Mehnat huquqi
26.1K subscribers
840 photos
157 videos
382 files
3.69K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. MK 403-moddasida homilador ayollarga antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash uchun qo‘shimcha bo‘sh kunlar berilishi keltirilgan. Moddaning 2-qsimida esa homilador ayollarni antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko’rsatilgan. Shuni huquqiy asosini topa olmayapmiz?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 832-son qaroriga ilova https://lex.uz/docs/-4535086 “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) shakllantirish tartibini belgilaydi.

Nizomning 13-bandiga ko’ra, ro‘yxatni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami mutaxassislari va ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan ambulatoriya sharoitlarida va kunduzgi statsionar sharoitlarda ko‘rsatiladigan rejali tibbiy yordam hajmlari bo‘yicha shakllantirishda quyidagi harajatlar hisobga olinadi:

… g) onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan:
homilador ayollarni homiladorlik yoki gestatsiya davomida (kamida 7-marta) o‘tkaziladigan organizmning bo‘yida bo‘lishdan boshlab tug‘ilgunicha qorin ichida normal rivojlanshini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan kompleks tashhis qo‘yish, davolash va profilaktika tadbirlarini nazarda tutuvchi antenatal (tug‘ishgacha) parvarish qilish…

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum. Men o'qituvchiman. May oyida ishga kirdim. Iyuldan ta’tilga chiqsak, menga ham ta’til beriladimi, chunki bor yo’g’i 2 oy ishlagan bo’laman xolosku?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 227-moddasi 6-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.

❗️Ya’ni Sizga to’liq ta’til beriladi, lekin ta’til puli ishlab bergan vaqtingizga ya’ni 2 oyga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.

❗️Masalan, o’qituvchi ta’tilini taxminan 56 kalendar kun deb olib turamiz, chunki bu bo’yicha tegishli hujjat hali chiqmadi (Batafsil bu postimizda yozganmiz (https://t.me/mehnathuquqi/4547). (56 (ta'til kunlari)/12(1 yildagi oylar soni)) *2 (ishlangan oylar soni ) = 9.3 MK 224-moddasiga ko’ra, ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.

❗️ Demak, Sizga ta’til to’liq 56 kalendar kunga beriladi, ta’til puli esa 9 kun uchun to’lab beriladi. Ta’tillar uchun haq to’lashni bu postimizda batafsil tushuntirganmiz: https://t.me/mehnathuquqi/4739

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test PhD ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun va darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — ... oygacha asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi.
Anonymous Quiz
49%
3
33%
6
7%
9
11%
12
#savolimbor Assalomu alaykum. Rus tili oʻqituvchisiman, sherigim malaka oshirishga ketganda uni darslarini ham qo'shib oʻtdim.Lekin endi bu darslar uchun Tuman adliya boʻlimi haq toʼlash mumkin emas deyishibdi. Shu toʻgʻrimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi
Garchi adolatsizlik bo’lsada, afsuski bu to’g’ri. Biz bu adolatsizlik haqida avval ham yozgan edik https://t.me/mehnathuquqi/3763 Tasavvur qiling, bo‘lib o‘qitiladigan fan o'qituvchisi oylab ishga chiqmayapti, lekin uni darsini qo'shib o'tgan o'qituvchiga afsuski qo'shimcha haq to'lanmaydi yoki yo'q bo'lgan o'qituvchi o'rniga hech bo'lmasa muddatli mehnat shartnoma ham tuzishmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilova “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomga 21 va 22-bandlar kiritilgan https://lex.uz/ru/docs/-941876#-942505

Nizomning 22-bandiga ko’ra, bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алейкум Янги мехнат кодекси буйича мехнат таътили 21 кун. иш зарурияти туфайли ходимни 12 кундан кецин чакириб олсак буладими?
Aloqador hujjatlar va moddalar.  MK 230, 231, 232

Maqolada yanada batafsil tushuntirganman: https://t.me/mehnathuquqi/4772


https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤:
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. Bizni bir savol qiynamoqda pedagog xodimni ta’tilini farazan 56 kalendar kun deb olsak, unga 401-moddadagi 4 kalendar kun ta’tilni qo’shib 60 kun ta’til berish mumkinmi? Bundan tashqari 220-moddadagi ta’tilnichi?

