Mehnat huquqi
28.7K subscribers
904 photos
221 videos
393 files
4.03K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
Forwarded from Bandlik Vazirligi
#Live

Ayni paytda Oliy Majlis Senati yigirma to'rtinchi yalpi majlisida "O'zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasi bo'lib o'tmoqda.

➡️ Qonun yuzasidan savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov javob beryapti.

🎥 Jonli efir

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#yuridiklug’at
mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chog‘idagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig‘indisi;

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#test 📝O‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchi xodimni qancha muddatda yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart.
Anonymous Quiz
23%
kamida 2 oy oldin
27%
kamida 2 hafta oldin
18%
kamida 3 kun oldin
32%
bu holatda ogohlantirish shart emas
#savolimbor Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimimiz oyog’ini sindirib 1 oy gipsda yotdi. Lekin u mast holatda bo’lgan, tushuntirish xatida ham buni tan olgan. Unga ham bolnichniy to’lanadimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandiga ko’ra
(https://lex.uz/docs/-357102) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:

ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka solganda;

❗️giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;

sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);

hibsda bo‘lgan davrda;

sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi” Nizomga ko’ra (https://lex.uz/docs/-545128) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unga ko’ra, xodimning hushyorligi (alkogol yoki narkotiklar ta’siridaligi) tibbiy xulosaga binoan belgilanadi.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#xushxabar Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Якка тартибдаги оилавий шифокорлик фаолиятига рухсат берилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#yuridiklug’at
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#test Xodim bilan 1 yilga muddatli mehnat shartnomasi tuzilib, 3 oy sinov muddati belgilandi. Xodim sinov davrida shartnomani bekor qildi va neustoyka to'lamasligini aytdi. Shu to'g'rimi?
Anonymous Quiz
44%
ha, to'g'ri bu holatda xodim neustoyka to'lamaydi
39%
ha, agar shartnomada taraflarning neustoyka to‘lashi va miqdori belgilangan bo’lsa
7%
yo’q, bu holatda ish beruvchi to’laydi
10%
yo'q, noto'g'ri xodim neustoyka to'lashi shart
#yuridiklug’at
mehnatda mayib bo‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi;

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#qonunbilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori 1-bandi va 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom o‘z kuchini yo‘qotdi

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Yaxshi dam, mehnatga hamdam deganlaridek Mehnat huquqi kafedrasi jamoasi O'zbekiston "Niagara"sida.
Sariosiyo tumanida dengiz sathidan 2 ming metr yuqorida joylashgan, balandligi deyarli 150 metrli Sangardak sharsharasi bor.

Sangardak – O‘zbekistonning eng baland sharsharalaridan biri.
Sharshara may oyi o‘rtalaridan to sentabr oyi o‘rtalarigacha sayyohlar bilan gavjum bo‘ladi.
🔜 Keyingi manzil "Termiz ota" ziyoratgohi.
#yuridiklug’at
noqulay ishlab chiqarish omillari — zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi;

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nechta bayram (ishlanmaydigan) kunlar belgilangan?
Navro'z muborak💐💐💐💐💐
Anonymous Quiz
32%
7
22%
8
36%
9
10%
10
#tabrikUNSecretaryGeneral

🇺🇳BMT Bosh kotibi Antonio Guterresning 2022 yilgi Navro'z munosabati bilan yo'llagan tabrigi

Navro'z-bu yangi boshlanishlar bayrami.

Yangi yilning boshlanishi. Bahor kelishi. Tabiatning yangilanishi.

Navro'z bizning xilma-xilligimiz bayramidir.

U avlodlar orasida va chegaralardan tashqarida 300 milliondan ortiq odamni birlashtiradi.

Bu bir-birimiz, madaniyatimiz va dunyomizni o'rganish vaqti.

Unda Birlashgan Millatlar tashkilotining tinchlik, inson huquqlari va qadr-qimmatiga oid qadriyatlari aks ettirilgan.

Insoniyat misli ko'rilmagan qiyinchiliklarga duch kelayotgan bugungi kunda, keling, Navro'zning birdamlik ruhini boshqaraylik va hamjihatlikda yashash, sayyoramizni himoya qilish va hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik haqidagi va'damizni yangilaylik.
Men har biringizga baxtli, sog'lom va tinch Navro'z tilayman.

https://www.un.org/en/observances/international-nowruz-day

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#yuridiklug’at
xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#test Ish beruvchi tomonidan xodimning tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasining bekor qilinishini kechiktirishga qaysi hollarda yo‘l qo‘yiladi?
Anonymous Quiz
14%
xodim boshlangan ishni tugatmagan bo‘lsa
12%
qarzi yo‘qligi varaqasi ya’ni obxodnoy list imzolanmagan bo‘lsa
19%
xodim moddiy qiymatliklarni topshirmagan bo‘lsa
55%
kechiktirishga umuman yo‘l qo‘yilmaydi
#savolimbor Xodimni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishga jalb etish tartibi qanday, xodim roziligi kerakmi?
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Mehnat kodeksi 130 va 132-moddalari dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari (keying o’rinlarda – bunday kunlar deb yuritiladi) ishga jalb etishni cheklaydi. Bunday kunlari ishlatish taqiqlanadi. Ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni bunday kunlarda ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Demak, bundan quyidagi xulosalarni chiqaramiz.👇

1. Hamma xodimlarni ham bunday kunlarda ishga jalb qilish mumkinmi?
Ayrim xodimlarnigina bunday kunlarda ishga jalb etish mumkin.

2. Kimlarni bunday ishlarga jalb qilib bo’lmaydi?
18 yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlar, ish vaqtidan tashqari ishlar va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi (MK 246-m).

3. Qanday holatlarda bunday kunlarda ishga jalb qilish mumkin?
Bunday holatlar jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

4. Bunday kunlarda ishga jalb qilishga xodimni roziligi shartmi?
Xodimni roziligi shart emas (MK 220-moddasi 5 qismi, 228-moddasi bundan mustasno ). Ko’pchilik mana shu o’rinda xodimni roziligi olinishi shart deb xato o’ylaydi. Aslida ish vaqtidan tashqari ishlarda xodimning roziligi olinadi.
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi (MK 220-m, 5-qism).
Homilador ayollarni va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi (MK 228-m).

5. Bunday kunlarda ishlash ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadimi?
Dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash ish vaqtidan tashqari ish hisoblanmaydi. Demak, xodim bunday kunlarda 7 yoki 8 soat ishlashi mumkin.

6. Bunday kunlarda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish mumkinmi?
Dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishga jalb qilingan xodimni ish vaqtidan tashqari ishlarga xodimning roziligi bilangina jalb qilish mumkin. Ya’ni yanada soddaroq tushuntirsak,masalan, xodimni 1-yanvar bayram (ishlanmaydigan) kuni jamoa shartnomasida belgilangan holat bo’yicha ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etildi. Bu holatda xodimning roziligi shart emas (MK 220-moddasi 5 qismi, 228-moddasi bundan mustasno ). Lekin ish oxiriga yetmadi hamda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish ehtiyoji tug’ildi. Bu holatda xodimni MK 124-125-moddalariga rioya qilgan holda uning roziligi bilangina ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilishimiz mumkin.

7. Bunday kunlarda ishlagan xodimga qancha haq to’lanadi?
Kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi (MK 157-moddasi).

8. Bunday kunlarda ishlagan xodim otgul olishi mumkinmi?
Ha, bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin.