Andromeda
698 subscribers
70 photos
7 videos
13 files
91 links
Ilmiy-falsafiy qarashlarim bilan boʻlishib boraman. Hasan Mehmonov.

Eslatma!

Blogdagi har bir fikr mutlaqo subyektiv. Amalda qoʻllash natijasida kelib chiquvchi oqibatlarga javob bermaslik huquqini oʻz boʻynimga olaman.

Kichik mavzular: @outermind_blog
Download Telegram
Hech oʻylab koʻrganmisiz: Siz hech qachon oʻz koʻzingiz bilan oʻzingizni koʻrmagansiz va bundan keyin ham koʻra olmaysiz. Miyangizdagi oʻz koʻrinishingiz haqidagi barcha tasavvurlar oynadagi aksingiz, fotosuratlar va boshqalarning taʼriflari orqali shakllangan va siz bunga butun umr ishonib kelgansiz – hech qachon oʻz koʻzingiz bilan koʻrmagan "haqiqat"ga. Think about it, Morty!

@mehmonov_blog
2024-yilgi Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Jon J. Hopfild va Jeffri E. Hintonga "sun’iy neyron tarmoqlari yordamida mashinali o‘rganishni amalga oshirish imkonini beruvchi fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun" berildi.

Manba

@mehmonov_blog
Eng Murakkab Mantiqiy Jumboq

Uch xudo jumbog‘i nomi bilan tanilgan eng murakkab mantiqiy jumboq sifatida qaraladigan puzzlni sizlarga bermoqchiman. Agarda kim jumboqni topib, uning javobini yoritib bersa, Bo Bennetning "Mantiqiy xato" kitobini sovgʻa qilaman. Demak, jumboq quyidagicha:

A, B va C nomli uch xudo qandaydir tartibda Rostgo‘y, Yolg‘onchi va Tasodifiy deb ataladi. Rostgo‘y har doim haqiqatni so‘zlaydi, Yolg‘onchi har doim yolg‘on gapiradi, ammo Tasodifiy esa rost yoki yolg‘on gapirishi mutlaqo tasodifiy. Sizning vazifangiz uchta ha yoki yo‘q savolini berish orqali A, B va C ning kimligini aniqlash; har bir savol faqat bitta xudoga berilishi shart. Xudolar sizning tilingizni tushunadi, lekin barcha savollarga o‘z tillarida javob qaytaradi. Ularning tilida ha va yo‘q so‘zlari da va ja shaklida, ammo qaysi biri qaysi ma’noni anglatishini bilmaysiz.


Qoʻshimcha yoʻriqnoma:

(1) Ba’zi xudolarga bir nechta savol berilishi mumkin (va shu sababli, ba’zi xudolarga umuman savol berilmasligi ham mumkin). Yaʼni siz bitta xudoga 3 ta savolni ham berishingiz va qolganlariga hech qanday savol bermasligingiz mumkin.

(2) Ikkinchi savolning mazmuni va qaysi xudoga yo‘naltirilishi birinchi savolning javobiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. (Xuddi shu holat uchinchi savol uchun ham o‘rinli.)

(3) Tasodifiyning javobi uning miyasida yashiringan adolatli tanganing tasodifiy tushishiga bog‘liq deb hisoblanishi kerak: agar tanga gerbli tomoni bilan tushsa, u haqiqatni aytadi; agar raqamli tomoni bilan tushsa, noto‘g‘ri gapiradi.

(4) Tasodifiy har qanday "ha yoki yo‘q" savoliga "da" yoki "ja" deb javob beradi.


Oʻz javoblaringizni izohlarda "spoiler" funksiyasi bilan yashirgan holatda qoldiring. Muddat shanba kuni kechki soat 20:00 gacha. Birinchi toʻgʻri javob bergan kishiga yuqorida vaʼda qilingan kitob sovgʻa qilinadi. Agar hech kim javobni topa olmasa yakshanba kuni javobni eʼlon qilaman va kitob ham oʻzimda qoladi :)

P.s: Internetdan izlash boʻlmasin, miyangizni ishlating.

@mehmonov_blog
Andromeda
Eng Murakkab Mantiqiy Jumboq Uch xudo jumbog‘i nomi bilan tanilgan eng murakkab mantiqiy jumboq sifatida qaraladigan puzzlni sizlarga bermoqchiman. Agarda kim jumboqni topib, uning javobini yoritib bersa, Bo Bennetning "Mantiqiy xato" kitobini sovgʻa qilaman.…
Yuqoridagi jumboqga javobni post qilish turli sabablarga koʻra anchayin kechikdi. Bugun nihoyat yakunladim. Obunachilardan kelgan javoblarda qiziq yechimlar berilgan, lekin aniq javobni toʻlaqonli ifodalovchi xabar chiqmadi. Shu bois keyinroq yana bir savol tashlayman, u savolga kim toʻgʻri javob bera olsa "Mantiqiy Xato" kitobini oʻsha odam oladi.

Demak, Uch Xudo Jumbogʻi Javobi

P.s: Javob ham jumboq kabi anchayin oʻylantiradigan chalkashliklarga ega. Agar toʻlaqonli tushuna olmasangiz manbalar bilan tanishib chiqing.

@mehmonov_blog
1
Soʻnggi ikki yildan beri Sunʼiy Intellekt (AI) mavzusiga juda berilib ketganman. Ingliz tilida aytganda "obsessed" boʻlib qolganman. Har kuni qanaqadir yangiliklar va maqolalar oʻqib turaman. Xavflari-yu bizga keltiradigan foydasini oʻrganaverib boshim qotib ketgan. Bu boʻyicha juda bir katta maqola boshlab hali tugatolmadim ham. Balki tugatsam yangi yilga sovgʻa boʻlar))

Gapni qisqaroq qiladigan boʻlsam, shu mavzuga oid yangiliklarni har kuni shundoq ham koʻrar ekanman, nega endi kimlar bilandir ulashib bormasligim kerak degan fikr kelib qoldi. Shu boisdan yangi kanal ochdim. AI sferasidagi yangiliklar bilan ulashib boraman. Qoʻshilib qoʻysangizlar foydali boʻladi deb oʻylayman. Agar kelajangingizdan xavotir olsangiz bu yangiliklardan siz ham xabardor boʻlishingiz lozim. Link:

Insoniy AI
Forwarded from My Dark Side
Yana oʻsha yangi yil, yana oʻsha Home Alone, yana oʻsha davra, yana oʻsha kamchiliklar, ogʻriqlar, mantiqsizlik va savollar... Bolalikdagi yangi yil zavqi endi qaytmaydi, u oʻldi, uni biz oʻzimizning ulgʻayganligimiz bilan oʻldirdek... Endi esa qabri ustida raqs tushmoqdamiz...
Kanalda vaqt haqida bir nechta soddalashtirilgan ilmiy postlar yozganman. Shularga yana bir qoʻshimcha gipoteza berib oʻtmoqchiman. Koʻplab filmlarda ("Click" 2006, "Inspector Gadget 2" 2003, "Over the Hedge" 2006 va h.) bosh qahramon vaqtni toʻxtatish orqali uning ichida harakatlanib, oʻzi istagan ishni bajarishga qodir boʻladi. Aslida ham vaqtni toʻxtatsak shunday imkoniyatga ega boʻlamizmi?

Umuman olganda, vaqt haqidagi maqolamda tushuntirganimdek, biz vaqt aslida nimaligini hali hanuz bilmaymiz. U harakat, boshqa oʻlcham va umuman biz tushunmaydigan nimadir boʻlishi mumkin. Agarda yuqoridagi filmlar bilan qiyoslasak, aslida ularda vaqt emas, harakat toʻxtagan. Sababi harakatlanayotgan kuzatuvchi uchun vaqt hamon oʻtmoqda.

