E'tibor ---> Motivatsiya
Kecha talabalarga darsimni o'tib chiqib, xonamda ertangi darsim uchun tayyorgarlik ko'rib o'tirsam. Bir talaba xonam eshigini taqqilatib kirishga ruxsat so'radi. Men faqat bitiruvchi kursdagi talabalarga dars o'taman. Bu talaba mening talabalarimdan emas edi. Kirishga ruxsat berdim va u menga salom bergandan keyin qo'limga bir chiroyli yarim parcha qog'oz postcard (quyida rasmda ko'rishingiz mumkin) berib bu sizning talabalaringiz biridan deb xayrlashib chiqib ketdi.
Postcardni o'qib, to'g'risi tanamga yangi qon yugurganday bo'ldi. Nimaga? Sababi doim talabalarga dars o'tib chiqqanimdan keyin ko'p savol beraman o'zimga: darsim qiziq bo'ldimi? talabalar biror narsa o'rgandimi? darsni yaxshi o'ta olyapmanmi? shunga oxshash savollar doim hayolimda aylanaveradi. Bu esa bosm hosil qiladi. Doim o'zimdan ko'nglim to'lmaydi. Xuddi shunday kayfiyatda ertangi dars uchun tayyorgarlik ko'rib o'tirganingda quyidagidek postcard olsang bu senga juda katta mativatsiya bo'ladi va yuqorida nazarda tutilgan bosimdan bir muddatga halos bo'lasan.
Bu postimni u talabam o'qimas lekin menga bu juda quvonchli va bir umrga esda qolarli bo'ldi. Uni kimligi muhim emas e'tibori odamni xursand qiladi va yanada yaxshiroq ishlashga undaydi.
#etibor #out_of_topic
👉@machine_learning_lab👈

🔥7❤1