 806 so’mni* 38 kalendar kun = 6 million 947 ming so’m ta’til puli chiqadi! Demak, bizning misolda ta'til puli taxminan 6 million 947 ming so’m chiqmoqda. ⚠️ Bu summa xodimning o'rtacha oylik haqi va ta'til kunlari soniga kam yoki ko'p bo'lishi mumkin!

⚠️Hisoblangan taʼtil uchun haq summasi ishlanmagan vaqt uchun toʼlangan mehnatga haq toʼlash tarzidagi daromadlar jumlasiga kiradi ya;ni sodda aytganda 12% daromad solig'i to'laysiz. Bundan tashqari, kasaba uyushmasiga a'zo bo'lsangiz yana 1%)) Shunda 13% voz kechasiz)) 6 million 947 ming *13% = 903 ming 110 so'm
6 million 947 ming so’m- 903 ming 110 so'm = taxminan 6 million 44 ming so’m cho'ntakka tushadi, agar yana qandaydir obunayu, remontlarga ushlab qolishmasa))

⚠️ Diqqat! MK 257-moddasiga ko’ra, o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqarilayotganda hisob-kitob davridan vaqt, shuningdek ushbu vaqtda hisoblangan summalar chiqarib tashlanadi, agar: xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olgan bo‘lsa, xodim qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanadigan yoki haq to‘lanmaydigan ishdan ozod etilgan bo‘lsa va 257-moddada ko’rsatilgan boshqa holatlarda.

📤:Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Кушимча дам кунлари отпускка кушиб хисобланадими еки байрам кунларига ухшаб суриладими
P.S. Diqqat. Izoh sifatida savolga aloqador moddalar qo'shib ketilmoqda: 221, PF-270
Chunki keyinchalik Sizlarga qidirib topishda oson bo'ladi.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Oylik bot
Энди мактаб директори ўринбосарлари моддий рағбатлантириб борилади

Батафсил:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/18858

——————

Лучшие заместители директора школы будут получать материальное поощрение

Подробно:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/18858

🚀 @oylikbot_uz

👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#test MK 111-moddasiga ko'ra, agar muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati u uzaytirilishidan oldin va keyin necha yildan oshgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Anonymous Quiz
55%
3
9%
4
31%
5
5%
6
#savolimbor Ustoz Yaxshimisiz? Yangi mehnat kodeksi bo'yicha savol bor edi. 1 oylik armiya bo'yicha qaysi moddani qo'llasa bo'ladi
P.S. Savolga aloqador moddalar: 165, 168, 173, 282

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Muhammadamin Karimjonov
Мақола_Янги_кодекс_бўйича_огоҳлантириш_муддатлари.docx
23.8 KB
#maqola Mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisida ogohlantirish muddatlariga rioya qilish xodim tomonidan ham, ish beruvchi tomonidan ham rioya qilinishi zarur boʼlgan qonun talabidir. Ushbu maqolamizda mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisida ogohlantirish muddatlari tahlil qilingan. Yangi Mehnat kodeksida ogohlantirish muddatlari bo'yicha tub o'zgarishlar bo'lgan, hamda ancha chalkash. Chunki ayrim toifa xodimlar uchun alohida ogohlantirish muddatlari belgilangan. Yangi Kodeks bo'yicha pulli kompensatsiyaga almashtirish masalasi ish beruvchi xohishi asosida amalga oshiriladi. Avval ogohlantirish muddatlarini pulli kompensatsiyaga almashtirish kelishuv, kelishuvsiz, ish beruvchining xohishi asosida amalga oshirilar edi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Buxgalter.uz
Начали работу по новому ТК и столкнулись с большим количеством вопросов ⁉️ Очные интенсивы с разработчиками кодекса помогут разобраться во всем 💥

Алексей Ниязметов и Юрий Феоктистов подготовили для вас 3 мини-программы:
🔹Всё от приема до увольнения
🔹Рабочее время, выплаты и отпуска работников
🔹Особенности, которые коснутся всех

Обучение проходит в интерактивной форме, на занятиях разбираются реальные кейсы, которые помогут применить полученные знания и избежать нарушений.

Дополнительные преимущества:
🔹Шпаргалки по основным вопросам
🔹Шаблоны документов, кейсы, примеры
🔹Доступ к учебным материалам через сайт Kadrovik.Academy

❗️Поспешите! Количество мест ограничено

Скорее записывайтесь на курс и получите информацию «из закулисья», о которой больше никто не расскажет!

🔗 Подробнее о программах – на сайте Kadrovik.Academy или по телефону: 78 148-11-72
#savolimbor Assalomu aleykum ustoz. Bir masalada yordamingiz kerak. Bir xodimamiz tugish tatiliga chiqgan. Muddatidan oldin qaytmoqchi. Shu qonuniymi? Iyulda tatili tugaydi. Chaqirib oladigan bulsak yangi MK buyicha qanday amallarni bajaraman. Iltimos yul yuriq kursating. Moddalarni kursatib javob berasizlar degan shartlarni quymoqda xodim.
P.S. Savolga aloqador moddalar: 404,405, 2667 yo'riqnoma 28-bandi

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Oylik bot
Мактабгача ва мактаб таълими педагог ходимлари меҳнатига ҳақ тўлаш бўйича базавий тариф ставкалар миқдори

Батафсил:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/16643

——————

Базовые тарифные ставки по оплате труда педагогов государственных образовательных учреждений

Подробно:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/16643

🚀 @oylikbot_uz

👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pensiyaoldi yoshidagilarni qisqarishga tushirish mumkinmi?

#savolimbor До пенсии осталось два года .Меня сокращают.Имеет ли право организация на сокращение. Если пенсионный возраст не подошёл...

P.S. Savolga aloqador moddalar: 161, 164, 165, 167, 173, 100 va "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risada"gi Qonun 14-moddasi. Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yo'riqnoma https://lex.uz/ru/docs/-596542

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi