Andromeda
699 subscribers
70 photos
7 videos
13 files
91 links
Ilmiy-falsafiy qarashlarim bilan boʻlishib boraman. Hasan Mehmonov.

Eslatma!

Blogdagi har bir fikr mutlaqo subyektiv. Amalda qoʻllash natijasida kelib chiquvchi oqibatlarga javob bermaslik huquqini oʻz boʻynimga olaman.

Kichik mavzular: @outermind_blog
Download Telegram
1-s2.0-S0079610723001128-main.pdf
9.2 MB
A landscape of consciousness: Toward a taxonomy of explanations and implications

Robert Lawrence Kuhn. August, 2024.

@mehmonov_blog
"Ilmiy Fikrlash" Telegram Podcast – Ilhom Salimov va Abdurahmon
Andromeda
#6. "Ilmiy Fikrlash" Telegram Podcast

Mehmonlar:

Ilhom Salimov

Abdurahmon Egamberdiyev

Ovozli chatda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

• Fikrlash oʻzi kerakmi?

• Sunʼiy intellektni hayotimizga ta'sir, ish tashlash, insoniyatga tahdid

• Baxtli yashash yoki savollar ichra yaxshash, qay biri?

• Insonlarni kitob oʻqishga, ilm-fanni oʻrganishga majburlash kerakmi yoki erkni oʻzlariga berish zarurmi?

• Oʻzbek jamiyatidagi kitobxonlik

• Kitoblar, bookbloging, sariq adabiyotni oʻqish kerakmi?

• Oʻzbek tilini tashlab, ingliz tiliga oʻtib ketish kerakmi?

• Hayotning maʼnosi nima?...

Suhbatda qatnashgan barchaga rahmat va ayniqsa Ilhom Salimov va Abdurrahman Egamberdiyev vaqt ajratganlari uchun alohida tashakkur.

Keyingi telegram podcastlarimizda koʻrishguncha.

@mehmonov_blog
Inson – ijtimoiy hayvon. Jamiyat ichida ulgʻaygan inson odamlarsiz yolgʻizlikda uzoq yashay olmaydi. Shuningdek, odamlar bilan ham oʻzi istaganidek kun kechira olmaydi. Inson qanchalik xohlamasin, jamiyatdagi qarashlar uning ham dunyoni qay tarzda qabul qilishiga katta taʼsir oʻtkazadi. Asli erkin boʻlish imkonsiz boʻlgan bu jamiyat qobigʻi ostida, yozilmagan qonunlarga amal qilmasdan yashagan insondan, hatto uning erkinlik istagigacha sugʻurib olinadi.

Umuman olganda bu jamiyatning yoziqsiz qonunlari bizga osmondan tushmagan. Barini oʻzimiz yaratdik. Kimdirlar yaratganlarini qabul qildik. Qabul qilishni xohlamaganlarni tazyiq ostiga oldik, oramizga sigʻdirmadik. Biz aynan oʻsha qoidalarga ko'nib kelganlar avlodimiz.

Davr silsilalarida sanoqli insonlar jamiyat qoidalarga bosh egmadi. Kuchi va jurʼati yetganlari qoidalarga qarshi chiqdi, isyonlar qildi, inqiloblarga sababchi boʻldi. Oxir-oqibatda ular ham oʻz qarashlarini jamiyatga yoydi, qonunlar yaratdi, koʻnmaganlarni tazyiq ostiga oldi, jamiyatga sigʻdirmadi. Ha, biz aynan shularning ham avlodlarimiz.

Tomirlarimizda davrlar mobaynida turli qarashlarni yaratganlarning qoni oqayotgani bois, Dostoyevskiyning Raskolnikovi kabi baʼzan o'zimizni inqilobchilardan biri sanab, goh-gohida qoidalarga qarshi chiqgimiz, isyon qilgimiz, hayqirgimiz keladi, ichimizni doim nimadirlar tirnab turadi. Biroq, bizning tomirlarimizda inqilobchilarga nisbatan koʻnikuvchilarning qoni koʻproq oqqani bois, jamiyat qoidalarini anglab-anglamay ularga bosh egamiz, ne sabab qilayotganimiz bilmay bajarishda davom etamiz va yohud Raskolnikov qismatiga duchor boʻlamiz.

Hozirgi davrda madaniy globallashuv, taraqqiyot, ilm-fan rivoji, xilma-xil qarashlarning ochiq ifodasi asosida avvalgi stereotiplarning aksariyati parchalanib, yangilari shakllanmoqda. Yangi qarashlarning umri ham kundan-kunga koʻz ochib yumgudek darajada qisqarib bormoqda. Biroq, biz bir lahza oʻylab koʻrmaydigan, soʻroq ostiga olmaydigan, jamiyat ichra chuqur ildiz otgan, oʻta qadimiy qoidalar ham mavjudki, ularni hech bir zamon silsilasi hali-hanuz parchalay olmadi. Aslida bu qarashlarni stereotip deb atash ham joiz kelmas. Balki biz buni insoniylikning asosi, inson zotiga taʼrif desak toʻgʻriroq boʻlar.

Sevgi, mehr-muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, hamdardlik va befarqlik, rahm-shafqat va shafqatsizlik, sadoqat va xiyonat, rostgoʻylik va yolgʻonchilik, saxiylik va ochkoʻzlik, kechirimlilik va qasoskorlik, jasorat va qoʻrquv, adolat va adolatsizlik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik, ishonch va shubha, gʻamxoʻrlik va xudbinlik, qaygʻu, ojizlik... biri bo'lmasa boshqa biri qon-qonimizga singib ketgan qadriyatlar sirasiga kiradi. Baʼzan kimdadir shu xislatlar boʻlmasa yoxud yetarlicha koʻrsatilmasa, jamiyat bu insondan "inson" nomini mosuvo qilishga urinadi.

Kamyuning Mersosi shunday insonlardan biri edi. U onasi vafotidan taʼsirlanmadi, u uchun qaygʻurmadi, koʻz-yosh toʻkmadi. U qilgan qotilligi sabab emas, balki mutloq qotillikka aloqasiz boʻlgan sabab – jamiyat toʻgʻri deb bilgan qadriyatlarga ergashmagani, onasining oʻlimiga beparvo boʻlgani tufayli ayblandi va jazolandi.

Biz shunday gʻalati bir mavjudotmizki, kimlarnidir aynan boshqalarga oʻxshamagan oʻzgacha xislatlari tufayli sevsak va ardoqlasak, yana kimlarnidir esa boshqalarda boʻlmagan xislatlari tufayli ayblaymiz va qoralaymiz.

Jamiyat erkinlikni istagan inson uchun hayotni kurashga, bariga bosh ekkan inson uchun esa zimdonga aylantiradi. Kimlardir na unisidan va na bunisidan xabardor boʻlmay, hayot qoʻshigʻining bir xil ohangiga raqsga tushib, yashashda davom etaveradi.

Eski kundalikdan. 24.09.22

@mehmonov_blog
#7. "Ilmiy Fikrlash" Telegram Podcast

Mehmon: Todd

Mehmon speaker shifokor, pedagog, lingvist va faylasuf. Ortiqcha taʼrifga hojat yoʻq.

Telegram Podcast ovozli chat shaklida, 11-avgust, yakshanba kuni soat 20:00 da boʻlib oʻtadi.

Bunda quyidagi mavzularni muhokama qilamiz:

• Determinism and Iroda erkinligi (Determinisim and Free Will)

• Ong shakllanishi (Consciousness Theories)

• Shaxsiy Identifikatsiya Muammosi (Personal Identity Problem)

• Sunʼiy Intellekt (AI)

Savollaringiz boʻlsa kanal izohlarida yozib qoldiring. Savollar faqat yuqoridagi mavzularga oid boʻlsin.

@mehmonov_blog
"Ilmiy Fikrlash" Telegram Podcast – Todd
Andromeda
#7. "Ilmiy Fikrlash" Telegram Podcast

Mehmon: Todd

Ovozli chatda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

• Fikrlash, Intellekt oʻzi nima?

• Determinism and Iroda erkinligi (Determinisim and Free Will)

• Ong shakllanishi (Consciousness Theories)

• Shaxsiy Identifikatsiya Muammosi (Personal Identity Problem)

• Nigilizmdan chiqish uchun nima qilish kerak?

• Sunʼiy intellekt (AI) va uning hayotimizga ta'sir, ish tashlash, insoniyatga tahdid

Suhbatda qatnashgan barchaga rahmat va ayniqsa Toddga vaqt ajratganlari uchun alohida tashakkur.

Keyingi telegram podcastlarimizda koʻrishguncha.

@mehmonov_blog
Agar kimgadir qiziq boʻlsa ikkinchi kanalim: @outermind_blog

Bu yerda kichik va kundalik mavzularda yozaman.
Yangi bir nashriyot ochildi. Bizga aynan shu turdagi nashriyotlar kerak. Nomi ham ajoyib – Massaget
Forwarded from My Dark Side
Taslim boʻlishning yagona yoʻli bu – oʻlim
Dostoyevskiydan toʻrt qator tarjima qilishga urinib koʻrdim. Adashmasam hali bu kitobi tarjima qilinmagan. Agar tarjimada Dostoyevskiy asliyati saqlanib qolingan boʻlsa davom etaman, boʻlmasa yoʻq. Fikrlaringiz qiziq.

Tarjima:

https://telegra.ph/Yerostidan-Maktublar-08-23

@mehmonov_blog
Fyodor Dostoyevskiy - Yerostidan Maktublar. I-II Bob.pdf
267.8 KB
Fyodor Dostoyevskiy – "Yerostidan Maktublar" I qism, I-II boblar

Manimcha, toʻliq tarjima qilaman shekilli.

@mehmonov_blog
Taleb Nassim - Prokrust To'shagi.pdf
315.5 KB
Taleb Nassim – "Prokrust Toʻshagi"

Taleb Nassimni bilmaganlar uchun u – amerikan-livanlik esseist, risk tahlilchisi va asrimizning koʻzga koʻringan faylasuflaridan biri. U tasodifiylik va noaniqlik mavzularidagi ishlari bilan mashhur.

"Prokrust Toʻshagi" kitobi Talebning aforizmlari va falsafiy fikrlari toʻplamidan iborat asar.

Asarda hayot, siyosat, ta'lim, iqtisodiyot kabi turli mavzularda muallif oʻzining keskin fikrlarini bildiradi. Kitob an'anaviy tafakkurga tanqidiy yondashadi.

Hozircha asarning faqat Muqaddima qismidagi aforizmlarni tarjima qildim. Keyinchalik toʻliq kitobni ham oʻgirishim mumkin.

@mehmonov_blog
Artur Ch. Klark - Xudoning to'qqiz milliard ismi.pdf
206.5 KB
Artur Ch. Klark - Xudoning To‘qqiz Milliard Ismi.

Tarjima. Hikoya.

@mehmonov_blog
Ernest Xeminguey - Toza va Yaxshi Yoritilgan Maskan.pdf
181.7 KB
Ernest Xeminguey – Toza va Yaxshi Yoritilgan Maskan.

Jeyms Joys bir paytlar shunday degan edi: "U [Xeminguey] adabiyot va hayot o‘rtasidagi pardani yupqalashtirdi, har bir yozuvchi bunga intiladi. Siz "Toza va yaxshi yoritilgan maskan"ni o‘qiganmisiz?... Bu mahorat bilan yozilgan. Darhaqiqat, bu yozilgan eng yaxshi qisqa hikoyalardan biridir..."

@mehmonov_blog
Yetarlicha boʻlishi uchun yetarlidan ortiqroq boʻlishi kerak.

© Taleb Nassim

@mehmonov_blog
Taleb_Nassim_Prokrust_To'shagi_Muqaddima,_I,II,III_va_IV_boblar.pdf
409.7 KB
Taleb Nassim – "Prokrust Toʻshagi".

Muqaddima, I,II,III va IV boblar tarjimasi

@mehmonov_blog
Doʻzax Tabletkasi

Ilmiyot rivojlanishini hisobga olsak, kuni kelib biz barcha kasalliklarga davo boʻla oladigan, insonga yuqori darajali regeneratsiya qobiliyatini bera oladigan tabletkalar yaratishimiz ehtimoldan holi emas. Agar shunday tabletka yaratilsa, uning mantiqiy nomi "Doʻzax" deb atalishi kerak boʻlardi. Nega bunday? Tushuntiraman.

Tasavvur qiling shunday tabletka mavjud. Samokatda uchayotib, yiqilib, qoʻlingizni sindirib oldingiz. Muammo yoʻq, bir dona tabletka va siz besh daqiqada tuzalasiz. Qanday ajoyib, shunday emasmi? Lekin... (Shu doim lekinlar yashashni qiyinlashtirishda davom etaveradida.)

Bunday qudratli dori nega endi faqat yaxshi maqsadlarda foydalanilishi kerak? Axir undan "Yerdagi Doʻzax"ni yaratish mumkin-ku. (Ha, oʻsha kun kelsa qamoqxonalar ham shunday nom bilan atalishi mantiqan toʻgʻri boʻlardi.)

Hech oʻylab koʻrganmisiz, inson qay darajagacha (odatda noqonuniy ravishda) ogʻriqqa bardosh bera olishi mumkin? Uning ogʻriqdan oʻlish chegarasi mavjudmi? Ha, bor. Inson ogʻriqlari 0 dan 10 gacha boʻlgan Dol shkalasida oʻlchanadi. Strelka 10 da uzoqroq vaqt qolib ketsa, inson tanasi bunga bardosh bera olmay qoladi va ...oʻlim, tamom.

Eng shafqatsiz manyaklar ham biror insonni shu ogʻriq shkalasi sababli oʻzlari xohlaganchalik uzoq vaqt qiynashga erisha olmaydilar. Biroq, agar ularning qoʻliga oʻljasini oʻldirmagan holda, oʻzi istaganicha tirik saqlab, azoblash imkoniyati berilsa-chi?

