Manaviyat.edu.uz
65.5K subscribers
7.86K photos
2.3K videos
82 files
5.08K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi 5
Tog'ay Murod
#audio_kitoblar

📀“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” – Tog’ay Murod (5-qism).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 30-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro parlamentarizm kuni.
🌏 Ijtimoiy tarmoqlar kuni.
🇺🇿 O‘zbekiston – Yoshlar kuni.
🇳🇮 Nikaragua – Daraxt ekish kuni.
🇩🇴 Dominikan – O‘qituvchilar kuni.

#voqealar
🔸Vatikanda 1-rasmiy gazeta “L’Osservatore Romano”ning ilk soni nashr etildi (1860).
🔸“EKSELSIOR” nomli olmos topildi. Og’irligi: 995 karatga teng (1893).
🔸Koreya Xitoydan mustaqilligini e’lon qildi (1894).
🔸Tungus meteoritining  Sibirga tushishi oqibatida 2150 km² oʻrmon yer bilan yakson boʻldi (1908).
🔸Germaniyada “uzun pichoqlar tuni” (1934).
🔸Pepsi-Cola kompaniyasi “Loft” qandolat kompaniyasi bilan birlashtirildi (1941).
🔸Oyning yaqin masofadan birinchi fotosuratlari olindi (1964).
🔸O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topdi (2017).

#tavalludlar
🔹1887-yil: Yevgeniy Betger (1956) – tarixshunos va sharqshunos olim, kitobshunos, bibliograf.
🔹1914-yil: Kalonov Saidjon (1971) – sozanda (nay), bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1966).
🔹1920-yil: Zeno Kolo (1993) – italiyalik sportchi, olimpiada chempioni (1952).
🔹1941-yil: O‘lmas Alixoʻjayev (2015) – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1983). 
🔹1966-yil: Andrey Abduvaliyev – sovet, tojik va o‘zbek yengil atletikachisi, Olimpiya chempioni (1992), ikki karra jahon chempioni.
🔹1966-yil: Mayk Tayson – amerikalik bokschi, sobiq jahon chempioni.
🔹1977-yil: Xusto Vilyar – Paragvay terma jamoasi darvozaboni.
🔹1982-yil: Otis Xarris – amerikalik yengil atlet, olimpiada chempioni (2004).
🔹1982-yil: Sevinch Moʻminova – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. 
🔹1983-yil: Cheryl Ann Tweedy – ingliz qoʻshiqchisi, raqqos va teleboshlovchi.
🔹1985-yil: Maykl Felps – amerikalik suzuvchi, 23 karra Olimpiya chempioni, 26 karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
🤝 Yurtimizda "Yoshlar kuni"!

🔴Orzu, ishonch, jasorat, tuzilgan ulkan rejalar tomon intilish, istiqbolning boshlanishi hisoblanmish yoshlik ayyomi barchaga muborak bo'lsin!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi siz yoshlarni chin dildan muborakbod etib, bo‘lg‘usi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qoladi!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi 6
Tog'ay Murod
#audio_kitoblar

📀“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” – Tog’ay Murod (6-qism).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 1-iyul haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro kooperativlar kuni.
🌎 Xalqaro tovuq qanoti kuni.
🇬🇹 Gvatemala – Bank xodimlari kuni.
🇭🇺 Vengriya – Davlat xizmatchilari kuni.

#voqealar
🔸Toshkentda o‘g’il va qiz bolalar o‘qiydigan birinchi rus maktabi ochildi (1866).
🔸Uimbledon tennis turniri ilk bor oʻtkazildi (1877).
🔸O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan (1994).
🔸Xitoyning maxsus hududi sifatida Gonkong Xitoy davlati tarkibiga qayta qoʻshildi (1997).
🔸Xorvatiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shildi (2013).
🔸O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqarildi (2020).

#tavalludlar
🔹1918-yil: Ahmad Husayn Didot (2005) – Janubiy Afrika Respublikasilik yozuvchi va hind millatiga mansub ommaviy notiq.
🔹1925-yil: Muhtarama Nosirova – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 
🔹1961-yil: Karl Lyuis – amerikalik sportchi, 9 karra Olimpiya chempioni, 8 karra jahon chempioni.
🔹1973-yil: Tohir Sodiqov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1976-yil: Rud van Nistelroy – gollandiyalik futbolchi, hujumchi.
🔹1996-yil: Adelina Sotnikova – figurali uchish, ayollarning yagona konkida uchish bo‘yicha birinchi Rossiya Olimpiya chempioni (2014).
🔹1999-yil: Charos Qayumova – oʻzbek taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. Osiyo chempioni (2021).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Transformatsiya o‘qitish sifatini xalqaro standartlarga moslashga xizmat qiladi.

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining asosiy maqsadi – ta’lim va amaliyotni birlashtirish.

Universitet tomonidan bu borada «Banklarda raqamli transformatsiya: ta'lim bilan o‘zaro hamkorlik» mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ish beruvchining talablari asosida ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
6986619.pdf
1.7 MB
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi:

1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;

2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi;

3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi;

4.
Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi;

5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi;

6.
Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi;

7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi. 

⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:

1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;

2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;

4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.

👉 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston milliy valyutasi — 30 yoshda!

1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritilgan.

Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Tyutorlarga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi

🏛 Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilariga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

♦️Tadbirni markaz direktori Ravshanbek Xudayberganov ochib berib, tashkil etilgan malaka oshirish kursi, uning natijalari va kurs tinglovchilarining bugungi erishgan natijalari bilan tabriklab, kurs davomida olingan bilimlar kelgusida ularning tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etishlari uchun zaruriy qo‘llanma sifatida xizmat qilishi bo‘yicha o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

🔖 So‘ngra kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar markaz direktori va direktorning 1-o‘rinbosari Fozil Farhodov tomonidan topshirildi.

🔹Taqdirlash yakunida kurs tinglovchilari o‘zlarini kurs haqidagi fikrlarini bildirib, mazkur malaka oshirish kursi ularga tyutorlik faoliyatini tashkil etishda juda katta uslubiy yordam berganligini, kursda olingan bilimlar kelgusida oliy taʼlim muassasalaridagi talaba-yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirishni yangi tizimini amalga oshirishga amaliy yordam berishini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM