Mansurxon Nurmatov
649 subscribers
712 photos
119 videos
1 file
396 links
Bilib qoʻygan yaxshi @Ushbu_kunda
Download Telegram
#MuhammadYusufIzdoshlari

BAYRAM QILAYMI?

Oʻzbekka "basmach" deb atalmish tamgʻa-
Bosilgan kunlarni bayram qilaymi?
YO oʻzbek, quturgach "moʻylovli ogʻa"-
Osilgan kunlarni bayram qilaymi?

"Yot unsur" atalish bahonasida,
"Oʻtkan kunlar" chiqsa koshonasidan,
Toʻpponcha tiralib peshonasidan-
Otilgan kunlarni bayram qilaymi?

Gʻanim jon olay deb chiqqanda "ov"ga,
Zumda taslim boʻlib arzimas gʻovga.
"Millat oydinlari"n choʻchqafeʼl yovga-
Sotilgan kunlarni bayram qilaymi?

Bormidi bizdanda xoli xarobi,
Buzilgan masjidi xamda mehrobi.
Urush chogʻ muttasil qaygʻu sharobi-
Totilgan kunlarni bayram qilaymi?

Navbatda turgancha bir boʻlak nonga,
Non deb rahna solib goxida jonga,
Qoʻldan tirsakkacha yuvilmas qonga-
Botilgan kunlarni bayram qilaymi?

Zavjalar-bevayu, sagʻir-zurriyod,
Tobut quchib soldi volidalar dod.
Avaxtada chorak asrdan ziyod-
Yotilgan kunlarni bayram qilaymi?

Magadanga surgun boʻlgan bexuquq-
Bobolar goʻyo der ayt boʻlmay duduq:
Ellik darajadan oshganda sovuq-
Qotilgan kunlarni bayram qilaymi?

Bir paytlar deyishsa tizzalaring buk,
Temuriy vorisda qilt etmasdi tuk.
Yetmish toʻrt yil xalqim yelkasiga yuk-
Ortilagan kunlarni bayram qilaymi?

Toki qulaguncha u vahshiy tuzum,
Oʻz bogʻimda pishgan olmayu uzum.
Yot dasturxonlarga toʻxtamay bir zum,
Tortilgan kunlarni bayram qilaymi?


https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/2398

Abdurahmon Meshayan sheʼri
***

Yozyovonda yoz yomon
Qizdirarmish oftoblar.
Yozda qanday saqlar jon
Yozyovonlik mohtoblar?..

Qadimda-ku iziga
Zorlar boʻlib koʻchalar,
Maftun edi oʻziga
Bu yuzi oykulchalar.

Xayollari tom osha,
Oʻzlari chiqmay qoʻrgʻondan.
Bulutlarni tamosha
Qilishardi ayvondan...

Yozyovonda yoz yomon
Qizdirarmish oftoblar.
Yozda qanday saqlar jon
Yozyovonlik mohtoblar.

Qadimda-ku quyoshga
Qalqon edi chachvonlar.
Oʻsmalar oʻpgan qoshga
Armon endi chachvonlar.

Oqimga ters oqishdi,
Oʻrnak oldi gʻoʻr ishdin:
Paranjini yoqishdi,
Oʻzlaridan koʻrishsin!...

❗️ Mohtob - Nurli, nur sochuvchi oy yoki oydinga tug‘ilgan qiz.

❗️Chachvon - Paranji ostidan yuzga tutiladigan toʻr parda maʼnosini anglatadi.

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
USMON NOSIRGA

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ozroq savol-javob qilishar ekan.
Kerakmas, xaltamga yegulik solma,
Tekshirib qolishsa kulishar ekan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ozgina o‘tirsam javob berarkan.
Siqilma, bu yerning azobi holva,
Faqat sog‘inch yomon azob berarkan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Kim ham yov bo‘ladi menday kibrga.
Ammo ko‘rib kelay endi bir yo‘la,
Yo‘llanma berishdi bugun Sibirga.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Yig‘lama, yuragim to‘xtab qoladi.
Azroil ololmay yongan jonimni
Sening ko‘zlaringning yoshi oladi.


Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Axir taqdir shuni yuzlagan ekan.
Ajab to‘rtta fasli muz bu o‘lkada
Insonlar qalbi ham muzlagan ekan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Sog‘indim yuragi otash elimni.
Ularga o‘qib ber muzlar bag‘rida
Otash qalbim bilan yozgan she'rimni.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Bevafo itlarning hurmog‘i uchun.
Roziydim ming bora jonim berishga
Yurtimning bir siqim tuprog‘i uchun.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ajal so‘nggi yo‘lga jonni hozirlar.
Ammo sen yig‘lama, Onajon hali,
Tug‘iladi qancha Usmon Nosirlar.

Nomaʼlum
"Onajon ertaga nima ovqat qilamiz
Ertaga indingga qoʻshnilarnikidan chiqqan ovqatlarni isitib yeymizda☺️
"
VATANIM

Har bir uyda aygʻoqchi,
Har qadamda iskovich,
Odamni koʻrsa qochar,
Bedovlaring hurkovich.

Oshingga zahar soldi,
Gʻanimlaring bir hovuch,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Non bermaydi va lekin
Non yeganni oʻldirar,
Oʻsib turgan niholni
Ayoz kabi soʻldirar.
Bozor bormay qoʻyningni
Puch yongʻoqqa toʻldirar,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Har koʻchada ming mirshab,
Har goʻshada avaxta,
Haq deganning ogʻzi berk,
Qon yutar laxta-laxta.
Oʻzi-ku paxta ekkan,
Yostigʻi boʻldi taxta,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Ilmu irfon jaholat
Gʻoriga kirib ketdi,
Oʻlik tirikdan oʻtdi,
Tirik oʻlikdan oʻtdi.
Adolat istab borsang
Yolgʻon tirshayib kutdi,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Qaylargadir yoʻqoldi
Mehr bilan muhabbat,
Qoʻlida xanjar ushlab,
Adovat qoldi faqat.
Yomon gap arzon-garov,
Yaxshi gap boʻldi qahat,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Toʻgʻrigoʻylar bir chetda,
Eʼzozdadir igʻvogar,
Qaytdik oʻrta asrga,
Odam pullar savdogar.
Ming yillik xazinangni
Talab yotar oʻgʻri, gʻar,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Oʻlib ham boʻlmay qoldi,
Yuvgʻich urar kafandan,
Kimlardandir yuqqan kir
Ketmas sira badandan.
Quruq hashaklar qoldi
Gullab turgan chamandan,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.


Quvgan ham xalqim deydi,
Xalqim deydi qochgan ham,
Lekin xalqning ahvolin
Oʻylamas biror odam.
Jallod ham xalq nomidan
Oʻqir farmonni u dam,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Turfa xil zamonlarni
Koʻrgan bitta insonman,
Goh faxr etsam, goho
Baridan pushaymonman.
Netayki men na Xorun,
Na yoki Sulaymonman,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Barchasiga sababdir
Asli nafsning balosi,
Mehnatkash xalqning esa
Yechilmas muddaosi,
InshoAlloh, bandaga
Boqqay bir kun Xudosi,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Oʻzbekiston qahramoni xalq shoiri
Abdulla Oripov
Aybing - onang seni chiroyli tuqqan...

BIZ BAXTLI BO'LAMIZ She'rini ➡️
o'qish uchun!

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Audio
Rossiya armiyasi Ukrainada 1 yil 7 oy 15 kun davomida oʻldirmagan narsani isroil armiyasi Gʻazoda atigi 10 kunda oʻldirdi.

Rossiya 14 000-marta sanksiya oldi, Isroil esa birorta ham sanksiyani koʻrmadi.

Chunki oʻlganlar Musulmonlar edi. Koʻryapsizmi bizning haqlarimiz faqatgina Oʼrta osiyo davlatlarida emas butun dunyo boʻylab oyoq osti qilinmoqda.

BMT yana allaqanday tashkilotlar faqat sukunat bilan band xuddi koʻzlari koʻr boʻlib qolganday.
Sukunat...
Qiyinchilik bilan erishilgan tarixiy tilimiz, bugun oʻlmoqda-mi?

Tasavvur qiling? 2021- yil holatiga koʻra 720 ming rus millatiga mansub axoli, Oʻzbekistonda yashaydi, eng qizigʻi 720 ming axoli uchun aynan Televideniyelarni Oʻzbek tilidan rus tiliga oʻtkazish imkoniyati qoʻshildi!
Bunday misollarni yana sanasam barmoqlarim ham yetmaydi!))

Gʻalati emasmi kerak boʻlsa 50 yil Oʻzbekistonda yashab umuman Oʻzbekcha gapirmagan, yoki gapirishni istamagan ruslar juda-juda koʻp hammasiga tilimizga bexurmatsizligimiz sabab.

Aytaylik qaysidir doʻkonga kirib ruscha soʻzlaydi aksariyat odamlar nima qiladilar?
Ha sezdingiz yaxshi tushunmasa ham, unchalik gapirolmasa ham, uning tilida gapirishga harakat qiladi tushunyapsizmi? (Balki unga yoqish uchundir)
Nega men ruscha bilmayman deyish shunchalik qiyinmi?

Dunyo boʻyicha 50 mlndan ziyod oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar bor oʻzbek tili juda keng tarqalgan qadimiy va rivojlanayotgan tillar qatorida!

Qaysi tilida gapirish har kimning oʻziga bogʻliq, qonun tomonlama ham inkor etilmaydi, lekin men ruscha bilmayman tushunmayapman gapingizni deya olish ham kerak hech yoʻq!
Axir Oʻzbekistondamizku!!!

Kimga qanday bilmadimku, bu mening Oʻzbek tilim haqida fikrlarim edi.
Sizlarning ham oʻrinli fikrlaringiz boʻlsa Izohga yozib qoldirishingiz mumkin!
Hayotda hech kimga kuning qolmasin
Mansurxon Nurmatov
Talablariga binoan 😊

🎙 Musaxon Nurmatov - Hayotda Hech kimga kuning qolmasin (Qodirxon serialiga saundtreck) (❗️Orginal tarona)

@Mansurhon_Nurmatov
XONADON

Bunda hamma oʻzini sevar,
Tagʻin sevar nozik gullarni...
Chaqmoq koʻzli bolalar emas.
Oʻstirishar faqat qullarni.


