Manaviyat.edu.uz
105K subscribers
7.96K photos
2.39K videos
84 files
5.18K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
#marifat_maydoni

“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqichlari boshlandi!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan may oyida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy, yarim final bosqichlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bosqichda 28 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro 7 ta guruhga bo‘lingan holda bellashadilar.

Bugun 3 ta guruh bellashuvlari yakunlandi va Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra tanlovning final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 3 jamoa nomi aniqlandi.

↪️ Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Avloniy izdoshlari” jamoasi;
↪️Toshkent davlat transport universitetida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Xalqaro innovatsion universitetining “Hurriyat” jamoasi;
↪️Namangan davlat universiteti faollar zalida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichda Andijon davlat tibbiyot instituti “Tong yulduzi” jamoasi tanlovning final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

❗️Navbatdagi mintaqaviy bosqich bellashuvlari ertaga soat 10:00 da Toshkent davlat transport universitetida, 17-may kuni Samarqand davlat universitetida, 18-may kuni Buxoro davlat pedagogika institutida, 21-may kuni esa Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mintaqaviy bosqichda ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilab qolamiz!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 15-may haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT - Xalqaro oila kuni.
🇺🇳 BMT - Xalqaro iqlimni saqlash kuni.
🌍 E‘tiqodiga ko‘ra harbiy xizmatdan bosh tortuvchilar xalqaro kuni.
🌏 Xalqaro OITS qurbonlarini xotirlash kuni

#voqealar
🔸Moskva Kremlida Blagoveshensk soboriga asos solindi (1484).
🔸Nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini kashf qildi (1618).
🔸Moskvada kamonchilar qo‘zg’oloni (1682).
🔸F.Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi (1836).
🔸Amerikalik Ellen Cherch dunyodagi birinchi styuardessaga aylandi (1930).
🔸Moskva metrosining birinchi liniyasi ishga tushdi (1935).
🔸“Energiya” raketa tashuvchisining parvozi (1987).
🔸Moskvadagi ta’sis yig’ilishi Butunjahon atom elektr stantsiyalari operatorlari assotsiatsiyasi (WANO) tashkil etilganligini e’lon qildi (1989).
🔸Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiylarga o‘zi bilan bir xil portretlarda suratga tushishni taqiqladi (2009).

#tavalludlar
🔹1567-yil: Klaudio Jovanni Antonio Monteverdi (1643) – italyan kompozitori, Opera janrining ilk klassik namunalarini yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchisi.
🔹1845-yil: Ilya Mechnikov (1916) – rus biologi va immunologi, ilmiy gerontologiya asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1908).
🔹1891-yil: Mixail Bulgakov (1940) – atoqli rus adibi.
🔹1904-yil: Botu (taxallusi; asl ismi Mahmud Hodiyev) (1938) - shoir, jurnalist.
🔹1905-yil: Abraxam Zapruder (1970) – amerikalik tadbirkor, prezident J.Kennediga suiqasdni kinoplyonkaga tushirib olgan.
🔹1910-yil: Razzoq Hamroyev (1981) – SSSR va O‘zbekiston xalq artisti, aktyor, rejissyor, pedagog.
🔹1912-yil: Vohid Abdullayev (1985) – adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973).
🔹1915-yil: Paul Samuelson – amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1970).
🔹1922-yil: Xiuaz Dospanova – (2008) – Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, "Qozog’iston Qahramoni" (2004).
🔹1926-yil: Muxtor Sultonov (1998) – Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985).
🔹1932-yil: Jon Glen – ingliz kinorejissyori va montajchisi, Jeyms Bond haqidagi beshta filmning muallifi.
🔹1951-yil: Abdusaid Koʻchimov – shoir, adib, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.
🔹1980-yil: Slava (haqiqiy ismi Anastasiya Slanevskaya) – rus qoʻshiqchisi, kino aktrisasi.
🔹1987-yil: Ser Endi Marrey – britaniyalik tennischi, 2012-yilgi Olimpiada chempioni, US Open – 2012 musobaqasi g’olibi.
🔹1989-yil: Sulemdal Syunnyove – norvegiyalik biatlonchi, 6 karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adiblar xiyobonida katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tmoqda!

🔹Ayni damda xiyobonda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa va san’ati instituti hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutlarining “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” nomli hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

🎙 Hisobot konsert dasturi davomida iqtidorli talabalardan tashkil topgan orkestr va ansambllarning jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari, Respublikadagi tanlov g‘oliblari ijrosidagi taronalar bilan bir qatorda elimiz ardog‘idagi san’atkorlar, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ijrosidagi she‘riy chiqish, yana bir zabardast o‘zbek san’atining tirik afsonasi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ijrosidagi taronalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Barcha poytaxtimizdagi talaba-yoshlarni xiyobonga taklif qilamiz, kelganingizga aniq afsuslanmaysiz!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adiblar_xiyoboni

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Karaoke” ko‘ngilochar musiqiy bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviya va kayfiyatda tashkil etilgan mazkur tadbirda 250 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida bellashuvlarda yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar va talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 16-may haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro birgalikda tinch-totuv hayot kechirish kuni.
🇺🇳 BMT (YUNESKO) – Xalqaro yorug’lik kuni.
🌎 Xalqaro biograflar kuni.
🇮🇶 Iroq – Birodarlik qabrlari kuni.
🇵🇱 Polsha – Chegarachilar kuni.
🇲🇾 Malayziya – O‘qituvchilar kuni.

#voqealar
🔸Sankt-Peterburg shahriga asos solindi (1703).
🔸Qirolicha Yelizaveta Petrovnaning farmoni bilan Rossiya imperiyasida o‘lim jazosi bekor qilindi (1744).
🔸Germaniyada, Berlinning bir chetidan dunyodagi birinchi elektr tramvay o‘tdi. Ark va simli model keyinchalik – 1890-yilda paydo bo'ldi (1881).
🔸Hollywood Roosevelt mehmonxonasida birinchi marta Oskar mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi (1929) .
🔸Yaponiyalik alpinist Junko Tabi Everest cho‘qqisiga chiqqan birinchi ayol alpinist nomini qo‘lga kiritdi (1975).

#tavalludlar
🔹1718-yil: Mariya Agnezi (1799) – italyan matematik-faylasufi, matematika sohasidagi birinchi professor ayol.
🔹1763-yil: Lui Voklen (1829) – fransuz kimyogari, xrom va berilliy moddalarini ochgan.
🔹1804-yil: Elizabet Palmer Pibodi (1894) – AQShdagi birinchi bolalar bog‘chasining asoschisi.
🔹1831-yil: Edvard Xyuz (1900) – amerikalik fizik, mikrofon ixtirochisi.
🔹1930-yil: Nuriddin Shukurov (1995) – adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor.
🔹1963-yil: Fatxulla Ma’sudov (2020) – aktyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1977-yil: Umid Ahmadjonov – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2018-2019).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube