Manaviyat.edu.uz
103K subscribers
7.96K photos
2.38K videos
84 files
5.18K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
#marifat_maydoni

🗣“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqich g’oliblari

⚡️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Guliston davlat instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etishdi. Tanlovda Shahrisabz davlat pedagogika institutining “O‘zbegim” jamoasi respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.

⚡️Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat transport universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti talabalari faol ishtirok etishdi. Mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Maʼrifat” jamoasi omadli yakunlab, final bosqichiga yo‘llanmani olishdi.

⚡️Buxoro viloyatida tanlovning mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Urganch davlat universiteti ishtirok etishdi. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni egallashdi.

⚡️Toshkent davlat texnika universitetida Andijon davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Chirchiq pedagogika universitetlari mintaqaviy bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Samarqand davlat universitetining “Behbudiy izdoshlari” jamoasi tanlovda g’olib bo‘lishdi.

G‘olib jamoalarga respublika bosqichida omad tilaymiz!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 25-may haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🔔 MDH davlatlari va O‘zbekistonda so‘nggi qo‘ng’iroq kuni.
🇺🇳 BMT – Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kuni.
🌍Xalqaro plastikdan xoli kun.
🇷🇺 Rossiya – Filologlar kuni.

#voqealar
🔸Odessada birinchi universitet faoliyatini boshladi (1865).
🔸Vena opera teatri binosi ochildi (1869).
🔸Oscar Uayld ikki yil katorgaga hukm qilindi (1895).
🔸Argentinaning mashhur "River Pleyt" jamoasiga asos solindi (1901).
🔸Jessie Ouens yengil atletika boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi (1935).
🔸Iordaniya o‘z mustaqilligini e'lon qildi (1946).
🔸Addis-Abeba shahrida tashkillashtirilgan Afrika davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi I konferensiyada Afrika ittifoqi tashkilot tuzildi va ushbu kun BMT tomonidan "Afrika ozodligi kuni" deb e'lon qilindi (1963).
🔸Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi (1994).
🔸Xakasiya o‘zining birinchi konstitutsiyasini qabul qildi (1994).
🔸Shimoliy Koreya sig'imi 20 kiloton bo‘lgan yerosti yadro sinovlarini o'tkazdi (2009).

#tavalludlar:
🔹1803-yil: Ralf Uoldo Emerson (1882) – amerikalik shoir, faylasuf, transsendentalizm nazariyasi asoschisi.
🔹1892-yil: Iosip Broz Tito (1980) – taniqli siyosatchi, sobiq Yugoslaviya Xalq Federativ Respublikasi Prezidenti.
🔹1912-yil: Sobir Muhamedov (1978) – kinodramaturg, jamoat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 
🔹1919-yil: Mahbuba Qodirova  – adabiyotshunos va matnshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995).
🔹1926-yil: Farog’at Rahmatova (2014) – aktrisa va xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1964).
🔹1971-yil: Kristina Orbakayte – Rus estrada xonandasi.
🔹1971-yil: Jastin Genri – amerikalik kinoaktyor.
🔹1985-yil: Demba Ba – Senegallik futbolchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 26-may haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Yevropada qo‘shnilar kuni.
🌏Butunjahon mallalar kuni.
🇮🇹 Italiya – Pisa festivali.
🇷🇺 Rossiya – Rossiya ishbilarmonlari kuni.

#voqealar
🔸Mixail Lomonosov Venera sayyorasi atmosferasini aniqladi (1761).
🔸B. Stoker "Drakula" romanini chop ettirdi (1897).
🔸Fargona viloyati xalq muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (1899).
🔸FIFA tashkiloti har to‘rt yilda bir marotaba futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish borasida qaror qabul qildi (1928).
🔸Germaniyaning Volfsburg shahrida "Folksvagen" avtomobil kompaniyasiga asos solindi (1938).
🔸Gruziya prezidenti saylovida Zviad Gamsaxurdiya g’olib boʻldi (1991).
🔸Xalqaro "Navro‘z" xayriya jamg’armasi tashkil etildi (1994).

#tavalludlar:
🔹1265-yil: Dante Aligyeri (1321) – florensiyalik shoir, italyan adabiy tilining asoschilaridan biri, mutafakkir, ilohiyotchi, siyosiy arbob, mashhur "Ilohiy komediya"ning muallifi.
🔹1822-yil: Edmon De Gonkur (1896) – fransuz adibi.
🔹1909-yil: Mett Basbi (1994) – taniqli ingliz murabbiyi, butun umrini "Manchester Yunayted"ga bag’ishlagan.
🔹1938-yil: Baxtiyor Aliyev – changchi, bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1983).
🔹1947-yil: Tilak Jo‘ra (1994) – hassos shoir, adabiyotshunos, tarjimon.
🔹1977-yil: Luka Toni – italyan futbolchisi, jahon chempioni (2006).
🔹1988-yil: Akito Vatabe – yaponiyalik biatlonchi, ikki karra Olimpiada sovrindori, jahon chempioni.
🔹2000-yil: Xanna Neise – nemis skeletonisti, Olimpiya chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 27-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Shoshilinch tibbiy yordam kuni.
🌏 Quyoshdan himoya qilish kuni.
🇺🇦 Ukraina - Nashriyot, matbaa va kitob tarqatish xodimlari kuni
🇧🇴 Boliviya - Onalar kuni.
🇰🇬 Qirg’iziston - Qirg’iziston kutubxonalari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Umumrossiya kutubxonalari kuni.

#voqealar
🔸Morze usulida birinchi xabar yuborildi (1844).
🔸Kaliforniya, San-Fransiskoda vabo epidemiyasi boshlandi (1907).
🔸Afg’oniston mustaqil davlatga aylandi (1921).
🔸Inson ilk bor stratosferaga chiqdi (1931).
🔸Kolumbiyada fuqarolar urushi boshlandi (1964).
🔸Lev Yashinning xayrlashuv uchrashuvi 103 ming tomoshabin ishtirokida bo‘lib o‘tdi (1971).
🔸53 mamlakat tomonidan Afrika Ittifoqi tashkil etildi (2001).
🔸UEFA Chempionlar Ligasi finali: "Barselona" "Manchester Yunayted"ni mag’lub etib (2:0) tarixda uchinchi marta kubokni qo‘lga kiritdi (2009).

#tavalludlar:
🔹1332-yil: Abdurahmon Abu Zayn ibn Muhammad Ibn Xoldun - atoqli arab tarixchi va faylasufi.
🔹1863-yil: Pyotr Borovskiy (1932) - jarroh va parazitolog, O‘zbekistonda o‘pka patologiyasi asoschilaridan biri.
🔹1934-yil: Tursunboy Rashidov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mexanik-olim, texnika fanlari doktori, professor.
🔹1989-yil: Alyona Zavarzina - Rossiyalik snoubordchi, jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube