Mansurxon Nurmatov
694 subscribers
712 photos
119 videos
1 file
396 links
Bilib qoʻygan yaxshi @Ushbu_kunda
Download Telegram
Sevdim
Mansurxon Nurmatov
Sevdim seni goʻzal yor 💃🕺
Reaksiyalar qoʻshildi bemalol bolgʻa bilan bosib tashlashlaringiz mumkin 😁
Sochi Kalta
Mansurxon Nurmatov
👧🏻 Sochi kalta boʻlsa ham
BOLAM TUR...

Bolam, tur oʻyinchoq keltirdim senga,
Borligʻim, hayotim seniki dedim.
Bor yoʻgʻi bir-ikki yoʻtalganingga
Tezroq tuzalishing istagan edim.

Tur bolam, ulgʻaysang kun kelib senchi,
Katta sahnalarda yurishing kerak.
Yurtimiz bayrogʻin hilpiratguvchi,
Jahon chempioni boʻlishing kerak.

«Qoʻshni xonada ham bola ingasi”
17 doʻstingni keltirishibdi.
Ularga ham menday sodda otasi,
Sen ichgan doridan ichirishibdi.

Yigʻlama bolajon, hammasi oʻtar,
Sen tinchlik posboni, nozir boʻlasan.
Buncha inqillading, gavdangni koʻtar…
Nozirmas…kamida vazir boʻlasan.

Sifatsiz ekanin bilibman qaydan,
Jimjima muhrlar bosilgandiku,
Men qaydan bilibman oʻsha dori ham
Doktor qogʻozida yozilgandiku.

Ha, shunday jim yotgin, opa qarangchi…
Negadir toychogʻim yigʻlamay qoldi.
Xotin, vahimani qoʻyib tursangchi,
Bolam 3 kun yigʻlab holdan ham toldi.

Xotin, sen yigʻlama, yuzlari qotib…
Begunoh farishtadeklar yigʻlasin.
Sichqoncha ishini filday koʻrsatib,
Minbarda soʻzlagan beklar yigʻlasin.

Bolam tursang boʻldi, ishimdan ortib,
Koʻtaraman hamma injiqligingni.
Yuzimni tirnalab, sochimdan tortib
qoʻysangchi… sogʻindim jujuqligingni.

Buving aytyapti uygʻonsang hozir,
Bobong yelkasida olib yuradi.
Bolam tur, hattoki "janobi" vazir
Koʻziga yosh olib uzr soʻradi.

Bolam turgin, faqat shunchaki emas,
Itlar hayotiga oʻlpon boʻlib tur.
Haqdan, haqiqatdan oʻzgani demas,
Usmon boʻlib uygʻon, Choʻlpon boʻlib tur...

Zoir Yoʻldoshev 📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#MuhammadYusufIzdoshlari

Hay hay o’lan jon o’lan
jonim o’lan

Qismat hasratimga,
Qo’ydi uch nuqta,
Ko’ksimni yondirdi
Lovullagan cho’g’.
Bitta ko’rib olay
Bir nafas to’xta,
Ko’zingni men qaytib
Ko’ramanmi yo’q.

To’xta qaytib beray
Mehringni ol ma,
Endi begonasan
Jonim tasadduq.
Xalaqit bermayman
Havotir olma,
Sen tushgan joylarga
Kelamanmi yo’q.

Hay hay o’lan jon o’lan
Jonim o’lan,
Yor yor aytib yuray
To’yingda sho’x sho’x.
Lekin birov ko’rsa
Nima der ekan,
Shunchun to’yinga ham
Boramanmi yo’q.

Xohlasang qalbimni
Qoldiray to’liq,
Endi menga ko’ngil
Kerak bo’lmasov.
Men yana birovni
Sevamanmi yo’q!?
Afsus afsuslar ham
Anduhdek malol.

To’g’ri nishoniga
Bari tekkan o’q,
Yaxshisi yig’latma
Kel kuldiraqol!
Kim biladi boshqa
Kulamanmi yo’q!.

Hay hay o’lan jon o’lan
Jonim o’lan,
Yor yor aytib yuray
To’yingda sho’x sho’x.
Lekin birov ko’rsa
Nima der ekan,
Shunchun to’yinga ham
Boramanmi yo’q.

Gʻayrat Sheraliyev

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#MuhammadYusufIzdoshlari

AYOL🌹

Sen bahorni chorlagan nursan,
Shafaq kabi tonggi nashida.
Bilgin doim senga oshiqman,
Senga umrim boʻlsin baxshida.

Umrim boʻyi kuylayman besas,
Bogʻlar aro sheʼrlar hamrohim.
Nafasingga tekkanda nafas,
Jonlanadi umidsiz bogʻim.

Sen suluvni ortda qoldirgan,
Ilgʻab boʻlmas husning yashirin.
Hech ham azob koʻrmagin deyman
Umring oʻtsin hamisha shirin.

Ayol, ulugʻvordir dunyoda noming,
Senga jonim boʻlsin tasadduq.
Nafosatda tengsiz dilbarim,
Bayram bilan etayin qulluq.

Sen bahorni chorlagan nursan....

Asad Jalol sheʼri

@Asad_Jalol_sherlar_olami
#MuhammadYusufIzdoshlari

"OLIB KET BOLAM...😔"

Dilimda qolmasin, tinglagin so'zim,
Bir bora baxtingni ko'rsa bas ko'zim.
Sendan o'tinaman va iltimosim,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Tushungin meni ham, sensizlik og'ir,
Menga o'xshaganlar mehrga zordir!
Balki shu kunlar ham boshimda bordir,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Sarob bo'lmoqdami orzu umidlar,
Mayli bu kunlar ham bir kuni o'tar.
Onang yo'llaringda, intizor kutar,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Men ham ko'rsam deyman, bolam baxtingni,
Buzsangda sen menga bergan ahdingni.
Yig'ladim bugun men qumsab taftingni,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Bilmadim, bu yog'i qancha yashayman,
Sog'inch azobida bag'rim tirnayman.
Go'yo bu dunyoda yolg'iz o'xshayman,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...


Sardor Yoʼldosh sheʼri

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
"OʻZI KATTALARNING MAOSHI QANCHA?"

Markazda uyi bor birov nomida,
Shohona dasturxon nahor, shomida,
Taniqli hofizlar har ayyomida,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Talaba oʻgʻlining tagida tulpor,
Qizi ne xohlasa, xamisha bisyor,
Ukasi firmachi, qayin tadbirkor.
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Soliqdan qarzi yoʻq, gazdan qarzi yoʻq,
Elektr, ichimlik suvdan arzi yoʻq,
Kaftining qadogʻi, tovon darzi yoʻq,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Bohavo joylarda oʻtar xar taʼtil,
Yoʻqlovga qoʻchqorlar qilinar qatl,
Bilishni istadim rostdan, bexazil,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Juftining boʻynida, barmogʻida zar,
Arzon matolarga tashlamas nazar,
Hoji nomin olgan volida, padar,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Toʻy qilar oʻntalab xoʻkiz, qoʻy soʻyib,
Kazolar keladi kaftga "kal" qoʻyib.
Xalq ketar hayratda osh, mayga toʻyib,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Xalq xali koʻrmadi qamalganini,
Poyabzal, libosin yamalganini,
Aqli bor anglaydi ashʼor manini,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?
🎙 Janob Hech Kim - Mahzunlik...

Xayrulla Hamidov sheʼri
Prizident saylovi bo’larkanmi?
Hali 3,5 yil bor ediku...
Kimni saylasam ekan a?

O’zi nomzodlar kimlar edi...🤔))
"Faol" saylovchilar fikri...