Agarda biz vaqtni harakatning aynan oʻzi deb olsak, oqibatda vaqtni toʻxtatgan insonning oʻzi ham toʻxtab qolishi zarur boʻlardi. Xuddi mana bu videodagi kabi. Har ikkala holatda ham bir narsa aniq — agarda siz vaqtni toʻxtatgudek boʻlsangiz, butun atrof zulmatga choʻkishi tayin. Nega?

Sababi juda oddiy. Fizikadan xabari bor insonlar yaxshi tushunishganidek: aslida biz koʻrib turgan olam zulmatga choʻkkan, hech qanday rang va yorugʻlik mavjud emas. Biz rang deb biladiganlarimiz aslida fotonlarning narsalarga tushib, ulardan maʼlum burchakda ogʻish orqali koʻzimizga tushishi oqibatida miyamizda shakllantiriladigan toʻlqin uzunliklarining aks etishi yoxud nurlar soʻrilishidan hosil boʻlgan vizual hissiyot xolos.

Biz yorugʻlik deb ataydigan tushuncha boʻlsa energiya manbayidan foton deb ataluvchi zarrachalar orqali tarqaladigan elektromagnit toʻlqinlarning ko‘zga ko‘rinadigan qismi. Fizikaviy jihatdan obyektiv haqiqatda esa "yorugʻlik" tushunchasi mavjud emas, biz shunchaki toʻlqin uzunliklarining koʻzga koʻrinadigan qismini (380 dan 750 nanometrgacha) shunday atab olganmiz. Aslida esa butun borliq zulmat bilan qoplangan.

Shundan xulosa qilib aytadigan boʻlsak, siz vaqtni toʻxtatganingizda fotonlar harakati ham oʻz-oʻzidan toʻxtaydi. Hatto kuzatuvchi (inson) boʻlsa ham, u hech narsani koʻra olmaydi. Boisi uning koʻzlariga fotonlar yetib kelmaydi.

Qiziq gipoteza — balki biz bilgan qora tuynuklar ham aslida koinotning vaqt toʻxtab qolgan qismlaridir? Boisi vaqt toʻxtagan hududga yorugʻlik tushirsangiz ham u ortga qaytmaydi, sababi yuborilgan yorugʻlik ham oʻz-oʻzidan vaqt toʻxtagan hudud chegarasida toʻxtab qoladi. Balki qora tuynukning tortishish kuchi ham unga tushayotgan energiya va massalarning uning sirtida toʻxtab qolishi oqibatida yigʻilgan yuqori massiv energiyasi oqibatida shakllangandir? Agar shunday boʻlsa kim yoki nima u hududda vaqtni toʻxtashiga sabab boʻlgan? Gʻalati, biroq mantiqli gipoteza.

@mehmonov_blog
Forwarded from Cosmos Books
Fikrlashga Jur’at Et!

Biz ko‘rib turgan bugungi rivojlangan dunyo har narsani so‘roqlashdan qo‘rqmaydigan, xurofotlarga qarshi chiqa oladigan, dunyoni o‘zgacha ko‘z bilan ko‘ra oladigan, yangiliklar qilishga intiluvchan, telbalarcha tasavvurlarga boy, fikrlashga jur’ati yetguvchi insonlar tomonidan barpo etilgan. Ishonchim komil, bizning oramizda ham xuddi shunday ishtiyoqmand yoshlar talaygina. Ularning qo‘llariga bilim manbai bo‘lib xizmat qiluvchi kitoblarni tutqazsak bas. Aynan shunday mas’uliyatli vazifaga ozmi-ko‘pmi o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida "Cosmos Books" Nashriyotiga asos soldik.

Cosmos nashriyotining asosiy maqsadi ham o‘zbek jamiyati orasida ilmiy fikrlashni rivojlantirish, yoshlar orasida fantastik dunyolar haqidagi taassurotlarni yaratish, fikrlashga tashna kitobxonlarga klassik adabiyot durdonalari-yu falsafiy tafakkur namunalarini taqdim etish, geek madaniyatining sarhadsiz dunyosini o‘smirlar hayotiga olib kirishdan iboratdir.