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Savolga aloqador moddalar: MK 222, 237, 401-moddalar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 20-moddasi

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
Voice message
#lifehack Hurmatli supererinchoqlar, audioni 2x qilib eshitsanglar, 11 daqiqalik audioni 5.5 daqiqada eshitib bo'lasizlar))
#savolimbor Assalomu alaykum, xususiy tashkilotlar yangi kodeks bo’yicha dekret ta’tili bermaslikka haqlimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

❗️Xususiy tashkilotlar ham "dekret ta'tili" berishga majbur. Mehnat kodeksinining 237-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);

bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);

o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);

ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).

❗️Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

⚠️ E’tibor bering! homiladorlik va tug‘ish ta’tili va boshqa ijtimoiy ta’tillar ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ya’ni xususiymi, budjet tashkilotimi taqdim qilinadi va “dekret puli” to’lab beriladi.

Ish beruvchi xodimga “dekret puli”ni to’lab bermasachi?

⚠️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-3-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 million 950 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha (9 million 900 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling:

Prezident virtual qabulxonasi +99871 210 00 00

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi +99871 200 06 00

Bosh prokuratura – 1007;

Adliya vazirligi – 1008.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan
Mehnat kodeksida ta’tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
har yilgi mehnat ta’tili;
ijtimoiy ta’tillar;
ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;
ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

Mehnat kodeksi 213-modda

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
OYLIKNI KECHIKTIRGANLIK UCHUN PENYA BORMI?

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga koʻra ish haqi toʻlovlari har oyni nechanchi sanasidan kechiksa penya hisoblanadi. Penya miqdori necha soʻm?

🔰Javob
Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.
Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Pensiya yoshiga yetganligi bilan xodim o'z xohishiga ko'ra bo'shasa xodim ta'tilni avansoviy olsa bo'shash vaqtida qarzini qaytaradimi yoki yoqmi
https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Savolga aloqador moddalar, MK 160-moddasi 8-qismi, 227-228, 269-moddalar

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Birinchi ish yilida mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan 6 oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
19%
Yo'q, mumkin emas
42%
Ha, barcha toifa xodimlarga berish mumkin
27%
Ha, faqat ayrim toifa xodimlargagina berilishi mumkin
12%
Ha, faqat kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holatdagina
#savolimbor Янги кодексда стажга татил бериш бор уриндош ишлаган ходимгаям 10 йил стажи булса уларга хам стажи буйича кушиб берамизми

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤
Aloqador hujjatlar va moddalar. MK 220,  439, 440-moddalari

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#RADDIYA

Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor boʻlgani haqida tarqalayotgan xabarlar boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

Prezidentning 2005-yil 2-iyundagi qarori 6-bandida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish yuklatilgan.

Mazkur topshiriqqa muvofiq 2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qaror bilan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Unda oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tahsil olib tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati belgilangan.

Davlat rahbarining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qarori 3-ilovasiga muvofiq Prezidentning ayrim qarorlari, jumladan, 2005-yil 2-iyundagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi. Ammo mazkur qaror ijrosiga koʻra ishlab chiqilib, tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan.

Bu quyidagicha izohlanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi birinchi qismiga koʻra “Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim”.

Shunga koʻra, hozirga qadar nizomdagi tartiblar yangi huquqiy normalarga zid emas va ushbu nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha qoida biror-bir normativ hujjatda koʻzda tutilmagan.

Bundan koʻrinadiki, oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati hozirgi kunda ham amal qiladi.

Shu oʻrinda, barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarni tarqatishlarini soʻrab qolardik.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube‌‌