Oh, janoblar, bunday imkoniyat nimalarga qodirligini tasavvur qilyapsizlarmi? Qoʻlida qudrati boʻlgan istalgan inson, oʻziga yoqmagan istalgan birini xohlaganicha azoblashi, ogʻriqdan oʻlib qolaman deganda esa, bitta tabletka bilan yana onadan yangi tugʻilgandek qilib, oʻz ishini davom ettirishi mumkin. Va u bu jarayonni abadiyatga qadar choʻzishi mumkin. Ha-ha, nimanidir eslatmayaptimi?

Toʻgʻri topdingiz – Doʻzax. Agarda biz shunday tabletka yaratgudek boʻlsak, oʻz qoʻllarimiz bilan yer yuzida doʻzaxni ham yaratgan boʻlamiz. Gar Gitler bu kunlarni koʻrganida bormi, bir chekkada sigaretini tutatib, koʻzlari yoshga toʻlgan boʻlardi.

Oʻsha eski gap: "Har qanday yaxshilik uchun xizmat qila olgan narsa, yovuzlik uchun ham xizmat qila oladi". Har holda, hozirgacha shunday boʻlib kelgan.

@mehmonov_blog
Forwarded from Outer mind
Haqiqiy urushda qoidalar boʻlmaydi, yaxshi-yomon ham, yutgan-yutqizgan ham.
Mehmonov Hasan - Sokin Faryod.pdf
142.8 KB
Sokin Faryod | Hikoya. Ichki Monolog.

Qissada bir talaba nigohi ostida ichki kechinmalar, adolat va hayotning maʼnosi haqidagi oʻylar, Nitsshe, Sartr, Kafka, Kamyu va Dostoyevskiy fikrlari orqali ifodalanishi aks etgan. Hikoyada oʻquvchiga biror fikrni berishga emas, shunchaki oʻz fikrlarimning qisman ifodalanishini koʻrsatishga uringanman. Oʻqib koʻring.

@mehmonov_blog
​​"Natija muhim" degan ibora muvaffaqiyatsizlikka uchraganni ensasini qotirsa, muvaffaqiyatga erishganni bir qarich oʻstiradi. Aslida natija qanchalik muhim?

Natija – faqatgina uni kuzatuvchilar uchun muhim. Agarda siz olamshumul ixtiro qilsangiz-u bundan hech kim xabar topmasa, natija ham oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. Chunki uni sizdan boʻlak hech kim bilmaydi. Buni "Oʻrmonda daraxt qulasa, uni hech kim eshitmaydi" nazariyasiga qiyoslasak boʻladi. Qachondir siz biror ishning qiymatini faqatgina uning natijasiga bogʻlab qoʻysangiz, natija muvaffaqiyatli boʻlganida uni olqishlovchilar mavjud boʻlmasa, ishning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz yakunlanganining ahamiyati qolmaydi.

Agarda ishning qiymatini Jarayonga bogʻlasak-chi? Bu holatda sizda tanlov imkoniyati paydo boʻladi. Agarda ish muvafaqqiyatli yakunlansa, – siz ham jarayondan, ham natijadan zavqlana olasiz. Agarda aksi boʻlsa, kamida jarayonning oʻzi sizga zavq bergan va siz uchun natijaning qanday boʻlishi katta ahamiyat kasb etmay qoladi.

Biroq, inson – ijtimoiy hayvon. U jamiyatsiz uzoq yashay olmaydi. Agarda kimdir sizga vaqti-vaqti bilan yelka suyab turmasa, bir kun kelib yiqilib tushishingiz tayin. Bu degani biz mutlaqo natijalarga koʻz yumib, faqatgina jarayonning oʻzidan zavqlangan holda hayot kechira olmaymiz. Agarda buning imkoni boʻlganida edi, jamiyat tushunchasi ham mavjud boʻlmasdi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, natijaning oʻziga bogʻlanib qolmasdan, jarayondan zavq olishni oʻrganish zarur. Eskilarning "Hayot yoʻlga oʻxshaydi; manzilga yetaman deb, yoʻl chetidagi goʻzalliklarni oʻtkazib yuborma" degan gapida jon bor. Biroq, qancha urinmaylik, ijtimoiy inson oʻlaroq biz natijalardan voz kecha olmaymiz. Yaxshisi, uzoq manzillarni qisqa masofalarga ajrating. Six ham kuymasin kabob ham. Bu orqali jarayondan zavq olish bilan birga natijalar ham sizni uzoq kuttirmaydi.

@mehmonov_blog
1
Muammo shundaki, sizda oʻylash uchun vaqt bor, yoki shunday deb oʻylaysiz.

@mehmonov_blog