Nashriyotimizda asosan quyidagi 3 turkumni o‘z ichiga olgan kitoblar nashr qilinadi:

CosmoScience — ilmiy-ommabop, ilmiy va falsafiy adabiyotlar;

CosmoGeek — fantastika, ilmiy fantastika, sarguzasht, manga, komiks, manhwa, mifologiya va dahshat janrdagi romanlar;

CosmoClassic — rus, amerikan, nemis, yapon va boshqa xalqlarning klassik adabiyot durdonalari, badiiy-falsafiy, detektiv va she’riy adabiyotlar.

Asli nashriyot ochilganiga bir yil bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, podadan oldin chang chiqarmaslik maqsadida tarjima kitoblarimiz yakunlangunga qadar bu haqida e’lon berishni afzal topmadik. Endi esa yangi kitoblar va kelajakdagi rejalarimiz haqida keyingi postlarimizda ma’lumot berib boramiz.

Gapning indallosi shundaki, ayni damda uzoq va mashaqqatli yo‘l bo‘sag‘asida turibmiz. Sizdan yagona umidimiz — savol berishdan, izlanishdan va ilm o‘rganishdan to‘xtamang. Muhimi Fikrlashga Jur’at Eting. Shu orqali bizga ko‘maklashgan bo‘lasiz.

@cosmosbooks
Boyagina Yashayotgan Edim…

Uygʻondim, ertalabki soat 9. Toʻrt soat uxlaganimgami boshimda nim sanchib nim yoʻqoladigan ogʻriq bor. Oʻzi oʻtib ketar yoʻsinida e’tiborga ilmadim. Hojatxona, dush va kiyinishga tushdim. Soat 10 da ish boʻyicha uchrashuv bor. Kam uxlagan boʻlsam-da ertaroq turganimga ham asl sabab shu. Yoʻlga otlandim. Odatda nonushtani tushlik bilan birga qilganim uchun bunga vaqt ajratib oʻtirmadim. Koʻchaga chiqib taksi chaqirdim. Taksida kimlar xabar yozdi ekan deb telegramni titib ketyapman. Qoʻqqisdan



https://telegra.ph/Boyagina-yashayotgan-edim-02-09

@mehmonov_blog
Janoblar, barmoqlaringiz ostida butun dunyo ilmlariga ochiq manba mavjud. Haligacha foydalanmayapsizlarmi?

ChatGPT:
o seriyasidagi modellar (o1, o3-mini, o3-mini-high) orqali barcha murakkab savollaringizga javob olasiz.
Deep research orqali biznesingiz, ilmiy ishingiz yoki qandaydir Startup gʻoyangiz uchun katta hajmdagi eng muhim va soʻnggi ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

Deepseek:
• Mutlaqo tekin reasoning (fikrlay oladigan) model. Shuning oʻzi ham koʻpgina murakkab savollaringizga yechim bera oladi.

Claude:
3.7 Sonnet modeli orqali yuqori sifatli kodlarni yozdirishingiz mumkin. Dasturchilar uchun ayni bob model.

Perplexity:
Deep Research modeli orqali internetdan izlamoqchi boʻlgan istalgan savolingizni bering, eng sifatli natijalarni chiqarib berishga qodir.

DeepL va Gemini modellarini tarjima uchun ishlatsangiz ancha sifatli natijalar olasiz.

Grok’ni esa insoniy suhbatlar uchun foydalansangiz boʻladi.

Umuman olganda bu yerda har birining boshqalaridan ustunroq ajralib turuvchi xususiyatlarini keltirdim. Har biridan koʻplab maqsadlar foydalanib, muammolaringizni anchaginasini hal qilishingiz mumkin.

Til bilishingiz kerakmi? Shart emas! Barcha modellar oʻzbek tilini yetarlicha yaxshi biladi. Muammosiz suhbatlasha olasiz. Agarda ingliz tilini bilsangiz, nur ustiga a’lo nur.

Endi faqatgina sizdan ikki narsa talab qilinadi: aniq maqsad va toʻgʻri tuzilgan savollar! AI’lar orqali maqsadingizga eltishga yordam beruvchi savollaringizga javob topganingizdan keyin bitta ish qilish qoladi — amaliyotda qoʻllash! Ishlaringizda bir necha karra oʻsish kuzatiladi.

Imkon boʻlsa, barcha modellarning pullik versiyalarini xarid qiling. Agarda sizda aniq maqsad va savollar boʻlsa, ishontirib ayta olamanki, sarflagan pulingizga ortigʻi bilan arziydi.

Agarda haligacha bulardan foydalanmayotgan boʻlsangiz, nimani kutyapsizlar, hayronman. Agarda faqatgina bema’ni, foydasiz, arzimas savollar berish bilan cheklanayotgan boʻlsangiz, imkoniyatni qoʻldan boy beryapsiz.

Mabodo modellar savollaringizga toʻliq javob bera oladigan, masalangizni hal qila oladigan darajada aqlli emas deb oʻylasangiz, ishonavering, modellar emas, sizning oʻzingiz toʻgʻri savol bera oladigan darajada aqlli emassiz!

Albatta, bu bilan modellar siz uchun toʻliq ishlarni bitirib berishga qodir demoqchi emasman. Biroq, jarayonni bir necha karra tezlashtirishga, sizni qiynab yurgan masalalarga qisman boʻlsada yechim bera olishga qodirligiga ishonchim komil.

@mehmonov_blog
Idrok va Reallik

Sur’at tarjimasi:

Har ikkala blok ham bir xil kulrang tusda. O‘rtadagi chiziqni barmog‘ingiz bilan yoping. Idrok va reallik doimo ham bir-biriga mos kelavermasligini koʻrasiz.


Bu illyuziya emas. Bu shunchaki miyangiz reallikni qanday idrok qilishi haqidagi asosiy tamoyilning aksidir.

Miya va asab tizimi dunyodagi fizik hodisalarni asab hujayralarida (ya’ni "neyronlar"da) elektr va kimyoviy signallarga aylantiradi. Neyronlaringizning javob berishi yoki bermasligi yaqin atrofda fazo va vaqtda sodir bo‘layotgan boshqa jismoniy hodisalarga bog‘liq.

Bu fizik signallar mexanik bosim (tegish), tovush to‘lqinlari (eshitish), yorug‘lik fotonlari (ko‘rish), havodagi kimyoviy moddalar (hid) va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Dunyoning fizik xususiyatlari 100% "real"dir. Ularni o‘lchash mumkin va asab tizimingiz qaysilarini aniqlay olishi va ularga javob bera olishi aniq belgilangan. Masalan, insonlar kamalak ranglarining barchasini ko‘ra oladi, ammo ultrabinafsha va infraqizil nurlar kabi boshqa yorug‘likning to‘lqin uzunliklarini ko‘ra olmaydi. (Boshqa hayvonlar esa buni qila oladi).

Shuni tushunish muhimki, neyronlarning dunyodagi ma’lum bir jismoniy ta’sirga qanday javob berishi, o‘sha paytda yaqin atrofdagi neyronlarning boshqa jismoniy ta’sirlarga qanday javob berishiga bog‘liq. Bu tasvirdagi effektning asosi ham shunda.

Ikkita turli bloklarga qaraydigan neyronlarning "qabul qiluvchi maydonlari" ular orasidagi chiziqlarning yorqinligiga qarab o‘zlarining elektr reaksiyalarini o‘zgartiradi. Siz elektr faolligidagi bu o‘zgarishlarni bloklarning yorqinligi yoki ravshanligidagi farqlar sifatida his qilasiz.

Bu voqelik (dunyodagi jismoniy ta’sirlar) o‘zgarmas ekanligining, lekin bizning idrokimiz doim ham o‘sha voqelikka mos kelmasligi va undan farq qilishining kuchli namunasidir.

Bunga o‘xshash boshqa hodisalar ham ko‘p, ammo bu ayniqsa ta’sirchan. Rassomlar va dizaynerlar buni intuitiv tarzda o‘rganadilar. Musiqachilar nota tovushi o‘zidan oldingi notalarga qarab o‘zgarishini bilishadi. Oshpazlar ishtaha ochuvchi taomlar asosiy taomning ta’mini qanday o‘zgartirishini yaxshi bilishadi... va hokazo.

Nevrolog Endryu Huberman postidan tarjima

P.s: Qisqa qoʻshimcha qiladigan boʻlsam, biz asl reallikni emas, miyamiz bizga yaratib bergan realliknigina idrok qila olamiz. Va aynan shunga tayangan holatda fikr yuritamiz. Bu haqida ancha avval ham yozgan edim.

@mehmonov_blog
Til va Tafakkur

Inson tafakkurining kengligi va chuqurligi uning til bilan qay darajada chambarchas ekanligida namoyon bo‘ladi. Til shunchaki aloqa vositasi emas, balki fikrlarimizni shakllantiradigan, dunyoni idrok etishimizga ta’sir ko‘rsatadigan va hatto ongimiz imkoniyatlarini belgilaydigan murakkab tizimdir. Kundalik suhbatlardan tortib, ilmiy munozaralargacha bo‘lgan har qanday intellektual faoliyatda til vositalaridan foydalanishdagi nozik jihatlarni e’tiborsiz qoldirish, ko‘pincha, chuqur anglashilmovchiliklar, behuda tortishuvlar va hatto adashishlarga olib kelishi mumkin. Bu muammolarning zamirida yotgan eng asosiy sabablardan biri – ongimizdagi mavhum tushuncha (konsept) bilan uni ifodalaydigan aniq so‘z yoki termin o‘rtasidagi farqni yetarlicha idrok etmaslikdir…

https://telegra.ph/Til-va-Tafakkur-04-15
Xudoning Tushi

Tasavvur qiling. Bir lahzaga tasavvur qiling-ki, siz cheksiz va abadiy mavjudotsiz. Vaqt siz uchun ma’nosiz, kuch-qudrat esa chegarasiz. Barcha olamlar, barcha davrlar, barcha imkoniyatlar sizning ixtiyoringizda. Siz tom ma’noda Xudosiz.

Bunday bepoyon abadiyatda nima bilan mashg‘ul bo‘lar edingiz? Qanday o‘yin o‘ynardingiz?

https://telegra.ph/Xudoning-Tushi-06-11
Vaqt Sharpasi

Bilagingizdagi soatga bir nazar tashlang. Yoki devordagi mayatnikning bir maromdagi tebranishiga quloq tuting. Ular nimani o‘lchaydi? Javob oddiydek tuyuladi: vaqtni. Ammo bu, ehtimol, biz o‘zimizni ishontirgan eng katta va eng qulay yolg‘ondir. Haqiqat esa ancha chuqur va ancha mavhumdir. Soatingiz vaqtni o‘lchamaydi. Aslida, hech narsa vaqtni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchay olmaydi.

Xo‘sh, unda qo‘limizdagi bu murakkab mexanizm nima qiladi? U shunchaki bir jismoniy jarayonning o‘zgarishini qayd etadi, xolos. Agar soatingiz kvarsli bo‘lsa, u aslida elektr toki ta’sirida soniyasiga o‘n minglab marta tebranuvchi mitti kvars kristalining bu izchil tebranishini (oscillation) o‘lchaydi. Har bir tebranish — bir lahza. Agar soatingiz mexanik bo‘lsa, u siqilgan prujinaning bir maromda bo‘shashini yoki mayatnikning muntazam tebranishini hisoblaydi. Bu — vaqt emas. Bu — harakat. Bu — fizik holatning o‘zgarishi.

Biz shunchaki ana shu muntazam, oldindan aytish mumkin bo‘lgan jismoniy o‘zgarishlarni “vaqt” deb atalgan mavhum bir o‘lchovga bog‘lab qo‘yganmiz. Biz bu o‘zgarish ma’lum bir “vaqt” oralig‘ida sodir bo‘lishi kerak, degan shartli kelishuvni qabul qilganmiz. Quyoshning chiqishi va botishi, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi, atomlarning parchalanish davri — bularning barchasi Koinotdagi turli-tuman “soatlar”dir. Ular o‘zgarishni, bir holatdan ikkinchisiga o‘tishni ko‘rsatadi. Va biz faqat ana shu o‘zgarishlar orqaligina vaqtning mavjudligini taxmin qilishimiz, uning o‘tayotganini his qilishimiz mumkin.

Bu xuddi shamolni ko‘ra olmasdan, faqat uning ta’sirida tebranayotgan daraxt shoxlariga qarab uning borligini bilishga o‘xshaydi. Biz vaqtning o‘zini emas, uning materiya olamida qoldirgan izlarini, uning “sharpasi”ni kuzatamiz. Har bir lahza — Koinotning avvalgi holatidan biroz farq qiladigan yangi bir holati. Moddiy olamdagi har bir tizim, har bir zarracha bir lahzadan keyingi lahzaga o‘tar ekan, o‘z holatini o‘zgartiradi. Mana shu o‘zgarishlar zanjiri biz uchun vaqt oqimini hosil qiladi.

Bu fikr bizni yanada chuqurroq va xavotirli jumboqqa olib keladi: agar biz faqat o‘zgarishni o‘lchayotgan bo‘lsak, unda vaqtning o‘zi nima? U materiyadan va fazodan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan qandaydir bir fundamental oqimmi? Yoki u shunchaki bizning ongimiz voqealarni ketma-ketlikda idrok etishi uchun yaratilgan aqliy bir qurilma, bir illyuziyami?

Fizika bu borada bizga bir nechta gipotezalarni taklif etadi. Eynshteynning Nisbiylik nazariyasi vaqtni fazoning ajralmas bir qismi — to‘rtinchi o‘lchov sifatida ko‘radi. Unga ko‘ra, fazo va vaqt yagona “mato” — fazo-vaqtni (spacetime) tashkil etadi va bu mato massa ta’sirida egilishi mumkin. Bu nazariya vaqtning mutlaq emasligini, uning tezlik va gravitatsiyaga bog‘liq holda sekinlashishi yoki tezlashishi mumkinligini isbotladi. Demak, vaqt jismoniy olamning fundamental xususiyati.

Biroq, boshqa bir qarashga ko‘ra, vaqt fundamental emas, balki Koinotning yanada chuqurroq, vaqtsiz qonuniyatlaridan kelib chiquvchi hosilaviy (emergent) hodisadir. Termodinamikaning ikkinchi qonuni vaqtning nima uchun faqat bir yo‘nalishda — o‘tmishdan kelajakka qarab oqishini tushuntirishga urinadi. Koinot doimo tartibsizlikka, ya’ni entropiyaga intiladi. Stakanning sinishi oson, ammo singan stakanning o‘z-o‘zidan butun bo‘lib qolishi imkonsiz. Bu bir tomonlama jarayon biz uchun “vaqt o‘qi”ni yaratadi. O‘tmish — past entropiyali holat, kelajak esa — yuqori entropiyali holat. Biz vaqtni Koinotning muqarrar ravishda tartibsizlikka qarab borayotgan yo‘li sifatida idrok etamiz. Lekin bu ham vaqtning mohiyatini ochib bermaydi, faqat uning yo‘nalishini tasvirlaydi.

Shunday ekan, biz o‘zimizni to‘liq hukmronligi ostida yashaydigan, hayotimizning har bir soniyasini belgilaydigan, lekin mohiyatini mutlaqo anglab yetmagan bir kuchning asirlarimiz. Biz vaqtni o‘lchaymiz, rejalashtiramiz, undan unumli foydalanishga urinamiz, lekin aslida biz uning nima ekanligini bilmaymiz. Biz faqat uning beayov oqimida o‘zgarayotgan, paydo bo‘layotgan va zavol topayotgan dunyoni kuzatamiz.

@mehmonov_blog
Ayzek Azimov - Soʻnggi Savol.pdf
152.2 KB
Ayzek Azimov — So‘nggi savol

Tarjima, hikoya.

Ayzek Azimov barcha zamonlarning eng sermahsul ilmiy fantastika yozuvchisi edi. U ellik yil davomida o‘rtacha har ikki haftada yangi jurnal maqolasi, qisqa hikoya yoki kitob yaratdi, bularning aksariyatini oddiy yozuv mashinkasida yozdi. Azimov 1956-yilda birinchi marta mualliflik huquqi bilan himoyalangan “So‘nggi savol” nomli asarini o‘zining eng yaxshi qisqa hikoyasi deb hisoblardi. Garchi siz bu yerda keltirilgan barcha ilmiy tushunchalarni tushunish uchun yetarli bilimga ega bo‘lmasangiz ham, hikoyaning yakuni sizda boshqa o‘qigan har qanday kitobdan ko‘ra kuchliroq taassurot qoldirishiga aminman. Faqat, hikoyaning oxirini oldindan o‘qib qo‘ymang!

Azimov o‘z hikoyasi haqida shunday fikrlarni tilga oladi:

“Bu mening yozgan barcha hikoyalarim orasida eng sevimli hikoyamdir.

Axir, men insoniyatning bir necha trillion yillik tarixini qisqa hikoya shaklida bayon etishni o‘z zimmamga olgan edim va buni qanchalik muvaffaqiyatli uddalaganimni baholashni sizga havola qilaman. Men yana bir vazifani ham o‘z zimmamga olgan edim, lekin hikoyani sizlar uchun buzib qo‘ymaslik maqsadida bu haqda aytmayman.

Qiziq tomoni shundaki, ko‘plab o‘quvchilar mendan bu hikoyani siz yozganmisiz, deb so‘rashgan. Ular hikoyaning sarlavhasini yoki (aniq) muallifini eslay olmaydilar, faqat bu men bo‘lishim mumkinligi haqidagi noaniq fikr bundan mustasno. Biroq, albatta, ular hikoyaning o‘zini, ayniqsa, uning yakunini hech qachon unutishmaydi. Nazarimda, g‘oya boshqa hamma narsani soyada qoldirayotganga o‘xshaydi va men buning aynan shunday bo‘lishidan mamnunman.”


@mehmonov_blog
2
Ayzek Azimov - Soʻnggi Javob.pdf
117.7 KB
Ayzek Azimov — Soʻnggi javob

Tarjima, hikoya.

Soʻnggi javob” – bu Ayzek Azimovning falsafiy-fantastik miniaturasidir. Vafot etganidan soʻng o‘zini g‘ayrioddiy “metafizik laboratoriya”da topgan Myurrey Templton ismli olim Abadiy Aql (ultra-intellektual Koinot ongi) bilan suhbatga kirishadi… Suhbat nima haqida kechishini oʻzingiz oʻqib, bilib oling.)

@mehmonov_blog
Sun’iy Intellekt va Kasblar Kelajagi

Microsoft kompaniyasi yaqinda e’lon qilgan tadqiqoti sun’iy intellektning (SI) mehnat bozoriga ta’sirini o‘rganib, qaysi kasblar avtomatlashtirishga ko‘proq moyil va qaysilari kamroq moyil ekanligini ko‘rsatib berdi. Tahlilda kasb vazifalarining SI tomonidan qanchalik qamrab olinishi (Coverage) va bu vazifalarni SI qanchalik muvaffaqiyatli bajarishi (Completion) kabi mezonlarga asoslanilgan. Quyida SI ta’siri yuqori va past bo‘lgan 80 ta kasbning batafsil tahlili keltirilgan.

https://telegra.ph/Suniy-Intellekt-va-Kasblar-Kelajagi-08-01