Mehnat huquqi
26.2K subscribers
841 photos
158 videos
382 files
3.7K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
9. Bunday kunlarda ish vaqtidan tashqari ishlagan xodimga 4 barobar haq to’lanadimi?
Dam olish kunlarida yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ish vaqtidan tashqari ishlagan xodimga ham kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi. Chunki, dam olish kunlari yoki bayram (ishlanmaydigan) kunida ishlaganligi uchun kamida 2 hissa haq olganku.

10. Bunday kunlarda ishga jalb qilish qanday rasmiylashtiriladi?

Dam olish kunlarida yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishga jalb qilish ish beruvchinig farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi. E’tibor bering buyruq emas farmoyish. Aslida bu ikki tushuncha o’rtasida jiddiy farq bo’lmasada, lekin ortiqcha boshog’riqni oldini olish uchun farmoyish bilan rasmiylashtiring. Chunki, Mk 130-moddasida aynan farmoyish bilan deyilgan.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar noto'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping?
Anonymous Quiz
33%
normal xo‘jalik tavakkalchiligi
13%
oxirgi zarurat
15%
zaruriy mudofaa
38%
buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
#test Ish beruvchi aliment to‘lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida sud hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi davlat ijrochisiga yoki aliment oluvchi shaxsga necha kun muddat ichida xabar berishi shart.
Anonymous Quiz
43%
3
12%
5
10%
7
35%
darhol
#savolimbor Ходимимиз меҳнат шартномасини ўз ташаббуси билан бекор қилиш тўғрисида ариза ёзди. Лекин мен ишдан бўшашга ариза ёздим, ишга чиқмасликка ҳаққим бор деб, ишга чиқмаяпти. Бу ҳолатда қандай йўл тутайлик?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

📌 Меҳнат кодексининг 99-моддасига кўра, ходим номуайян муддатга тузилган меҳнат шартномасини ҳам, муддати тугагунга қадар муддатли меҳнат шартномасини ҳам, икки ҳафта олдин иш берувчини ёзма равишда огоҳлантириб, бекор қилишга ҳақлидир. Огоҳлантириш муддати тугагандан сўнг ходим ишни тўхтатишга ҳақли.

⚠️ Эътибор беринг! Ходим огоҳлантириш муддати тугагандан сўнг ишни тўхтатишга ҳақли. Агар ходим узрсиз сабабларга кўра ишга чиқмаса, бу меҳнат интизомини бушиш сифатида баҳоланади.

📌 Бундан ташқари, Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги 12-сонли «Судлар томонидан меҳнат шартномаси (контракти)ни бекор қилишни тартибга солувчи қонунларнинг қўлланилиши ҳақида»ги қарорининг 15-бандига кўра👇

👉ходимнинг огоҳлантириш муддати ўтмасдан ўзбошимчалик билан ишни ташлаши у томонидан меҳнат мажбуриятларини бузиш деб баҳоланади.

💡Демак, бу холатда ходимга нисбатан Меҳнат кодексининг 181-моддасида назарда тутилган интизомий жазо чораларини қўллашингиз мумкин. Ҳаттоки меҳнат шартномасини Меҳнат кодекси 100-моддаси 2-қисмининг 3 ёки 4-банди билан бекор ҳам қилишингиз мумкин.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
https://t.me/mehnathuquqi
Mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi jasadini olib ketish uchun uni urf-odatlarga ko‘ra tayyorlash xizmatlari va boshqa xizmatlar haqini to‘lash xarajatlarining qanchasi qoplab beriladi?
Anonymous Quiz
45%
1 ming AQSh dollarigacha
28%
2 ming AQSh dollarigacha
16%
2.5 ming AQSh dollarigacha
11%
3 ming AQSh dollarigacha
#lekinbufakt
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Boshqaruv organi tomonidan 2022-yil 22-mart kuni Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o'rtasidagi nizo yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi.
Mazkur rezolyutsiya bilan quyidagi linkda tanishib chiqishingiz mumkin.
Rezolyutsiyaning ingliz tilidagi matnini https://translate.yandex.ru yoki https://translate.google.com onlayn tarjimon dasturlari orqali xohlagan tilga o'girib o'qiy olasiz.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#savolimbor Mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jasadlarini xorijdan olib kelish tartibini tushuntirib bersangiz. Davlat tomonidan xarajatlar qoplanadimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

❗️Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 5-ilova “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida” Nizomga ko’ra, mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalaniladi.

