Mehnat huquqi
25.8K subscribers
827 photos
145 videos
375 files
3.59K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor 29-mart kuni qo’yilgan postlaringda Ramazon oyida xodimlar uchun ish vaqti va tanaffuslar bo’yicha yengilliklar taqdim qilish haqida foydali ma’lumotlar bergan ekansizlar. https://t.me/mehnathuquqi/3015

Savolim shuki, xodimlarga Ramazon vaqti toliqib qolmasliklari uchun qisqa vaqt uxlab olishlariga imkon berish mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Albatta, xodimlarga bunday yengillik taqdim qilish mumkin. Chunki, Mehnat kodeksining 4-moddasi 2-qismiga ko’ra, qonun hujjatlaridagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.

😴 Shuningdek, tadqiqotlarga ko’ra tushlikdan keyin kamida 30 daqiqa uxlash ish samaradorligini 40% ga oshiradi.

Qaylula – peshin namozidan oldin (ba’zan peshin namozidan keyin) qisqa sunnat uyqu bo‘lib, sog’liq uchun juda foydali bo‘ladi. Qaylula qiluvchilar tekshiruvlar natijasida yurak kasalligiga kamroq duchor boʼlishlari aniqlangan.

🥱Yepropada siesta - ish vaqtida bir oz mizgʻib olish uchun 🇪🇸Ispaniya, 🇫🇮Finlandiya va yana ayrim mamlakatlarda ruxsat berilgan.

🇯🇵Yaponiyada ish vaqtidagi uyqu – inemuri normal holat hisoblanadi.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
murojaatning dublikati
— ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma nusxasi

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
# test Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodim bilan shartnomani bekor qilishga rozilik berish masalasi bo‘yicha qabul qilgan qarori haqida ish beruvchiga taqdimnoma olingan kundan boshlab qancha muddat ichida yozma ravishda ma'lum qiladi.
Anonymous Quiz
28%
1 hafta
17%
1 oy
39%
10 kun
16%
2 hafta
#savolimbor Mehnat kodeksi 101-moddasida ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir deyilgan. 182-moddada esa intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi deyilgan. Savolim shuki, mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda muddatni kasaba uyushmasi qarori qabul qilingandan paytdanmi yoki nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan boshlab hisoblaymizmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Juda ham o’rinli savol beribsiz. Ayrim kadroviklar MK 101 va 182 moddadagi muddatlarni hisoblashda chalg’iydilar. MK 101-moddaning oxirgi qismiga ko’ra, mehnat intizomini buzganlik uchun (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan bekor qilishga intizomiy jazolarni qo‘llanish uchun belgilangan muddatlar (182-modda) o‘tib ketgandan keyin yo‘l qo‘yilmaydi.

❗️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 22-bandiga 2-3 xatboshisiga ko’ra👇

Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilishga kasaba uyushmasi qo‘mitasi (yoki xodimlarning boshqa vakillik organi) yoxud boshqa (mahalliy mehnat organi, hokimiyatning vakillik organi va boshqa) organning roziligini olish zarur bo‘lganda bunday rozilik olingandan keyin belgilangan bir oylik muddatning o‘tganligi ish beruvchining xodim bilan bo‘lgan mehnat shartnomasini bekor qilishga bunday rozilikni olish uchun tegishli organga qaytadan murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Bunda shuni nazarda tutish lozimki, MK 100-moddasi 2-qismining 3 va 4-bandlari bo‘yicha mehnat munosabatlarining bekor qilinishiga intizomiy jazolar qo‘llash (MK 182-moddasi) uchun belgilangan muddatlar o‘tgach, yo‘l qo‘yilmaydi.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, agar mehnat shartnomasi MK 100-moddasi ikkinchi qismining 1,2,5,7-bandlari bilan bekor qilinganda ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
Mehnat shartnomasi:
korxona tugatilishi munosabati bilan;
korxona rahbari bilan tuzilgan shartnomani ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga ko‘ra;
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga ko‘ra ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining roziligini olish talab etilmaydi.

⚠️ Agar mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) 1 oylik muddat kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab emas, balki bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan boshlab hisoblanadi.

Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
ommaviy qabul
— davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
# test Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab qanchadan kechiktirmay, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
Anonymous Quiz
19%
1 hafta
28%
1 oy
34%
10 kun
19%
2 hafta
#savolimbor Bir xodimimiz yaqinda 60 yoshga to'ladi, 25 yildan ortiq ish stajiga ega. Ushbu xodimni 100-modda 2-qism 7-bandi (xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda) bilan bo'shatish haqida yozma ravishda ogohlantirdik. Lekin u ogohlantirish xatiga imzo chekishdan bosh tortmoqda? Nima qilsak bo'ladi?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

MK 102-moddasiga ko'ra, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni belgilangan muddatlarda yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart. Xodim ogohlantirish xatini imzolashdan bosh tortmoqda? Buning yechimi bor👇

❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 17-bandi 4-xatboshisiga ko'ra, ogohlantirishda xodimning imzosi bo‘lmagan taqdirda ham ish beruvchi xodimning belgilangan muddatda ogohlantirish bilan tanishtirilgani, lekin xodim imzo qo‘yishdan bosh tortgani haqida ishonarli dalillar keltirsa, sud xodimni o‘z vaqtida mehnat shartnomasining bekor qilinishi bo‘yicha ogohlantirilgan deb topishi mumkin.

❗️Demak, bu holatda xodimning ogohlantirish xatini imzolashdan bosh tortganligini xolislar ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtirib qo'ying! Yoki boshqa ishonchli dalillar, audio-video yozuvlar bilan ham isbotlashingiz mumkin.


💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio- va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#test Muddatli mehnat shartnomasini muddati tugashi munosabati bilan bekor qilishda ogohlantirish muddati qancha?
Anonymous Quiz
20%
kamida 1 hafta
11%
1 hafta
23%
kamida 3 kun
46%
ogohlantirish shart emas
#savolimbor Bizning tashkilot jamoa shartnomasida xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligini olish shart emasligi belgilangan. Shu to’g’rimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

MK 101-moddasiga ko’ra, basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qaysi holatlarda kasaba uyushmasi roziligi shart emas?

Mehnat shartnomasi:
korxona tugatilishi munosabati bilan;
korxona rahbari bilan tuzilgan shartnomani ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga ko‘ra;
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga ko‘ra ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining roziligini olish talab etilmaydi.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, jamoa shartnomasida Siz aytgan shartning kiritilgani g’ayriqonuniy va haqiqiy emas hisoblanadi. Chunki MK 5-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Bandlik Vazirligi
🇷🇸 Сербияда ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига!

Сербияда мавсумий қишлоқ хўжалиги ишларига Ўзбекистон фуқаролари таклиф этилади.

💵 Иш ҳақи соатига 3 евродан тўланади.

Фуқароларнинг турар жойи ва овқатланиш харажатлари иш берувчи томонидан қопланади.

📌 Номзодларга қўйиладиган талаблар:

18 - 45 ёшгача бўлиши;

мактаб, лицей ёки касб-ҳунар коллежини тамомлаган бўлиши;

рус ёки инглиз тилида мулоқот қила олиши;

судланмаган бўлиши.

Мазкур бўш иш ўринларига қизиқиш билдирган фуқаролар учун танловлар вақти ва жойи:

🗓 4 апрель:

Тошкент шаҳри
ва Сирдарё, Жиззах, Тошкент вилоятлари учун:
📍Тошкент шаҳри Олмазор тумани, Қамарнисо 1. Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги биноси.
☎️ (71) 236-30-40.

🗓 5 апрель:

Самарқанд, Бухоро, Навоий, Сурхондарё ва Қашқадарё
вилоятлари учун:
📍Самарқанд шаҳри, Нарпай кўчаси 7-Б уй, "Ишга марҳамат" мономаркази.
Мўлжал: Кимёгарлар қўрғони
☎️ (66) 233-24-00, (66) 233-53-00.

🗓 7 апрель:

Хоразм вилояти ва Қорақалпоғистон Республикаси
учун:
📍Урганч шаҳри, Байналмилалчи кўч., 6-уй. "Ишга марҳамат" мономаркази биноси.
☎️ (62) 229-19-96.

❗️Танловда қатнашиш истагида бўлган фуқаролар ўзлари билан қуйидаги ҳужжатларнинг электрон шаклини олиб келиши шарт:

Хорижга чиқиш паспорти сканер варианти;

3,5х4,5 ҳажмдаги фотосуратнинг электрон шакли.


Каналга уланиш
⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Вазирликнинг расмий саҳифалари ⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#yuridiklug’at
davlat ishtirokidagi tashkilot
— ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti yoxud to‘liq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#test Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati tashkilot jamoa shartnomasida belgilab qo'yilishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
29%
ha, bemalol
24%
ha, agar tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari mavjud bo'lmasagina
29%
ha, kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holdagina
18%
yo'q, mumkin emas
#savolimbor Xodimaning kredit qarzdorligi bor u dekretga chiqqan MIB uning dekret pulidan kredit qarzdorligi uchun dekretidan ushlab qolishi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Yo’q, mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 69-moddasida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar ko’rsatilgan https://lex.uz/ru/docs/-26477.

Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:

mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda to‘lanadigan summalarga;
❗️homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga;
xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida to‘lanadigan summalarga.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Yangi elektron kitob

🏛
Axborot-resurs markazi e'tiboringizga Bahodir Hamroqulov muallifligidagi "Mehnat nizolarini hal etish" nomli o'quv qo'llanmaning elektron shaklini taqdim etadi.

👉 Mazkur o‘quv qo‘llanma «Mehnat nizolarini hal etish» modulining o‘quv dasturi (sillabus) asosida tayyorlangan bo‘lib, unda nazariy mavzular, test savollari, mavzularni chuqurroq o‘rganish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘z ifodasini topgan. Qo‘llanmani tayyorlashda mavzuga oid milliy va xorijiy adabiyotlardan keng foydalanilgan.

👨‍💻 Mazkur o'quv qo'llanmani library-tsul.uz saytidan onlayn o'qish imkoniyatiga egasiz.

👉@tsullibrary👈
#savolimbor Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimdan tilxat olish shartmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Mehnat kodeksiga ko’ra 4 ta holatda xodimdan tilxat olinishi shart (82,89,96,182-moddalar). MK 89-moddasiga ko’ra, ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin.

MK 182-moddasi 7-qismiga ko’ra, intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Demak, agar mehnat shartnomasi xodimning aybli xatti-harakatlari bilan (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinsa xodimdan tilxat olinishi shart. Chunki MK 181-moddasiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) intizomiy jazolar hisoblanadi.

Demak, agar mehnat shartnomasi yuqoridagilardan boshqa asoslar 87,97.1, 97.5, 97.6, 99, 100-modda 2-qismi 1,2,5,6,7-bandlari, 105, 106-moddalar bilan bekor qilinsa tilxat olish shart emas.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi