Mehnat huquqi
26.1K subscribers
840 photos
157 videos
382 files
3.69K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. Bizni bir savol qiynamoqda pedagog xodimni ta’tilini farazan 56 kalendar kun deb olsak, unga 401-moddadagi 4 kalendar kun ta’tilni qo’shib 60 kun ta’til berish mumkinmi? Bundan tashqari 220-moddadagi ta’tilnichi?

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Savolga aloqador moddalar: MK 222, 237, 401-moddalar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 20-moddasi

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
Voice message
#lifehack Hurmatli supererinchoqlar, audioni 2x qilib eshitsanglar, 11 daqiqalik audioni 5.5 daqiqada eshitib bo'lasizlar))
#savolimbor Assalomu alaykum, xususiy tashkilotlar yangi kodeks bo’yicha dekret ta’tili bermaslikka haqlimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

❗️Xususiy tashkilotlar ham "dekret ta'tili" berishga majbur. Mehnat kodeksinining 237-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);

bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);

o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);

ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).

❗️Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

⚠️ E’tibor bering! homiladorlik va tug‘ish ta’tili va boshqa ijtimoiy ta’tillar ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ya’ni xususiymi, budjet tashkilotimi taqdim qilinadi va “dekret puli” to’lab beriladi.

Ish beruvchi xodimga “dekret puli”ni to’lab bermasachi?

⚠️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-3-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 million 950 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha (9 million 900 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling:

Prezident virtual qabulxonasi +99871 210 00 00

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi +99871 200 06 00

Bosh prokuratura – 1007;

Adliya vazirligi – 1008.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan
Mehnat kodeksida ta’tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
har yilgi mehnat ta’tili;
ijtimoiy ta’tillar;
ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;
ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

Mehnat kodeksi 213-modda

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
OYLIKNI KECHIKTIRGANLIK UCHUN PENYA BORMI?

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga koʻra ish haqi toʻlovlari har oyni nechanchi sanasidan kechiksa penya hisoblanadi. Penya miqdori necha soʻm?

🔰Javob
Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.
Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Pensiya yoshiga yetganligi bilan xodim o'z xohishiga ko'ra bo'shasa xodim ta'tilni avansoviy olsa bo'shash vaqtida qarzini qaytaradimi yoki yoqmi
https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Savolga aloqador moddalar, MK 160-moddasi 8-qismi, 227-228, 269-moddalar

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Birinchi ish yilida mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan 6 oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
19%
Yo'q, mumkin emas
42%
Ha, barcha toifa xodimlarga berish mumkin
27%
Ha, faqat ayrim toifa xodimlargagina berilishi mumkin
12%
Ha, faqat kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holatdagina
#savolimbor Янги кодексда стажга татил бериш бор уриндош ишлаган ходимгаям 10 йил стажи булса уларга хам стажи буйича кушиб берамизми

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤
Aloqador hujjatlar va moddalar. MK 220,  439, 440-moddalari

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#RADDIYA

Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor boʻlgani haqida tarqalayotgan xabarlar boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

Prezidentning 2005-yil 2-iyundagi qarori 6-bandida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish yuklatilgan.

Mazkur topshiriqqa muvofiq 2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qaror bilan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Unda oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tahsil olib tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati belgilangan.

Davlat rahbarining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qarori 3-ilovasiga muvofiq Prezidentning ayrim qarorlari, jumladan, 2005-yil 2-iyundagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi. Ammo mazkur qaror ijrosiga koʻra ishlab chiqilib, tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan.

Bu quyidagicha izohlanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi birinchi qismiga koʻra “Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim”.

Shunga koʻra, hozirga qadar nizomdagi tartiblar yangi huquqiy normalarga zid emas va ushbu nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha qoida biror-bir normativ hujjatda koʻzda tutilmagan.

Bundan koʻrinadiki, oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati hozirgi kunda ham amal qiladi.

Shu oʻrinda, barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarni tarqatishlarini soʻrab qolardik.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube‌‌
Mehnat huquqi
​#RADDIYA Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan Ijtimoiy tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor boʻlgani…
❗️ Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari (keyingi o‘rinlarda matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi

❗️Asos: 1506-сон 06.08.2005. Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-755838

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Jurnalist va blogerlar press-turga taklif etiladi!

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar o‘rtasida bo'lib o'tayotgan EPS-Topik UBT test imtihoni jarayonlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida press-tur rejalashtirilmoqda.

🕐Press-tur 2023-yil 22-may kuni soat 10:00 da boshlanadi.

🚌Press-tur ishtirokchilari uchun transport tashkillashtirish imkoniyati mavjud.

🏢Press-tur manzili: Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy.

📍 Lokatsiya

☎️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 71 202 33 55 (ichki raqam 67)

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
#qonunbilan MK 204-moddasiga ko'ra, agar ish kunining (smenaning) davomiyligi 8 soatdan oshgan hollarda xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish belgilangan bo‘lsa, xodimga dam olish va ovqatlanish uchun ikkita tanaffus berilishi kerak.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Quyidagilardan qaysi biri mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar qatoriga kirmaydi?
Anonymous Quiz
71%
konvensiyalar
7%
jamoa kelishuvlari
5%
jamoa shartnomalari
17%
ichki hujjatlar
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum. Oddiy qurilishda ishliman. Bir joyda ishladim ishlatgan odam kelishilgan pulni bermayapti. Berishini aytib puli yo’qligin bahona qiladi. Men ishlagan uyni egasi pulni meni olib borgan odamga (prarapga) berganligini aytyapti prarap bermadi deyapti. Bu vaziyatda nima qilsam bo’ladi pulimni qaysi yo’l bilan olsam bo’ladi, 300 $ pul.


Javob
Bizga mana shu mazmundagi savollar ko’plab kelmoqda. Shu sababli barchasiga umumiy qilib javob berishga harakat qilamiz. Quyida mehnat sohasidagi vakolatli organlarni manzillarini havola qilamiz:
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari manzillari;
2. O’zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining manzillari;
3. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlari manzillari;
4. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy organlari manzillari;
5. Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi manzillari
Yuqoridagi organlarga murojaat qilish orqali o'z huquqingizni himoya qilishingiz mumkin.

💻 Murojaatlar uchun:
@MehnathuquqiBot
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#savolimbor 📩

Men ish beruvchini 14 kun oldim oldin o’z xohishim bo’yicha ishdan bo’shatishni so’rab yozma ravishda ogohlantirdim. Lekin bu muddat davomida oyog’im sinib, 1 oy gipsda yotdim. Ogohlantirish muddati tugagach men bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi va menga bolnichniy to’lab berilmadi. Shu asoslimi?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик бўйича нафақа меҳнат қобилияти йўқолган биринчи кундан то у тиклангунга қадар ёки тиббий-ижтимоий экспертиза комиссияси (ТИЭК) томонидан ногиронлик белгилангунга қадар, ҳатто бу даврда ходим билан меҳнат шартномаси бекор қилинган ҳолларда ҳам берилади❗️

📌Асос: «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги низомнинг 11-банди (рўйхат рақами 1136, 14.05.2002 й.) https://lex.uz/docs/357102

Telegramdagi kanalimizga ulanishni unutmang.👇👇 
https://t.me/mehnathuquqi