📌Xarajatlarni to‘lash uchun talab etiladigan hujjatlar 👇

1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i nomiga ariza (fuqarolar vafot etgan bo‘lsa — yaqin qarindoshlar yoki boshqa shaxslar murojaati, bunda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi).
2. Vafot etgan fuqaro pasportining nusxasi.
3. Agar mehnat migranti ishga joylashtirilgan mamlakat hududida vafot etgan bo‘lsa, ushbu mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan o‘limni tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi). Soddaroq aytganda, migrantni patenti bo'lishi shart.
5. Og‘ir jarohatlar olganligi va mayib bo‘lganligi to‘g‘risida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi (ko‘chirmalar, xulosalar, kasallik tarixi).

❗️Moliyalashtirish limiti 👇

1. Vafot etgan shaxs jasadini olib ketish uchun uni urf-odatlarga ko‘ra tayyorlash xizmatlari va boshqa xizmatlar haqini to‘lash - 1 ming AQSh dollarigacha

2. Vafot etgan shaxsning jasadini O‘zbekiston Respublikasiga tashish bo‘yicha transport kompaniyalari xizmatlari haqini to‘lash - transport kompaniyalari narxlariga muvofiq

3. O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan og‘ir kasalga chalingan odamlar tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari haqini to‘lash - transport kompaniyalari narxlariga muvofiq.

(Limitlar oshirilishi mumkin: 1,5 baravar — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan kelishilgan holda; 2 baravar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda.)


💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
asosiy ish joyi — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#lekinbufakt
📊 2021 yil davomida respublikada sodir bo‘lgan va qayd etilgan 574 ta baxtsiz hodisalarning 168 tasi, ya’ni 29 foizi qurilish sohasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalardir. Baxtsiz hodisalar oqibatida 199 nafar xodim halok bo‘lgan, shuning 84 nafari (42 foizi) qurilish sohasida mehnat qilgan ishchilar. Bundan tashqari, ushbu sohada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar oqibatida 113 nafari og‘ir tan jarohati olgan.

🎛 Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-sonli konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.

🪧 Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimini yanada kuchaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
https://regulation.gov.uz/uz/d/58823

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#savolimbor Маъмурий жавобгарликка тортилган ходимга интизомий жазо қўлласа бўладими?

Меҳнат кодексининг 182-моддаси 4-қисмига кўра, ҳар бир ножўя хатти-ҳаракат учун фақат битта интизомий жазо қўлланиши мумкин.

⚠️Эътибор беринг, гап фақат битта интизомий жазо хусусида кетмоқда. Яъни ходимга масалан, ҳам ҳайфсан, ҳам жарима қўллай олмайсиз. Фақатгина Меҳнат кодексининг 181-моддасидаги интизомий жазолардан бирини қўллай оласиз.

📌 Лекин агар содир этилган ҳуқуқбузарлик ходимнинг ўз меҳнат вазифаларини бажариш билан бевосита боғлиқ бўлса ҳамда ходим маъмурий жавобгарликка тортилса, иш берувчи ходимга бемалол интизомий жазо қўллаши мумкин.


👉Масалан, шифокор ҳаёти ёки соғлиғи учун хавфли ҳолатда бўлган шахсга шошилинч ва (ёки) кечиктириб бўлмайдиган тиббий ёрдам кўрсатишни асоссиз равишда рад этганлиги учун маъмурий жавобгарликка тортилди (МЖТК 59-1 моддаси). Бу ҳолатда шифокорга Меҳнат кодексининг 181-моддасидаги интизомий жазолардан бирини қўллаш мумкин.

📌Эътибор беринг, агар ташкилотнинг ички меҳнат тартиб қоидаларда тиббий ёрдам кўрсатишни асоссиз равишда рад этиш меҳнат вазифаларини бир марта қўпол равишда бузиш сифатида кўрсатилган бўлса, бундай шифокор билан меҳнат шартномасини 100-модда иккинчи қисмининг 4-банди билан ҳам бекор қилиш мумкин.

💡Энди масалага бошқа томондан қараймиз. Шифокор тезликни оширгани учун маъмурий жавобгарликка тортилди (МЖТК 128-3-моддаси). Лекин бу ҳолатда иш берувчи бу ходимга интизомий жазо чораси қўллай олмайди.

⚠️Чунки, интизомий жазолар ходимни унга юклатилган меҳнат мажбуриятларини ножўя хатти-ҳаракати туфайли бажармаслиги ёки тегишли тарзда бажармаслиги (ички тартиб қоидалари, мансаб йўриқномалари, низомлар, иш берувчининг қонуний буйруқлари, техник қоидаларни бузиш ва ҳ.к.) сабабли қўлланиши мумкин.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
o‘rindoshlik asosida ishlash —
xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#savolimbor Xodimimiz homilador. Ishga o’z vaqtida kelmaydi, erta ketib qoladi, berilgan topshiriqlarni ham qoniqarsiz bajarmoqda. Qo'llaringdan hech narsa kelmaydi, baribir bo'shata olmaysan deyapti. BIz u bilan mehnat shartnomasini bekor qila olmaymizmi? Qanday yo’l tutsak bo’ladi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas desak noto’g’ri bo’ladi. Chunki, Mehnat kodeksi 237-moddasiga ko’ra bunday ayollar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan ya’ni 100-modda bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno. Boshqa asoslar bilan: 89, 97.1, 97.5, 99, 105, 106-moddalar bilan homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bemalol bekor qilish mumkin. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/2258

Amaliyotda ayrim homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar tomonidan qonunchilik tomonidan berilgan kafolatlarni suiiste’mol qilish holatlari kuzatilmoqda. Ya’ni, mehnat intizomiga ongli ravishda rioya qilmaslik, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarmaslik. Xodimning noloyiqligi va ishni uddalay olmayotganligini isbotlovchi aniq faktlar mavjud bo‘lsa ham, ish beruvchilar malakasi va mehnat unumdorligi o‘ta past bo‘lgan bunday toifa xodimlar bilan ishlashga majbur bo‘lishmoqda. Bu esa tashkilotga iqtisodiy jihatdan ham qimmatga tushmoqda.

Bunday vaziyatlarda ish beruvchi nima qila oladi?

Faqatgina yuqoridagi xodimlarga quyidagi intizomiy jazolardan birinigina qo‘llay olishi mumkin:
• hayfsan;
• o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
• ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan holatdagina o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.

Agar shunday vijdonsiz xodimlar bo’lsa ularga ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan bo'lsa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida jarima va mukofotdan mahrum qiling. Agar lokal hujjatlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, xodimga ham intizomiy jazo qo‘llab, ham mukofotdan mahrum qilsa bo‘ladi. Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/2604

Bir kunda 2 marta jarima ham qo’llashingiz mumkin. Chunki xodimga u sodir etgan nojo‘ya xatti-harakatlari uchun intizomiy jazo chorasi qo’llashda cheklov yo’q. Ya’ni xodim ertalab ishga kech keldi, unga jarima qo’llanildi hamda ishdan vaqtli ketib qoldi yana jarima qo’llasangiz bo’ladi. Chunki, xodim 2ta har xil nojo‘ya xatti-harakat sodir etmoqda. Jarimani ushlab qolishda esa MK 164-moddasi talablariga rioya qilish esdan chiqmasin.

Batafsil: https://qalampir.uz/uz/news/ekspert-fikri-ish-beruvchining-zimmasidagi-ortik-cha-yuk-larni-olish-vak-ti-kelmadimi-12717
Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
ariza
— huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#test “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida necha marta bepul topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmagan shaxslar mukofotlanadilar.
Anonymous Quiz
44%
30
31%
40
18%
50
7%
60
#lifehack Ҳам савоб, ҳам 🎖кўкрак нишони олишни истайсизми?

🩸Ўзбекистон Республикаси фахрий донори» («Почетный донор Республики Узбекистан») кўкрак нишони билан ўз қонини камида 4️⃣0️⃣ марта ёки унинг таркибий қисмларидан бир қисмини камида 6️⃣0️⃣ марта бепул топширган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари мукофотланадилар.

🏅Кўкрак нишони билан Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ҳисобланмаган шахслар ҳам мукофотланиши мумкин.

Кўкрак нишони, унга гувоҳнома ва пул мукофоти Жаҳон донор кунида – 14 июнда Соғлиқни сақлаш вазири ёки унинг номидан ва унинг топшириғига кўра бошқа масъул шахслар томонидан тантанали вазиятда топширилади.

Кўкрак нишони билан мукофотланган шахслар базавий ҳисоблаш миқдорининг 5️⃣ баравари миқдорида бир йўла пул мукофоти оладилар.

P.S Соғлиқни сақлаш вазирлиги ташаббуси билан бошланган “Қон топшир — ҳаёт инъом эт!” хайрия акциясида фаол иштирок этинг!