Bu shoʻrliklar xonadonida
Gʻaraz, fosiq niyatlar tunar,
Halok boʻlar qancha daholar,
Muttahamlar, oʻgʻrilar unar.

Haliyam koʻz ochmagan xalq-da,
Hali kamdir imon, eʼtiqod,
Yashaydilar bir-birin aldab,
Bir-birining motamidan shod.

Nafas olmay oʻtaman har gal,
Uf-f, naqadar oʻtkir anqiydi
Irib ketgan orzu-xayollar,
Chirib yotgan tuygʻular hidi.

Shavkat Rahmon sheʼri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#MuhammadYusufIzdoshlari

Mehriddin Baqoyev Sheʼri📚

🎙 Janob Hech Kim - Seni osmonimga olib ketaman

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Assalomu alaykum))

Qachondir kimgadir gul sovgʻa qilganmisiz degan savolga, koʻpchilik oʻylanib javob berishi tabiiy holat.
Lekin bu anʼanani buzish imkoniyati bor, yaʼni endi bemalol bugun yoki kecha deb javob berishiz mumkin😳☝️
Vaziyat qoʻldan boy bermanglar "arzimagan" gul inson qalbini qanchalik koʻtarishini 6-sinfda bilganman
Onamga 2 dona atirgul sovgʻa qilganman😊☺️
Voy bolam oʻzimni kenjatoyim boquvchim deb juda hursand boʻlishgan.

Hullas oʻzilar bilasizlar🤓😁

Bu shunchaki tafsiya ana reklama oldi boyib ketdi deb yurmanglar 🤣🤣🥲 bepul reklama😊😇

Admindan tafsiya 🌹💐
🌵🌷🌼🌸☺️👇


https://t.me/suvinervasovungullar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MuhammadYusufIzdoshlari

OʼXSHATDIM

Qorong'u kechada oyga ko'z tikib,
O'sha tun, yuzingni oyga o'xshatdim.
Oyning chiroyiga mahliyo bo'lib,
Qop-qora qoshingni yoyga o'xshatdim.

Bulutlar qopladi oyning yuzini,
Ko'rinmas ko'zimga oyning shuʼlasi.
Ro'yoni sarobga o'xshatdilaru,
Men seni tinch, sokin tunga o'xshatdim.

Qalovlar topildi qorin yog'dirib,
Nigohlar qotmadi ko'zda hech mangu.
Ko'zlarni ohuga o'xshadilaru,
Ko'zingni bir munchoq ko'zga o'xshatdim.

Atirgul yaprog'i to'kilsa magal,
O'zining poyiga to'kilar asta.
Gullarni qizlarga o'xshatdilaru,
Lek seni yorugʻ bir nurga o'shatdim.

Kunduz quyosh chiqar tunni o'tkazib,
Xayr demay tunga kunduzga boqar.
Tunni zulmatlarga o'xshatdilaru,
Seni men murodbaxsh kunga o'xshatdim.

Oshiqlar baxshlashdi ishqning oridan,
Baxslari tugamas tonglar otguncha.
Baʼzilar o'zini sherga o'xshatdi,
O'zimni sen uchun kimga o'xshatay ?.

Mehriddin Baqoyev Sheʼri (10.05.2024)

T.me/Mehriddin_Baqoyev1

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#MuhammadYusufIzdoshlari

Ushbu she'r talablarga binoan yozildi!

BIZLARNI GʻARIB DEB BOYNI SEVGANLAR

Qiynama yuragim, yig'lama yurak,
Sen bilan o'lguncha yashashim kerak,
Ularni sevmagin bag'ritosh ular:
Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar...
Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar.


Hatto atirgulning tikanlari bor,
Sevgi borki dilda dil ozori bor,
Mayli boyni baxtli qilsinlar ular:
Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar...
Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar.


Qaylarga boshladi bizni ishq yo'li,
Tunda cho'miltirdi xasratli do'li,
Mag'zum boshimizga toshlari qular:
Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar...
Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar.


Ko'p kutdik ularni kutilmadik hech,
Kuymagin yuragim endi kuyish kech,
Hajrida kuydirgan kuydirgi shular:
Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar...
Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar.


Yurak ketdik tog'ga birga chiqamiz,
Yorning ismin qo'rqmay baland aytamiz,
U yorni ortidan yurdik ko'p yillar:
Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar...
Bizni baxtsiz qilib, baxtli bo'lganlar.

(Boyni sevganlar ey...
Boyni sevganlar,
Bizlarni g'arib deb boyni sevganlar.

Boyni sevganlar ey...
Boyni sevganlar,
Bizni baxtsiz qilib,
baxtli bo'lganlar. )

Mehriddin Baqoyev
29. 05. 2024.


Eng yangilari shu yerda👇

http://T.me/Mehriddin_Baqoyev1

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi