Mehnat huquqi
28.7K subscribers
901 photos
218 videos
393 files
4.01K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#qonunbilan MK 102-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, ish beruvchi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga ko‘ra ilgari o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni, basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, ishga qabul qilishi shart.

❗️Ya’ni sodda qilib aytganda, qisqarishga tushgan xodim ishdan bo’shagan kundan boshlab 6️⃣ oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, ish beruvchi qisqarishga tushib bo’shab ketgan xodimni qayta ishga qabul qilishi shart.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan Mehnat kodeksi 503-moddasi sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tartibga soladi.

... Ish beruvchi o‘z mablag‘lari hisobidan sportchilarni sport kiyim-boshlari, sport anjomlari va ashyolari, ular mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlashi, shuningdek mazkur kiyim-boshlar, asbob-uskunalar, anjomlar, ashyolar va vositalarni foydalanishga yaroqli holatda saqlashi shart.

Sportchilarga yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi, uning davomiyligi jamoa shartnomalarida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomalarida belgilanadi, lekin u 4⃣ kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Ish beruvchi sportchining sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan hollarda, ish beruvchilar o‘rtasidagi kelishuvga, sportchining o‘z yozma roziligiga ko‘ra, bir yildan oshmaydigan muddatga vaqtincha boshqa ish beruvchiga o‘tishiga yo‘l qo‘yiladi...

Batafsil 503-moddaga qarang!

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Kechki yoki sirtqida o’qiyotgan xodimlarga qonunda nazarda tutilganidan ko’ra ko’proq (30 yoki 40 kundan ko'proq) o’quv ta’tili bersa bo’ladimi?

#qonunbilan MK 385-moddasi kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni belgilab bergan.

Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha oʼqiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun oʼquv taʼtillari:

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida oʼqiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida 20 kalendar kun, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida 10 kalendar kun, oliy va oʼrta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʼqiyotganlarga esa — kamida 30 kun;

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda oʼqiyotganlarga — kamida 30 kalendar kun, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida 20 kalendar kun, oliy va oʼrta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʼqiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun muddatga oʼrtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi koʼproq boʼlgan oʼquv taʼtillari nazarda tutilishi mumkin.

Ishni oʼqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular oʼquv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.

Ish beruvchi oliy taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun taʼlim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yoʼlkira haqining 50 foizidan kam boʼlmagan miqdorini toʼlaydi. Davlat attestatsiyasidan oʼtish uchun xuddi shunday miqdorda yoʼlkira haqi toʼlanadi.

⚠️ Demak, yuqoridagi kafolatlar va kompensatsiyalar kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun taqdim qilinadi.

📍Davomiyligi koʼproq boʼlgan oʼquv taʼtillari (aytaylik, 30 yoki 40 kalendar kundan ko’proq) mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilishi mumkin. MK 12-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
jamoa kelishuvlari;
jamoa shartnomalari;
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishuvga koʼra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

Kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shaklida ta’lim olayotganlar uchun esa yuqoridagi kafolatlar va kompensatsiyalar tatbiq qilinmaydi, ular uchun korxonaning ichki lokal hujjatlari yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida alohida kafolatlar taqdim qilinishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko’ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi https://lex.uz/docs/-6221502

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 1 - avgustdagi "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga binoan, kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va menejerlik sertifikatiga (ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi) hamda ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj ega, shuningdek belgilangan qo'shimcha talablarga javob beruvchi shaxslar umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktor lavozimini egallashi mumkin.

Batafsil ma’lumot olish quyidagi video tomosha qiling:
https://youtu.be/D3r44zzqles?si=fVqlPjAhoAQrfU6M

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang @mehnathuquqi
#qonunbilan Bayram muborak!

Hurmatli ish beruvchilar, bayram bayramdek o’tsin! Sizlarga Mehnat kodeksi 209-212, 263, 396, 417,428-moddalarini va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasini diqqat bilan o’qib chiqishni tavsiya qilamiz! Ushbu moddalarning ayrim qismlaridan misollar keltiramiz.

Hurmatli xodimlar, haq olinur berilmas!

MK 209-moddasiga ko’ra, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno…

❗️MK 210-moddasiga ko’ra, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari xodimning roziligisiz ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan alohida hollar mustasno…

❗️MK 211-moddasiga ko’ra, xodimlar ishga jalb etiladigan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarining sonini cheklash, bundan ushbu Kodeks 210-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanishi mumkin…

❗️MK 212-moddasiga ko’ra, xodimlarni dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga jalb etish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi…

❗️MK 263-moddasiga ko’ra, dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi…

❗️MK 396-moddasiga ko’ra, homilador ayollar, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) faqat o‘z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin…

MK 417-moddasiga ko’ra, 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborish, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

❗️MK 428-moddasiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

⚠️ MJTK 49-moddasiga ko’ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha (3 million 400 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi…


💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan
Agar muddatli mehnat shartnomasi ushbu Mehnat kodeksning 112 yoki 113-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa, xodim bilan ushbu shartnomani tuzish asoslidir.

O'z huquqlaringizni You tubedagi http://www.youtube.com/@miryoqubraximov9466
videolar orqali mustaqil o'rganing.
Darslar mutlaqo bepul va beg'araz.

💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
#qonunbilan
Axborot xizmatlari xodimlariga, boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda davlat organlari va tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ustama to‘lashga haqlidir.

Mehnat kodeksini mustaqil o'rganing.
https://www.youtube.com/@miryoqubraximov9466

Murojaat uchun: https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#qonunbilan
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-963-sonli Qonuni bilan Mehnat kodeksining 4-moddasiga o'zgartish kiritildi.

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligaga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir.

Xorijiy davlatlarda, xususan, qo'shni Qirg‘iz Respublikasining 2004-yildagi Mehnat kodeksi 9-moddasida ham mavjud. sudlanganlik holati (mehnat munosabatlari sohasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlar bundan mustasno) bo‘yicha xodimlar huquqlarining buzilishi kamsitish sanaladi.

Mehnat huquqini http://www.youtube.com/@miryoqubraximov9466
saytdagi videolar orqali mustaqil o'rganing.
Darslar mutlaqo bepul va beg'araz
#qonunbilan
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o'zgartish kiritildi.
Unga ko'ra, haydovchilikka nomzodlar tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun majburiy ravishda dastlabki tibbiy ko‘rikdan, transport vositalarining haydovchilari esa majburiy ravishda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Kuchga kirish sanasi 27.09.2024

Batafsil tanishish uchun
https://lex.uz/docs/-7116841
#qonunbilan
Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

208-moddaga ko'ra, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni ishlanmaydigan bayram kunidir.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi videoni ko'ring.
https://youtu.be/9d5mHKlBObY?si=rcDdL-OrIR4Aazxb