💻 Murojaatlar uchun:
@MehnathuquqiBot
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇
@mehnathuquqi
#savolimbor Xodim mehnatga layoqatsizlik varaqasini necha kun ichida ish beruvchiga topshirishi kerak?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 94-bandiga ko’ra👇

Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugaganidan so‘ng chiqishining birinchi kunidayoq korxonaga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.

Korxonada vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining “Tabelchi tomonidan va kadrlar bo‘limi tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limlariga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib, imzo qo‘yiladi) ijtimoiy sug‘urta komissiyasiga topshiriladi.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#yuridiklug’at
taklif
— davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#test Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs bu haqda qancha muddatda davlat ijrochisiga xabar berishi shart.
Anonymous Quiz
37%
3 kun
28%
3 ish kuni
12%
7 ish kuni
23%
darhol
#savolimbor Assalomu alaykum, barchangizga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin. Men tashkilot rahbariman. Xodimlarimizga Ramazon oyida qonuniy tartibda ishdan vaqtliroq ketishlari uchun qanday yengilliklar qilib berishim mumkin?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Va alaykum assalom! Barchamizga kirib kelayotgan rahmat va mag’firat oyi Ramazoni sharif muborak bo’lsin! Shu kunga qadar faqat xodimlar o’z haq-huquqlarini so’rab savol yuborar edilar. Bu kabi savollar juda-juda kamyob. Sizdek xodimparvar rahbarlar ko’payishini so’rab qolamiz.

Salmon Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sha’bon oyining oxirgi kuni bizlarga xutba qildilar. Aytdilar... Kim Ramazon oyida qo‘l ostidagilarga yengillik yaratib bersa, Alloh uni mag‘firat qilib, do‘zaxdan ozod qiladi”. Bayhaqiy rivoyati.

Savolingizga amaldagi qonunchilik doirasida javob berishga harakat qilamiz. Mehnat kodeksining 177-moddasi (Ish beruvchining burchlari) ga ko’ra, ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.

❗️Demak, ish beruvchi xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shart ekan. Sizdek xodimparvar rahbarlarga Ramazon oyida xodimlarga yengillik berish maqsadida quyidagi ayrim usullarni taklif qilamiz (yana boshqa qo'shimcha kafolatlarni keyingi postlarimizda berib boramiz):

1️⃣-usul. Mehnat kodeksining 4-moddasi 2-qismiga ko’ra, qonun hujjatlaridagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.

❗️Demak, ichki lokal hujjatlarda, masalan, jamoa shartnomasida Ramazon oyida kundalik ish (smena) muddatini barcha xodimlar uchun 1 (bir) soatga qisqartirilishi belgilab qo’yilishi mumkin.

2️⃣-usul. Mehnat kodeksining 127-moddasiga ko’ra, xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi. Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusning muayyan davomiyligi qonunda belgilanmagan. MKning 127-moddasida faqat ish beruvchining tanaffus berish majburiyatigina qayd etilgan. Mehnat kodeksida: ish boshlanganidan keyin bunday tanaffus qaysi vaqtda berilishi lozimligi belgilanmagan hamda tanaffus vaqti cheklanmagan.
Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi.

❗️Demak, Ramazon oyida ro’zador xodimlar uchun biz amaliyotda ko’nikib qolganimiz 1 soatlik tushlik uchun tanaffus o’rniga ularga dam olishi uchun 20 daqiqa berilsa, shunda ro’zador xodimlar 40 minut vaqtli ketishlari mumkin bo’ladi.

3️⃣-usul. 1 soatlik tanaffus (tushlik vaqti)ni ish kunining (ish smenasining) oxiriga ko‘chirib, ish kuni (ish smenasi) shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

❗️Demak, tanaffus vaqtini xodim ish beruvchi bilan kelishgan holda o’ziga qulay vaqtga o’tkazishi mumkin. Tanaffus vaqtini ichki mehnat tartibi qoidalariga o’zgartirish kiritish orqali ham qulay vaqtga o’zgartirish mumkin. Ichki mehnat tartibi qoidalari xodimlar tomonidan berilgan iltimos va takliflar va kasaba uyushmalari orqali qilingan takliflarni inobatga olgan holda o’zgartirilishi mumkin.
❗️⚠️ P.S Yana bir eng optimal usul bor. MK 115-moddasiga ko’ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim. Mana shu oltin qoidaga rioya qilishning o’zi ham yetarli nazarimizda))

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi